Hamroev Elbert Elmurodovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali yurak etishmovchiligi bor keksa yoshdagi bemorlarda polimorbid xolat”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar;
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2082.
Ilmiy rahbarlar: Nurbaev Farmon Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Jarilkasinova Gavxar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori; Shishkin Aleksandr Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot pediatriya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi bilan keksa va qari yoshdagi bemorlarda polimorbidlikni qiyosiy o‘rganish va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa va qari yoshdagi bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi kechishining davomiyligi va premorbidlik orasidagi bog‘liqlik isbotlangan, ilk bor 60 va undan katta yoshdagi bemorlarda old tomonga egilishda nafas siqishi simptomi chastotasini aniqlash noxush gemodinamik profil va bashoratlovchi ishonchli markeri ekanligi asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan polimorbid fondagi keksa va qari yoshdagi bemorlarni differensial tashxislashda dopplerografik va densimetrik tadqiqotlarning patogenetik o‘rni isbotlangan.
ilk bor surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan keksa va qari yoshdagi bemorlarda polimorbidlikning yuqori darajasi ushbu patologiyaning kechishi va davomiyligiga yordam berishi isbotlangan.
ilk bor surunkali yurak etishmovchiligi kechishining kuchayishiga, patologiyaning davomiyligini uzaytirishga va kasallikning prognozini og‘irlashtirishga olib keladigan yuqori darajada xavf omillarini aniqlash va instrumental tekshiruv o‘zgarishlariga asoslanib katta yoshdagi bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi og‘irlik darajasini erta aniqlash va oldini olishga mo‘ljallangan pog‘onali nazorat algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Surunkali yurak etishmovchiligi bor keksa yoshdagi bemorlarda polimorbid xolat» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/24-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: keksa bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi kechishini davomiyligi va premorbidlik orasidagi aloqa isbotlangan, ilk bor 60 va undan katta yoshdagi bemorlarda old tomonga egilishda nafas siqishi simptomi chastotasi baholangan, noxush gemodinamik profil va bashorat orasida aloqa o‘rnatilgan, bu esa mazkur simptomni yurak etishmovchiligi og‘irligining ishonchli markeri sifatida ko‘rib chiqish imkonini bergan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu simptomni yurak etishmovchiligining og‘irligini aniqlash markeri sifatida qo‘llashning o‘rnatilgan uslubi erta bosqichlarda bemorlarga maqsadga muvofiq bo‘lmagan, xarajatli, instrumental tekshirish usullarini tayinlashni qisqartirish imkonini beradi. Bu bemorlar uchun moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha, xarajatli instrumental tadqiqot usullarini qo‘llash har bir bemorga taxminan 980000 tushadi. Oldinga ezilgan namunani qo‘llashda ushbu tadqiqotlar soni ikki baravar kamayadi va har bir bemorga 420000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: keksa va kari yoshdagi bemorlarda oldinga egilishda nafas qisilishi simptomining chastotasini baholash va uning noqulay gemodinamik profil bilan bog‘liqligi ushbu simptomni yurak etishmovchiligining og‘irligi bo‘yicha ishonchli marker sifatida ko‘rib chiqish imkonini beradi, shu bilan surunkali yurak etishmovchiligini prognozlashtirishda salmoqli rol o‘ynaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bitta keksa bemorga kasalliklarning 3,50 ta asosiy, 1,53 ta qo‘shma va 1,43 ta asoratlari to‘g‘ri kelgan, ushbu bemorlarda polimorbidlikning yuqori darajasi surunkali yurak etishmovchiligi kechishining yomonlashishiga olib kelgan, patologiyaning davomiyligini oshirgan, kasallikning yakuniy prognozi noxush oqibatlarni ko‘rsatgan. Ijtimoiy samaradorligi: keksa bemorlarda pretest klinik ehtimolligi va D-dimerning yosh chegarasini aniqlash shkalalaridan birgalikda foydalanishga asoslangan diagnostika algoritmini qo‘llash diagnostikaning o‘ziga xosligini sezilarli darajada oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: klinik amaliyotga D-dimer yoshi chegarasini joriy etish vizualizatsiya tekshiruvlarini o‘tkazmasdan asoratlarning rivojlanishi istisno etilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini ko‘paytirish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida ularning bemorlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirini kamaytirishga va mablag‘larni sezilarli darajada tejashga olib keladi. Xulosa: D-dimer yoshi chegarasidan foydalanish keksa bemorlarda instrumental tekshiruvlar sonini 35-45% ga kamaytirish va har bir bemor uchun 216000 ga kamaytirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: keksa yoshdagi bemorlarda bir bemor uchun 2,59 ta elektrokardiografik alomatlar aniqlangan, premorbidlik bu alomatlarning ortishi va og‘irligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagani isbotlangan, lekin surunkali yurak etishmovchiligi va qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda elektrokardiografik alomatlarning aniqlanishi premorbidlik bilan bog‘liq bo‘lgan, biroq differensial-tashxislash jihatidan ahamiyatga ega bo‘lmagan. Ijtimoiy samaradorligi: elektrokardiografiyaning differensial diagnostika usulidan chiqarilishi surunkali yurak etishmovchiligida o‘zining dignostik algoritmini shakllantirish, kasallikni aniqlashtirish davrini qisqartirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 143000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: polimorbidlik surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda EKG belgilarining ko‘payishi va og‘irligiga ta’sir ko‘rsatmasligi va differensial diagnostika nuqtai nazaridan ahamiyatli emasligi isbotlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan premorbid fondagi keksa yoshdagi bemorlarni differensial tashxislashda dopplerografik va densimetrik tadqiqotlarning o‘rni isbotlangan, tadqiqotning ikkala uslubi premorbid fondagi mazkur patologiya haqida ishonchli ma’lumot olish va premorbidlikning asosiy kasallikka ta’sirini baholash, hamda asoratlar rivojlanishi darajasini baholash imkonini bergan. Ijtimoiy samaradorligi: densitometrik tadqiqotlar, shuningdek, surunkali yurak etishmovchiligida tayanch-harakat apparati kasalliklarini tashxislashda va ushbu patologiyadan asoratlarni prognozlashda ajralmas ahamiyatga ega, tekshirilayotgan guruhlar o‘rtasida dopplerografik belgilar bo‘yicha ishonchli farqlar yo‘qligi qayd etildi, shu sababli polimorbid fonli surunkali yurak etishmovchiligining differensial tashxisi sifatida ushbu usulning qiymati yuqori emas mushak-harakat apparati kasalliklari aniqlanganda ularning qiymati oshgan. Iqtisodiy samaradorligi: densitometrik tekshiruvdan foydalanib tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 480000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: surunkali yurak etishmovchiligida tayanch-harakat apparati kasalliklariga tashxis qo‘yishda va asoratlarni ushbu patologiyadan prognozlashda ham densitometrik tekshiruvlar o‘rganilayotgan guruhlar o‘rtasidagi densitometrik dopplerografik belgilar o‘rtasida ishonchli farqlar yo‘qligi isbotlandi, shu sababli ushbu usulning polimorbid bilan surunkali yurak etishmovchiligining differensial diagnostikasi sifatidagi qiymati fon aniklandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish