Embergenova Anjim Aydosbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida turizm sohasi rivojlanishini boshqarishni takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”,08.00.13 – “Menejment” va 08.00.17 –“Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam:B2021.4.PhD/Iqt1933
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tashmatov Rustam Xusanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagiQoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Azamat Jumanazarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida mintaqada turizmning samarali rivojlanishini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizmda innovatsion faoliyatni mahsulot, texnologik va boshqaruv innovatsiyalari samaradorligini sayohat xizmatlari mehnat unumdorligiga ko‘ra uyg‘un rivojlantirish bo‘yicha yondashuvning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqaning o‘ziga xos tabiiy-iqlim sharoiti, turistik resurslari, ijtimoiy-demografik kabi xususiyatlari va turistik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga ko‘ra ekstremal turizmning tog‘, suv, havo, quruqlikdagi, ekzotikaga oid turlarini rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida turistik firmalar va tashkilotlar sonini 2030-yilgacha bo‘lgan davrga o‘zgarishlarining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini 2030-yilgacha bo‘lgan davrga rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
turizmda innovatsion faoliyatni mahsulot innovatsiyalari, texnologik innovatsiyalar hamda boshqaruv innovatsiyalar uyg‘unligida rivojlantirish bo‘yicha berilgan taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 30-apreldagi RS/0105/34-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining 2024-yil 30-apreldagi 01-06/03-638-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif turizm funksiyalari (bandlikni taʻminlash, to‘lov balansini sog‘lomlashtirish, tabaqalashtirish, daromadni shakllantirish, takror ishlab chiqarish) va mintaqaviy rivojlanish omillarining (tabiiy-geografik, madaniy-tarixiy, demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy-texnik, siyosiy) o‘zaro aloqada rivojlanish imkoniyati yaratilgan;
mintaqaning o‘ziga xos tabiiy-iqlim sharoiti, turistik resurslari, ijtimoiy-demografik kabi xususiyatlari va turistik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga ko‘ra ekstremal turizmning tog‘, suv, havo, quruqlikdagi, ekzotikaga oid turlarini rivojlantirish takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining 2024-yil 30-apreldagi 01-06/03-638-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi mintaqada yangi turizm turlarini kengaytirish va sohani rivojlantirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida turistik firmalar va tashkilotlar sonini 2030-yilgacha bo‘lgan davrga o‘zgarishlarining prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi tomonidan “2022–2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 30-apreldagi RS/0105/34-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining 2024-yil 30-apreldagi 01-06/03-638-son ma’lumotnomalari). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlari mintaqaning barcha hududlarida turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni tashkil etish va ular tomonidan xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirish hisobiga erishishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini 2030-yilgacha bo‘lgan davrga rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi tomonidan “2022–2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 30-apreldagi RS/0105/34-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining 2024-yil 30-apreldagi 01-06/03-638-son ma’lumotnomalari). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlari mintaqada turizm sohasini rivojlantirishning prognoz parametrlarini ilmiy jihatdan asoslashga va ichki imkoniyatlardan samarali foydalanishga muayyan darajada xizmat qilgan.