Vohidov Elbek Rahimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homilador ayollarda stomatologik kasalliklar profilaktikasini takomillashtirishning etiopatogenetik jihatlari”, 14.00.21–Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib 4307.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Zoyirov To‘lqin Elnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
homilador ayollarda stomatologik kasalliklarning etiopatogenetik jihatlarini o‘rganish asosida, karies va parodont yallig‘lanish kasalliklarini profilaktika chora – tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
homilador ayollarda stomatologik ko‘rsatkichning ortishi, tishlar kariesi qaytalanishi holatlarining o‘sishi, karies bilan kasallanishning bemorlarning yoshi bilan bog‘liqligi, homiladorlik pariteti bilan farq qiluvchi homilador ayollar orasida tishlar kariesining tarqalganlik dinamikasi aniklangan;
ilk bor, homilador ayollarda gestatsiya davrida og‘iz suyuqligida laktoferrin darajasi 20,8% (r<0,05), α-defenzin 1-3 darajasining 13,6% (p<0,05) va katelisidin darajasi 53,5% (p<0,05)ga ortishi sababli tishlar kariesi kechishining kuchayishi isbotlangan;
homilador ayollarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida regeneratsiya buzilishi sababli parodont to‘qimalarida avj oluvchi yallig‘lanish - destruktiv jarayoni (PI indeks bo‘yicha) hamda og‘iz suyuqligida O‘NO-α, IL-4, periferik qonda IL-1β, IL-6 darajalari o‘rtasida korrelyasion tugri bog‘liqlik aniklangan;
homiladorlik davrida ayollarning stomatologik holatini yaxshilash uchun yallig‘lanishga qarshi sitokinlar faolligini oshiruvchi xamda antioksidant ta’sirga ega bulgan Kurkumin biologik faol qo‘shimchani kullash orkali stomatologik kasalliklarni davolash va profilaktikasiga karatilgan chora-tadbirlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilador ayollarda stomatologik kasalliklar profilaktikasini takomillashtirishning etiopatogenetik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 22.10.2024-yildagi 7-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda stomatologik ko‘rsatkichning ortishi, tishlar kariesi qaytalanishi holatlarining o‘sishi, karies bilan kasallanishning bemorlarning yoshi bilan bog‘liqligi, homiladorlik pariteti bilan farq qiluvchi homilador ayollar orasida tishlar kariesining tarqalganlik dinamikasi aniklangan. Homilador ayollarda gestatsiya davrida og‘iz suyuqligida α-defenzin 1-3 miqdorida o‘zgarishlar kuzatilmagan fonda laktoferrin va katelisidinning yuqori darajalari aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Homilador ayollarda parodontning yallig‘lanish kasalliklari tuzilishida gipertrofik gingivitning turg‘un tarqalganligida engil va o‘rta darajali parodontitning turg‘un ortish darajasi aniqlangan. Homilador ayollarda parodontda yallig‘lanish kasalliklarining rivojlanish xavfi bemor yoshi homiladorlik pariteti ortish darajalari bilan bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy – amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha buyruq (28.06.2024-yil.; №45), Buxoro viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya markazi bo‘yicha buyruq (25.06.2024-yil.; №21/1) hamda Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (28.06.2024-yil.; №9) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda gestatsiya davrida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini erta tashxislashga imkon bergan. Homiladorlar salomatligi klinik va tibbiy – ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish orqali profilaktikani samarali bo‘lishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: karies kasalligi bilan og‘rigan homilador ayollarda boshlang‘ich oq dog‘ va yuza kariesni samarali davolash orqali chuqur karies bilan kasallanish darajasini kamaytirishga erishilgan, o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali sarflanadigan xarajatlarni 1 nafar bemor hisoboga byudjet mablag‘larini 87500 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 110000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik ilk bor, homilador ayollarda gestatsiya