Baratov Maxsudali Naziralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes subektlarini mikromoliyalash tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2428.
Ilmiy rahbar: Mamatov Baxadir Safaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda kichik biznes subektlarini mikromoliyalash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uzlyuksiz 6 oy faoliyat olib borayotgan va tadbirkorlik faoliyatida ma’lum ish tajribasiga ega bo‘lgan kichik biznes subektlariga doimiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar yoki doimiy pul tushumiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar kafilligi asosida 50 million so‘mgacha mikrokreditlar ajratish taklif etilgan;
kichik biznes subektlariga bank kreditlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida 300 million so‘mgacha naqd pul shaklida mikrokreditlar ajratish taklif etilgan;
tadbirkorlik subektlari tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratishni va o‘z biznesini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish istagida bo‘lgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta kompaniyasining kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polisi garovi asosida 100 million so‘mgacha maqsadsiz mikrokreditlar ajratishning maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan;
mikrokredit summasining amaldagi 300 million so‘m miqdorini 600 million so‘mga yoki bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘lagan holda oshirish orqali mikromoliyalash bozori hajmini oshirish va mikromoliyaviy xizmatlar qamrovini kengaytirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes subektlarini mikromoliyalash tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uzlyuksiz 6 oy faoliyat olib borayotgan va tadbirkorlik faoliyatida ma’lum ish tajribasiga ega bo‘lgan kichik biznes subektlariga doimiy daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar yoki doimiy pul tushumiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar kafilligi asosida 50 million so‘mgacha mikrokreditlar ajratish to‘g‘risidagi taklifi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvining 2022-yil 27-maydagi 299-sonli «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankida korporativ mijozlarni kreditlash tartibining «Tezkor» kredit mahsuloti pasporti ishlab chiqilishida foydalanilgan («Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 31-iyuldagi №1723/13-0101-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kichik biznes subektlari tomonidan mikrokreditlardan tezkor va qulay shartlarda foydalanish imkoniyati yaratilgan hamda ushbu kredit mahsuloti doirasida 2022-2024-yillar davomida 5,5 milliard so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratilishiga erishilgan;
kichik biznes subektlariga bank kreditlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida 300 million so‘mgacha naqd pul shaklida mikrokreditlar ajratish to‘g‘risidagi taklifi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvining 2023-yil 6-oktyabrdagi 636-sonli «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankida korporativ mijozlarni kreditlash tartibining «Imkoniyat» kredit mahsuloti pasporti ishlab chiqilishida foydalanilgan («Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 31-iyuldagi №1723/13-0101-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kreditlardan bank kredit siyosatida ta’qiqlanmagan har qanday maqsadlarda to‘lovlilik, muddatlilik, ta’minlanganlik va qaytarishlik tamoyillari asosida foydalanish imkoniyati yaratilgan;
tadbirkorlik subektlari tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratishni va o‘z biznesini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish istagida bo‘lgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta kompaniyasining kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polisi garovi asosida 100 million so‘mgacha maqsadsiz mikrokreditlar ajratish haqidagi taklifi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvining 2024-yil 2-maydagi 305-sonli «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankida korporativ mijozlarni kreditlash tartibining «Biznes start» kredit mahsuloti pasporti ishlab chiqilishida foydalanilgan («Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 31-iyuldagi №1723/13-0101-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bank tomonidan maqbul shartlarda mikrokreditlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratilishi qo‘llab-quvvatlangan hamda ushbu mahsulot doirasida 2024-yilning 1-iyul holatiga 31,8 milliard so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratilishiga erishilgan;
mikrokredit summasining amaldagi 300 million so‘m miqdorini 600 million so‘mga yoki bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘lagan holda oshirish orqali mikromoliyalash bozori hajmini oshirish va mikromoliyaviy xizmatlar qamrovini kengaytirish to‘g‘risidagi taklifi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan («Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 31-iyuldagi №1723/13-0101-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes subektlari tomonidan mikromoliyalash xizmatlaridan ko‘proq miqdorda va bozor sharoitidan kelib chiqib, ixtiyoriy maqsadlarda foydalanish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish