Hayitova Nigora Ilxomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tashqi savdo va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning statistik tadqiqi», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3238.
Ilmiy rahbar: Utanov Bunyod Kuvandikovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.1.16.03.
Rasmiy opponentlar: Berkinov Bazarbay, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Sabirov Xasan Nusratovich, Xalqaro Nordik unversiteti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi jarayonlarini iqtisodiy-statistik tahlil qilishning uslubiy jihatlarini baholash va o‘rta muddatli prognozlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yalpi hududiy mahsulot va hududlarning tashqi savdo hajmlari o‘rtasidagi bog‘liqlikning korrelyasiya koeffisientlari klassifikatsiyasini korrelyasiya zichligining “sezilarli” (0,00-0,30), “kuchsiz” (0,30-0,50), “o‘rta” (0,50-0,70), “kuchli” (0,70-0,90), “juda kuchli” (0,90-1,00) qiymatlari chegarasiga ko‘ra guruhlash taklifi asoslangan;
tashqi savdo ochiqlik indeksi ko‘rsatkichlari mezonlariga asosan hududlar guruhlarining qiymatini ifodalovchi kartogrammasini ishlab chiqish asosida eng yuqori (Toshkent shahri (0,72), Andijon (0,42), Toshkent (0,33) viloyatlari) hamda eng kam (Surxondaryo (0,05), Qashqadaryo (0,06) va Navoiy (0,09) viloyatlari) ko‘rsatkichga ega hududlar o‘rtasidagi tafovutni qisqartiruvchi tashqi savdoning yangi yo‘nalishlarini kashf qilish imkoni asoslangan;
tashqi savdoni iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini statistik baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi mamlakat tashqi savdo faoliyatini statistik baholashda qo‘llaniladigan amaldagi indekslarga “Savdoning ochiqlik” indeksini I_tso=(1/2(E_i+I_i))/〖YaIM〗_i  formulasi yordamida hisoblash uslubini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
iqtisodiyotdagi dinamik va tasodifiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda iqtisodiy  agentlarning  qaror qabul qilish  jarayonini va ularning  bir-biriga  ta’sirini
ko‘rsatuvchi makroiqtisodiy modelga asosan O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo faoliyatining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdoning rivojlanish jarayonlarini iqtisodiy-statistik tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yalpi hududiy mahsulot va hududlarning tashqi savdo hajmlari o‘rtasidagi bog‘liqlikning korrelyasiya koeffisientlari klassifikatsiyasini korrelyasiya zichligining “sezilarli” (0,00-0,30), “kuchsiz” (0,30-0,50), “o‘rta” (0,50-0,70), “kuchli” (0,70-0,90), “juda kuchli” (0,90-1,00) qiymatlari chegarasiga ko‘ra guruhlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi №03-21-3-01383-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimiz hududiy rivojlanish dasturlari amalga oshirilishida xalqaro standartlarga mos keluvchi zamonaviy tahlil usullarini, ko‘rsatkichlarini, baholash mezonlarini qo‘llash bo‘yicha statistik uslubni takomillashtirish hamda hududlarning reyting tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
tashqi savdoni iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini statistik baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi mamlakat tashqi savdo faoliyatini statistik baholashda qo‘llaniladigan amaldagi indekslarga “Savdoning ochiqlik” indeksini I_tso=(1/2(E_i+I_i))/〖YaIM〗_i  formulasi yordamida hisoblash uslubini tatbiq etish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi №03-21-3-01383-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi mamlakat hamda hududlar bo‘yicha hisoblangan tashqi savdoning ochiqlik indeksi yordamida investorlarni hamda tashqi bozorni shaffof ma’lumotlar bilan to‘ldirish darajasi ortishi orqali respublikamizni Jahon savdo tashkilotiga (JST)ga a’zo bo‘lish imkoniyatlarini ortishiga xizmat qilgan;
tashqi savdo ochiqlik indeksi ko‘rsatkichlari mezonlariga asosan hududlar guruhlarining qiymatini ifodalovchi kartogrammasini ishlab chiqish asosida eng yuqori (Toshkent shahri (0,72), Andijon (0,42), Toshkent (0,33) viloyatlari) hamda eng kam (Surxondaryo (0,05), Qashqadaryo (0,06) va Navoiy (0,09) viloyatlari) ko‘rsatkichga ega hududlar o‘rtasidagi tafovutni qisqartiruvchi tashqi savdoning yangi yo‘nalishlarini kashf qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi №03-21-3-01383-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tashqi savdoning o‘zgarishi iqtisodiy o‘sishga ta’siri qisqa va uzoq muddatda kointegratsion bog‘liqlik respublika sharoitida mavjudligi aniqlangan hamda hududlar o‘rtasidagi tafovutni qisqartiruvchi tashqi savdoning yangi yo‘nalishlarini kashf qilish imkoni yaratilgan;
iqtisodiyotdagi dinamik va tasodifiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda iqtisodiy agentlarning qaror qabul qilish jarayonini va ularning bir-biriga ta’sirini ko‘rsatuvchi makroiqtisodiy modelga asosan O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo faoliyatining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi №03-21-3-01383-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida eksport, import va asosiy tashqi savdo ko‘rsatkichlarining optimistik, pessimistik va o‘rtacha qiymatlarining prognoz qiymatlari asosida tashqi savdo bo‘yicha dasturlar va strategiyalarni ishlab chiqishda tahliliy materiallarning aniqligi va tayyorlash imkoniyati oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish