Sultanov Murodjon Qilichovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini geoinformatsion algoritmlar, aerokocmik va kartografik uslublarda modellashtirishning ilmiy-amaliy asoslari», 11.00.06 - Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Gr59.
Ilmiy maslahatchi: Safarov Eshkobul Yuldashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fazilova Dilbarxon Shamuradovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Turaev Ruxiddin Amirkulovich, texnika fanlari doktori, professor; Rafiqov Vaxob Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi ekin erlarini optimallashtirish va ularning hosildorligini oshirish bo‘yicha geoinformatsion, aerokosmik va kartografik modellashtirish va ulardan foydalanishning metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geoinformatsion algoritmlar va sun’iy yo‘ldosh spektral ma’lumotlari asosida yuqori vaqt seriyali va hududiy aniqlikdagi sintezlangan Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh suratlarini ishlab chiqish hamda topografik xaritalari WGS-84 koordinatalar tizimiga o‘tkazish uslubi takomillashtirilgan;
Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida etishtiriladigan kuzgi bug‘doy navlarining genetik va ekologik omillari ekinlar o‘sish jarayoniga asoslangan DSSAT modeli yordamida muvofiqlashtirilgan va uning qo‘llanilish metodikasi ishlab chiqilgan;
dala tadqiqotlari, sun’iy yo‘ldosh spektral ma’lumotlari va geoinformatsion algoritmlar asosida kuzgi bug‘doy navlari ekin erlari joylashuvini tasniflash uslubi takomillashtirilgan;
geoinformatsion algoritmlar, dala tadqiqotlari va sintezlangan Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh spektral ma’lumotlari asosida kuzgi bug‘doy navlari hosildorlik ko‘rsatkichlarini baholashning regression modellari ishlab chiqilgan;
dala tadqiqot namunalarini sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari bilan o‘zaro bog‘liqligini klasterlash va geoinformatsion algoritmlarning ekin modellari integratsiyasi asosida qishloq xo‘jalik ekinlari hosilini regional baholashning kartografik uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasi tuproq-iqlim sharoitida kuzgi bug‘doy navlari hosildorligini modellashtirishning geoinformatsion va aerokosmik uslublarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
geoinformatsion algoritmlar va sun’iy yo‘ldosh spektral ma’lumotlari asosida yuqori aniqlikdagi sintezlangan Sentinel-2 sun’iy yo‘ldosh suratlari hamda topografik xaritalari, WGS-84 koordinatalar tizimida ishlab chiqilgan uslubi Qishloq xo‘jaligi vazirligida qishloq xo‘jaligi ekinlarini monitoring qilish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jalik vazirligining 2024 yil 18 yanvardagi 06/25-25-05/281-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jalik ekin maydonlari monitoring qilish uchun yuqori aniqlikdagi surtalardan foydalanish imkoniyati oshgan;
Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida etishtiriladigan kuzgi bug‘doy navlari ekologik omillari ekinlar o‘sish jarayoniga asoslangan DSSAT modeli yordamida muvofiqlashtirilgan va uning qo‘llanilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan metodikasi Qishloq Xo‘jalik vazirligida Xorazm viloyati qishloq xo‘jalik boshqarmasi paxta va g‘allachilik bo‘limida agrotexnologiyalarni optimallashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jalik vazirligining 2024 yil 18 yanvardagi 06/25-25-05/281-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar asosida Xorazm vohasi sharoitida kuzgi bug‘doy etishtirishning optimal variantlari aniqlangan. Suv taqchil sharoitlarda suvdan oqilona foydalanishning hududiy jihatlari yuqori hosil olish imkonini bergan;
dala tadqiqotlari, sun’iy yo‘ldosh spektral ma’lumotlari va geoinformatsion algoritmlar asosida kuzgi bug‘doy navlari ekin erlari joylashuvini tasniflash uslubi bo‘yicha ishlab chiqilgan haritalar asosida sug‘orish suvini hududiy taqsimotini monitoring qilishda «Amudaryochapqirg‘oq» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jalik vazirligining 2024 yil 18 yanvardagi 06/25-25-05/281-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘alla ekin maydonlariga suv taqsimotini belgilash samaradorligini yaxshilanishiga xizmat qilgan.
sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, dala tadqiqotlari, geoinformatsion algoritmlar va ekin modellari integratsiyasi asosida kuzgi bug‘doy navlari hosilini regional baholash va ishlab chiqilgan hosildorlik xaritalari Qishloq Xo‘jalik vazirligida Xorazm viloyati qishloq xo‘jalik boshqarmasi er tuzish bo‘limi amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jalik vazirligining 2024 yil 18 yanvardagi 06/25-25-05/281-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doy navlari hosildorlik xaritalari asosida juda past hosildor bo‘lgan er maydonlarida ekinlarni joylashtirishni optimallashtirishga xizmat qilgan.