Karimova Munisa Mansurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda sitomegalovirus va toksoplazmoz fonidagi sensonevral qattiqquloqlikni kompleks tashxislash va davolash», 14.00.04 - Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2661.
Ilmiy rahbar: Amonov Shavkat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Xushvakova Nilufar Jurakulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Panaxian Vafa Mustafa ogli, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Janubiy- Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: toksoplazma va sitomegalovirus infeksiyasi fonida bolalarda sensonevral qattiqquloqlikni kompleks tashxislash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, kompleks audiologik tekshirish usullari asosida bolalarda toksoplazma va SMVI fonida eshitish a’zolarini shikastlanish chastotasining uchrashi aniqlangan;
ilk bor, toksoplazma va SMV infeksiyasi fonidagi SNQ ni erta tashxislash va davolash uchun bolalarda audiologik va virusologik testlardan iborat algoritm ishlab chiqilgan;
sensonevral qattiqquloqlik rivojlanishida toksoplazmoz va SMV ning ahamiyatini, shuningdek  IL-4, IL-18, laktoferrin sitokinlari va C-reaktiv oqsil kabi yallig‘lanishga qarshi oqsillarini  o‘zgarishining ahamiyatligi aniqlangan;
toksoplazma va SMV infeksiyasi fonida SNQ bilan og‘rigan bemorlarda virusga qarshi va immunostimulyator terapiyaga asoslangan, hamda bolalarning hayot sifatini yaxshilash uchun eshitishni o‘z vaqtida reabilitatsiyalashni o‘z ichiga olgan kompleks davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 22.10.2024 yildagi 7-sonli yig‘ilish bayonnomasi asosan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor, kompleks audiologik tekshirish usullari asosida bolalarda toksoplazma va SMVI fonida eshitish a’zolarini shikastlanish chastotasining uchrashi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, O‘zbekistonda 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda toksoplazmoz va sitomegalovirus infeksiyalari  sababli kelib chiqqan sensonevral eshitish pasayishini uchrash chastotasi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli markazining 10.07.2024 yildagi 105-u - sonli buyrug‘i, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining  01.07.2024 yildagi 63/1-sonli buyrug‘lari bilan joriy etilgan (Samarqand davlat tibbiyot universitetining Ilmiy Kengashi tomonidan 26.06.2024 yil bayonnoma №11 son qarori bilan tasdiqlangan.). Ijtimoiy samaradorligi toksoplazmoz va sitomegalovirus infeksiyasi fonidagi sensonevral qattiqquloqlik bo‘lgan bolalarning eshitishini tiklash va ijtimoiy moslashtirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi bolalarda o‘tkazilgan kompleks davolash usuli kasallikning yillik 3-4 marotaba qo‘zg‘alishini bir marotabaga kamaytirishga olib keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “ Bolalarda sitomegalovirus va toksoplazma infeksiyalari fonida sensonevral eshitish pasayishini kompleks davolash” (SamDTU Ilmiy Kengashining 26- iyun 2024 yil, 11- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) va “ Bolalarda sitomegalovirus va toksoplazma infeksiyalari fonida sensonevral eshitish pasayishini kompleks diagnostikasi” (SamDTU Ilmiy Kengashining 26 iyun 2024 yil, 11- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha tavsiyanomalar tasdiqlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik. ilk bor, toksoplazma va SMV infeksiyasi fonidagi SNQ ni erta tashxislash va davolash uchun bolalarda audiologik va virusologik testlar iborat algoritm ishlab chiqilgan. Bizning tadqiqotimizda asosiy guruhdagi bolalarning 14,8% da qisqa latentli chaqirilgan eshitish potensiali(QLChEP) asosida I darajali qattiqquloqlik aniqlangan va 30,4% hollarda II darajali qattiqquloqlik aniqlangan. Tadqiqot davomida bolalarning 46,1% da sensonevral qattiqquloqlikning III darajasi aniqlandi. IV darajali qattiqquloqlik bolalarning 8,7% da aniqlangan. Barcha bemorlarga 2 tomonlama SNQ tashxisi qo‘yilgan, bir tomonlama SNT holatlari aniqlanmagan. Qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun qattiqquloqlikning turli shakllari bo‘lgan 854 bola tekshirildi. Ulardan 355 (41,5%) bolalarda sensonevral qattiqquloqlik tashxislandi. Surunkali sensonevral qattiqquloqlik 115 (32,4%) bolalarda tadqiqot ob’ekti bo‘lgan toksoplazma va SMV infeksiyalari assotsiatsiyasi topildi. SNQ bilan tekshirilgan 355 boladan 115 bolada qon zardobida toksoplazma va SMV infeksiyasining DNK si aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bu esa ushbu bemorlarni anamnestik, klinik kechish xususiyatlari, immunologik,virusologik laborator tekshirishlar ma’lumotlari asosida sitomegalovirus va toksoplazma infeksiyalari borligini  isbotladi va bu bemorlarni erta tashxislash va davolash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli markazining 10.07.2024 yildagi 105-u - sonli buyrug‘i va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining  01.07.2024 yildagi 63/1-sonli buyrug‘lari bilan LOR bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: sitomegalovirus va toksoplazma infeksiyalari  fonidagi sensonevral eshitish pasayishi bo‘lgan bemor bolalarda kasallik asoratlarini oldini oladi, kasalxonaga murojatlar sonini kamaytiradi, avj olish davri qisqaradi, o‘z vaqtida reabilitatsiyalashni ta’minlab beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda sitomegalovirus va toksoplazma infeksiyalarini erta aniqlash, anamnestik, klinik kechish xususiyatlari, immun tizimidagi buzilishlar borligi isbotlanganda 1) bemorda kasallikning qo‘zg‘alish davri qisqarib, 2) o‘z vaqtida eshitish apparati va koxlear implant qo‘yishga imkon yaratdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Bolalarda sitomegalovirus va toksoplazma infeksiyalari fonida sensonevral eshitish pasayishini kompleks davolash” (SamDTU Ilmiy Kengashining 26  iyun 2024 yil, 11- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) va “ Bolalarda sitomegalovirus va toksoplazma infeksiyalari fonida sensonevral eshitish pasayishini kompleks diagnostikasi” (SamDTU Ilmiy Kengashining 26 iyun 2024 yil, 11- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha tavsiyanomalar tasdiqlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: sensonevral qattiqquloqlik rivojlanishida toksoplazmoz va SMV ning ahamiyatini, shuningdek  IL-4, IL-18, laktoferrin sitokinlari va C-reaktiv oqsil kabi yallig‘lanishga qarshi oqsillarini  o‘zgarishining ahamiyatligi aniqlangan. Immunologik tadqiqotlar davolashdan oldin yallig‘lanishga oid va yallig‘lanishga qarshi interleykinlarning, jumladan, IL-4: 16,31±0,32, IL-18: 149,24±3,04 oralig‘ida (r˂0,001) sezilarli darajada oshganligini ko‘rsatdi. C-reaktiv oqsil 2,5 baravar oshdi. Davolanishdan oldin LF 1,5 baravar oshganligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, toksoplazma va sitomegalovirus infeksiyasi fonida sensonevral eshitish pasayishi  bo‘lgan bemorlarda uziga xos anamnestik, klinik, audiologik  va immunologik o‘ziga xos o‘zgarishlar borligi asoslandi  va shu asosida yaratilgan EHM dasturi kasallikni kompleks tashxislash va davolash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli markazining 10.07.2024 yildagi 105-u - sonli buyrug‘i va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining  01.07.2024 yildagi 63/1-sonli buyrug‘lari bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: sitomegalovirus va toksoplazma infeksiyasi fonida sensonevral qattiqquloqlik bo‘lgan bolalarning eshitishini tiklash, o‘z vaqtida reabilitatsiyalash va ijtimoiy moslashtirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: Olingan tadqiqot natijalari ko‘ra bolalarda o‘tkazilgan kompleks davolash usuli kasallikning yillik 4 marotaba qo‘zg‘alishini 1 marotabaga kamaytirishga olib keldi va 1 nafar bemorga sarflanadigan va hisoblangan byudjet mablag‘ini 2.774.350 so‘mga iqtisodiy tejash imkonini berdi.  Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: sensonevral eshitish pasayishini aniqlashda va  davolashda toksoplazma va sitomegalovirus infeksiyalari eshituv analizatoriga ta’sirini erta aniqlash va davolash amaliyoti samaradorligi asosida “Bolalarda sitomegalovirus va toksoplazma infeksiyalari fonida sensonevral eshitish pasayishini kompleks davolash” (SamDTU Ilmiy Kengashining 26 iyun 2024 yil, 11- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) va “ Bolalarda sitomegalovirus va toksoplazma infeksiyalari fonida sensonevral eshitish pasayishini kompleks diagnostikasi” (SamDTU Ilmiy Kengashining 26- iyun 2024 yil, 11- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha tavsiyanomalar tasdiqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: toksoplazma va SMV infeksiyasi fonida SNQ bilan og‘rigan bemorlarda virusga qarshi va immunostimulyator terapiyaga asoslangan, hamda bolalarning hayot sifatini yaxshilash uchun eshitishni o‘z vaqtida reabilitatsiyalashni o‘z ichiga olgan kompleks davolash usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: toksoplazma va sitomegalovirus infeksiyalari fonida sensonevral eshitish pasayishini  tashxislash va davolash algoritmi asosida bemorlarda klinik belgilarining bartaraf etilishiga, yallig‘lanish oid hamda yallig‘lanishga qarshi  sitokinlarining kamayishiga, umumiy qon taxlili, qonning biokimyoviy taxlili va immunoglobulinlarning me’yoriga tushishiga flavonoidlar va aminodigidroftalazindion natriy  prepatlarini davolashga qo‘llash ushbu bemorlarda kasallikni avj olish davrini qisqarishiga, remissiya davomiyligini uzayishiga,  davolash samaradorligini oshishi, asoratlarini oldini olishga va reabilitatsiya jarayonini yaxshilashga yordam bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli markazining 10.07.2024 yildagi 105-u - sonli buyrug‘i hamda  Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining  01.07.2024 yildagi 63/1-sonli buyrug‘lari bilan LOR bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: sitomegalovirus va toksoplazma infeksiyasi fonida sensonevral qattiqquloqlik bo‘lgan bolalarning eshitishini tiklash, o‘z vaqtida reabilitatsiyalash va ijtimoiy moslashtirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda o‘tkazilgan kompleks davolash usuli kasallikning yillik 3-4 marotaba qo‘zg‘alishini bir marotabaga kamaytirishga olib keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bolalarda sitomegalovirus va toksoplazma infeksiyalari fonida sensonevral eshitish pasayishini kompleks davolash” (SamDTU Ilmiy Kengashining 26- iyun 2024 yil, 11- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) va “ Bolalarda sitomegalovirus va toksoplazma infeksiyalari fonida sensonevral eshitish pasayishini kompleks diagnostikasi” (SamDTU Ilmiy Kengashining 26 iyun 2024 yil, 11- son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha tavsiyanomalar tasdiqlandi. Ushbu tavsiyalar otorinolaringologlarga 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sensonevral eshitish pasayishining toksoplazma va SMV infeksiyalari fonidagi  kasalliklarni sifatli va erta tashxislash va o‘z navbatida kompleks davolashning zamonaviy yondashuvlari haqida ma’lumot beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish