Xashimova Madina Muradxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya  mavzusi,  ixtisoslik  shifri  (ilmiy  daraja  beriladigan  fan  tarmog‘i  nomi): “Hududlar ekoturistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari”,  08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4298
Ilmiy rahbar: Aslanova Dilbar Xasanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros  xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va   madaniy meros  xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Qodirov Azizjon Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.  Tadqiqotning  maqsadi: turizm sohasini rivojlantirishda hududlar ekoturistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizning mavjud resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga ekologik turizmni rivojlantirish yo‘nalishida milliy tabiat bog‘lari, o‘rmonlar va o‘rmon-ov xo‘jaliklari hamda tog‘li hududlarda joylashgan er uchastkalarini ularning toifasini o‘zgartirmagan holda ekoturistik salohiyatini baholash asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini ta’minlash maqsadida turistik klasterlar tashkil etish uchun 10 yil muddatga (keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish bo‘yicha takliflar asoslangan;
mamlakatimizning imidjini mustahkamlash, yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish hamda ekoturizm obektlari ro‘yxatini shakllantirish va ularni turistik marshrutlarga kiritish asosida “Qishloqda ikki kun” deb nomlangan mualliflik loyihasini amalga oshirish doirasida Urgut tumani “Omonqo‘ton” qishlog‘ida ekoturistik kempinglar, bolalar oromgohi va sport kompleksini tashkil etish hamda ekoturizm dam olish maskanini faoliyatini yo‘lga qo‘yishning samaradorligi bo‘yicha takliflar asoslangan;
O‘zbekistonning “Ekoturizm xaritasi”ni ishlab chiqish asosida Samarqand viloyatiga 2 million nafar xorijiy turist tashrifini tashkil etish, hududlarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish metodikasini takomillashtirish, ekohududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek, turizm va unga yondosh infratuzilmani qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida “Omonqo‘ton ekoturizm xaritasi”ni yaratish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarning turistik salohiyati, ekologik resurslar va turizmni barqaror rivojlantirish ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2028-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Hududlar ekoturistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mamlakatimizning mavjud resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga ekologik turizmni rivojlantirish yo‘nalishida milliy tabiat bog‘lari, o‘rmonlar va o‘rmon-ov xo‘jaliklari hamda tog‘li hududlarda joylashgan er uchastkalarini ularning toifasini o‘zgartirmagan holda ekoturistik salohiyatini baholash asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini ta’minlash maqsadida turistik klasterlar tashkil etish uchun 10 yil muddatga (keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son “Tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish milliy dasturi” chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 03-12-17-6915-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi natijasida turizm sohasida zarur infratuzilmani rivojlantirish va mamlakatda turistik klasterlar tashkil etish natijasida ekoturistik hududlarda turistlar tashrifi 20 foizga, ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 30 foizga oshirish imkoniyatlari dalillangan;
mamlakatimizning imidjini mustahkamlash, yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish hamda ekoturizm obektlari ro‘yxatini shakllantirish va ularni turistik marshrutlarga kiritish asosida “Qishloqda ikki kun” deb nomlangan mualliflik loyihasini amalga oshirish doirasida Urgut tumani “Omonqo‘ton” qishlog‘ida ekoturistik kempinglar, bolalar oromgohi va sport kompleksini tashkil etish hamda ekoturizm dam olish maskanini faoliyatini yo‘lga qo‘yishning samaradorligi bo‘yicha asoslangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 03-12-17-6915-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida Urgut tumani, “Omonqo‘ton” MFY hududida ekoturistik kempinglar, bolalar oromgohi va sport kompleksiga hamda ekoturizm dam olish maskani hududlariga turistlar tashrifi 1,5 barobar oshishiga erishilgan;
O‘zbekistonning “Ekoturizm xaritasi”ni ishlab chiqish asosida Samarqand viloyatiga 2 million nafar xorijiy turist tashrifini tashkil etish, hududlarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish metodikasini takomillashtirish, ekohududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek, turizm va unga yondosh infratuzilmani qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida “Omonqo‘ton ekoturizm xaritasi”ni yaratish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son “Tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish milliy dasturi” chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 03-12-17-6915-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur “Omonqo‘ton ekoturizm xaritasi” tashrif buyuruvchi turistlarga manzilni tez, oson va xavfsiz topish jarayonlarini soddalashtirdi hamda ekohududlarda ekoturizm xizmatlarining rivojlanishiga imkon yaratib bergan;
hududlarning turistik salohiyati, ekologik resurslar va turizmni barqaror rivojlantirish ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2028-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2024-2027-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 03-12-17-6915-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida 2028-yilgacha sanatoriylar va dam olish zonalariga tashrif buyuruvchilar soni 1205,41 ming kishiga etadi, bunga esa ekoturizm infratuzilmasining rivojlanishi, kiruvchi turistlar oqimi hamda mahalliy aholining respublika bo‘ylab sayohatga chiqishlar soni ko‘payishi kabi omillar ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish