Maxramkulov Zafar Mamirqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diafragma ostida joylashgan jigar exinokokkozi xirurgik davosini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2160.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi Kozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Jarrohlik taktikasini takomillashtirish orqali jigarning diafragma ostida joylashgan exinokokkozini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor jigar diafragma osti exinokokkozining o‘pka, tipik-abdominal va noaniq kabi spesifik sindromlar bilan klinik ko‘rinishi aniqlangan;
jigar to‘qimalariga bosimni 80 mm.sim.ust. oshmagan holda 12 soat davomida kompressiya qilish tufayli barqaror gemostaz va biliostazga erishish mumkinligi hamda uning gistologik tuzilishida destruktiv o‘zgarishlariga olib kelmasligi aniqlangan;
bemorlarning konstitusional xolatiga qarab jigarning qorin bo‘shlig‘ida ventropetal yoki dorsopetal joylashishi bo‘yicha jarrohlik kesim yo‘lini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan;
jigar exinokokkozining kirish qiyin bo‘lgan lokalizatsiyasi mavjud bemorlarni jarrohlik davolashda Tompson retraktoridan, shuningdek, kompression drenaj ballonidan foydalanish operatsiyadan keyingi erta asoratlarni chastotasi kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diafragma ostida joylashgan jigar exinokokkozi xirurgik davosini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 22.07.2024 y. 04/17-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor jigar diafragma osti exinokokkozining o‘pka, tipik-abdominal va noaniq kabi spesifik sindromlar bilan klinik ko‘rinishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyati Nurota tuman tibbiyot birlashmasi 10.10.2022 y. 612-son buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 16.07.2024 y. 271-U-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: jigar diafragma osti exinokokkozining o‘pka, tipik-abdominal va noaniq kabi spesifik sindromlar bilan klinik ko‘rinishi tahlil qilganda, kirish qiyin bo‘lgan joydagi jigar exinokokkozini tashxislashda MSKT tekshiruv usulini birgalikda qo‘llash 93-95 % ishonchli topikal tashxis qo‘yish imkonini berishi aniqlandi. MSKTning informativligi shundan iboratki, diafragma osti exinokokkozining o‘pka, tipik-abdominal va noaniq kabi spesifik sindromlar bilan klinik ko‘rinishida jigarning skeletotopiyasi, sintopiyasi, proeksiyasi va holatini to‘liq aniqlaydigan ishonchli usul hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4 576 480 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 855300 so‘m sarflanadi. Agarda jigar diafragma osti exinokokkozining o‘pka, tipik-abdominal va noaniq kabi spesifik sindromlar bilan klinik ko‘rinishi bemorlarda MSKT usulni qo‘llash orqali aniqlansa to‘liq yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 1810900 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: diafragma ostida joylashgan jigar exinokokkozining klinik ko‘rinishlari va kechishi o‘pka shaklidagi kabi bir qator o‘ziga xos afzalliklarga ega, tipik abdominal va noaniq klinik ko‘rinishida zamonaviy klinik xamda, instrumental diagnostika majmuasi muhimligini saqlab qolish ahamiyatlidir. MSKT tekshiruvini qo‘llash usuli diafragma ostida joylashgan jigar exinokokkozini tashxislashda eng o‘ziga xos (96,2%) va sezgir (92,5%) usul bo‘ldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: jigar to‘qimalariga bosimni 80 mm.sim.ust. oshmagan holda 12 soat davomida kompressiya qilish tufayli barqaror gemostaz va biliostazga erishish mumkinligi hamda uning gistologik tuzilishida destruktiv o‘zgarishlariga olib kelmasligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyati Nurota tuman tibbiyot birlashmasi 10.10.2022 y. 612-son buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 16.07.2024 y. 271-U-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperement tajribada jigar yarasiga bosimning maqbul vaqtini aniqladi, bu ishonchli gemostazga erishish va drenajni olib tashlaganidan keyin takroriy qon ketish belgilarini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umumiy o‘rtacha 1280600 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3821500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: jigar to‘qimalarida ishonchli gemo- va biliostazni yaratish uchun kamida 40 mm.sim.ust. bosim talab qilinadi va kompressiyani davomiyligi kamida 12 soat. 40 mm.sim.ust. bosim ostida jigar to‘qimasini kompressiyasi 48 soatdan keyin gepatotsitlarning nekroziga olib keladi, 60 mm. sim. ust. bosim ostida. - 36 soatdan keyin va 80 mm. sim. ust. va undan yuqorida -12 soatdan keyin gepatotsitlarning nekroziga olib keladi.
