Mirsaidov Mirabbosxon Mirjalolxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning innovasion mexanizmlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal905
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh. ilmiy darajasi va unvoni: Nazarov Nasriddin Atakulovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Dexkanov Narimon Buxonjonovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor; Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganib, axloqiy tarbiyani yuksaltirishga xizmat qiluvchi innovatsion mexanizmlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Ma’naviyat va jamiyat ma’naviyati” tushunchalari bugungi kun realliklari asosida tahlil etilib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi milliy yuksalishni ta’minlash omili ekanligi, milliy axloqning insonparvarlikka yo‘naltirilgan gumanistik mohiyati ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ularning samaradorligini oshirish mexanizmlari ilgari surilib, barkamol yoshlar faoliyatini optimallashtirishda tarbiyaviy-axloqiy omillardan samarali foydalanish usullari, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning jamiyat a’zolari kreativligini shakllantirishdagi o‘rni dalillangan;
jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida yoshlar tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda g‘oyaviy omillarning o‘rni va ularning ijtimoiy davrga xos transformatsiyasining evolyusiyasi, yani milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari goyasi, bugungi kunda esa yagona xalq, yagona vatan g‘oyalarini ijtimoiy tafakkurga singdirish yo‘l va usullari ko‘rsatilgan;
ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini ta’minlashda innovatsion yondashuv, chunonchi uch avlod uchrashuvi, Markaziy Osiyo Respublikalari yoshlari bilan Onlayn uchrashuvlar tashkil etish bo‘yicha amaliy takliflar, nazariy xulosalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilish imkoniyatlari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning innovatsion mexanizmini ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“Ma’naviyat va jamiyat ma’naviyati” tushunchalarining bugungi ma’naviy yangilanishlar sharoitidagi konseptual tahlili, jamiyatning ma’naviy yangilanishlar sharoitida sotsial hodisalarning o‘zaro umumiy qonuniyatlari va tendensiyalariga bog‘liqligi doir taklif va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda “Ma’naviy va ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” IV-yo‘nalishiga oid Yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, kattalarga hurmat, yoshlarga g‘amho‘rlik, ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bag‘rikenglik, vatan va xalqiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” mavzusida tanlov senariysini ishlab chiqish, OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilish, shuningdek, 7-band “Yangi O‘zbekistonning Ma’naviy taraqqiyot strategiyasi” 8-band “Yangi O‘zbekiston-ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasini tayyorlashda foydalanildi (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 12-dekabrdagi № 02-12/1410-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatning ma’naviy yangilanishlar sharoitida sotsial hodisalarning o‘zaro umumiy qonuniyatlari va tendensiyalarini ochib berishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, sotsiumda hodisa va jarayonlar ijtimoiy ta’sirchanligi va kreativ-tarbiyaviy ahamiyatini yuksaltirishi orqali, jamiyatda mavjud axloqiy meʼyorlar barkamol shaxs faoliyatini optimallashtirishning hayotiy zaruriyat sifatidagi falsafiy jihatlari ochib berishga oid xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari Agentligi faoliyatida foydalanilgan (Yoshlar ishlari Agentligining 2023-yil 7-noyabrdagi 1-17-21-3212-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda g‘oyaviy immunitetni rivojlantirish, axloqiy tamoyillarni barqarorlashtirish, ularning ijtimoiy ahvolini yahshilash va kasbiy bilim-ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida jamiyatning ma’naviy xavfsizligini ta’minlash aholida vatanparvarlik tuyg‘ulari va davlatga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash orqali davlat va jamiyat o‘rtasidagi milliy nomutanosiblik va begonalashuv jarayonlarini engib o‘tishini ta’minlovchi ratsional omillariga doir ilmiy va nazariy xulosalaridan Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 1-iyundagi “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik shiori ostida yoshlar oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 157-son farmoyishi va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora tadbirlar dasturi loyihasini tayyorlash “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi III respublika yoshlar forumida hamda 2023-yil 10-apreldagi 186-son buyrug‘i asosida 2023-yil 27-28-sentyabr kunlari IIV Akademiyasida o‘tkazilgan “Yilning eng yahshi murabbiyi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 7-noyabrdagi 2/2946-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, davlatga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, ichki ishlar organlari xodimlarini ayniqsa yosh xodimlarni kasbiy tayyorgarlik davomida, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlov kurslarida foydalanishga xizmat qilgan.
yosh avlodning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda milliy tarixiy-ma’naviy qadriyatlar milliy g‘ururning uyg‘onishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqarishiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida keltirilgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, muʼnaviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlari” sohasidagi vazifalarni amalga oshirishda foydalanildi (Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2023-yil 23-oktyabrdagi 02/02-60-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda milliy o‘zlikni anglashning o‘sishi, milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘usini shakllantirishga hamda partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy, mafkuraviy targ‘ibot ishlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.