uchinchi ilmiy yangilik: bemorlarning konstitusional xolatiga qarab jigarning qorin bo‘shlig‘ida ventropetal yoki dorsopetal joylashishi bo‘yicha jarrohlik kesim yo‘lini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyati Nurota tuman tibbiyot birlashmasi 10.10.2022 y. 612-son buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 16.07.2024 y. 271-U-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning konstitusional xolatiga qarab jigarning qorin bo‘shlig‘ida ventropetal yoki dorsopetal joylashishi bo‘yicha jarrohlik kesim yo‘lini tanlash algoritmidan foydalanish tufayli ventropetal joylashuvda (exinokokk kistasi jigarning I-II-sigmentida joylashsa) asosan yuqori-o‘rta laporatom kesim orqali, dorsopetal joylashuvda (exinokokk kistasi jigarning VII-VIII-sigmentida joylashsa) esa o‘ng qovurg‘a yoyi osti kesimi orqali operativ yondashuv amalga oshirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umumiy o‘rtacha 1810900 so‘m sarflanadi (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). bemorlarning konstitusional xolatiga qarab jigarning qorin bo‘shlig‘ida ventropetal yoki dorsopetal joylashishi bo‘yicha jarrohlik kesim yo‘lini tanlash algoritmi bilan ularda jarroxlik kesim travmasi kamaydi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan yondashuv algoritmidan foydalanishni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: bemorlarning konstitusional xolatiga qarab jigarning qorin bo‘shlig‘ida ventropetal yoki dorsopetal joylashishi bo‘yicha jarrohlik kesim yo‘lini tanlash algoritmi bo‘yicha jigarning lokalizatsiyasi qiyin bo‘lgan joyidan exinokokkektomiya qilingan bemorlarni uzoq muddatli davolash natijalarini baholash asosiy guruhda 98,1% yaxshi natijalarni ko‘rsatdi, taqqoslash guruhida esa bu ko‘rsatkich 75,9% ni tashkil etdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigar exinokokkozining kirish qiyin bo‘lgan lokalizatsiyasi mavjud bemorlarni jarrohlik davolashda Tompson retraktoridan, shuningdek, kompression drenaj ballonidan foydalanish operatsiyadan keyingi erta asoratlarni chastotasi kamayishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyati Nurota tuman tibbiyot birlashmasi 10.10.2022 y. 612-son buyrug‘i va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 16.07.2024 y. 271-U-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu uslub tufayli qoldiq bo‘shliqni drenajlash kamaydi, ya’ni noto‘liq bartaraf etish 43,5% dan 7,6% gacha kamaydi va qoldiq bo‘shliqni to‘liq bartaraf etish 56,3% dan 92,4% gacha oshdi. Shuningdek, operatsiyadan keyingi yuzaga keladigan erta asoratlarni 25,0% dan 16,9% gacha va kasallikning qaytalanishini 11,5% dan 3,6% gacha kamaytirish hisobiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 6893350 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 6648800 so‘mni (1 nafar bemorga) tashkil etadi. Xulosa: jigar exinokokkozining kirish qiyin bo‘lgan lokalizatsiyasi mavjud bemorlarni jarrohlik davolashda Tompson retraktoridan, shuningdek, kompression drenaj ballonidan foydalanish suyuqlik to‘planishi uchun bo‘sh joy qoldirmaslikka yordam beradi, bu esa qoldiq bo‘shliqni erta yopilishini ta’minlab, drenajlashni talab qilmaydi va infeksiya kirishini oldini olib, operatsiyadan keyingi erta asoratlarni chastotasi kamayishi isbotlangan.