davrida og‘iz suyuqligida laktoferrin darajasi 20,8% (r<0,05), α-defenzin 1-3 darajasining 13,6% (p<0,05) va katelisidin darajasi 53,5% (p<0,05)ga ortishi sababli tishlar kariesi kechishining kuchayishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy tibbiyotga tadbiq etilishi turli yosh homilador ayollarda gestatsiya davrida stomatologik salomatlikni saqlash va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarni aniqlashda ushbu tekshirish usullarini qo‘llash tashxislash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. Homiladorlik davrida ayollarning stomatologik holatini yaxshilash uchun taklif etilgan profilaktika choralari vrach stomatologlarga homilador ayollarning stomatologik salomatligini saqlashda muhim rol o‘ynashi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy – amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha buyruq (28.06.2024-yil.; №45), Buxoro viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya markazi bo‘yicha buyruq (25.06.2024-yil.; №21/1) hamda Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (28.06.2024-yil.; №9) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Homilador ayollar og‘iz suyuqligida, nomutanosibligi tizimli immun javobni qo‘zg‘atuvchi IL -1β, IL -6, O‘NO-α va γ-IF yallig‘lantiruvchi sitokinlar miqdori tahlil ko‘rsatkichlari diagnostik mezoni sifatida tavsiya etilganligi rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlar oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida profilaktika chora – tadbirlari tibbiy – ijtimoiy samaradorligini oshirish evaziga ushbu turkumdagi ayollar stomatologik salamatligi yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollar og‘iz suyuqligida IL -1β, IL -6, O‘NO-α va γ-IF yallig‘lantiruvchi sitokinlar miqdori tahlil ko‘rsatkichlari diagnostik mezoni sifatida tavsiya etilganligi bemorlarning poliklinikada boshqa tekshiruvlarga qatnamasligi hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 230000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 170000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida regeneratsiya buzilishi sababli parodont to‘qimalarida avj oluvchi yallig‘lanish - destruktiv jarayoni (PI indeks bo‘yicha) hamda og‘iz suyuqligida O‘NO-α, IL-4, periferik qonda IL-1β, IL-6 darajalari o‘rtasida korrelyasion tugri bog‘liqlik aniklangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklariga olib keluvchi omillarni erta aniqlab kasallikni oldini olish imkoni yaratilgan. Homilador ayollarda stomatologik kasalliklarni erta tashxislash bemorni to‘liq davolash va asoratlardan saqlanish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha buyruq (28.06.2024-yil.; №45), Buxoro viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya markazi bo‘yicha buyruq (25.06.2024-yil.; №21/1) hamda Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (28.06.2024-yil.; №9) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Homilador ayollarda og‘iz bo‘shlig‘i stomatologik holatining yomonlashishi oqibatida kelib chiqadigan shilliq qavat kasalliklarini oldini olishga qaratilgan qisqa va uzoq muddatli kuzatishlar davomida etarli samaradan iborat bo‘lgan algoritm ishlab chiqilgan, bu algoritmda ilk bor ayol yoshiga qarab profilaktika choralari ishlab chiqilgan. 1-trimestr bilan taqqoslaganda homiladorlikning 2-trimestrida birinchi klinik guruh respondentlarining og‘iz suyuqligida laktoferrin va katelisidinning ortishi, keyinchalik 3-trimestrda α- defenzin 1-3 ning va katelisidinning o‘sishi va laktoferrinning turg‘un yuqori sekresiyalanish aniqlash darajasi isbotlab berilgan va amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi stomatologlarga bemorlarni profilaktika natijalarni yaxshilash uchun maqsadli yondashuv imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollarda stomatologik kasalliklarni erta aniqlash, tekshiruvni takomillashtirish, profilaktik davoni o‘z vaqtida olib borish, kelajakda qimmat davolanishni tejashga imkon bergan. Parodontitlar bilan kasallangan homilador ayollarda kasallikning diagnostik mezoni sifatida tavsiya etilganligi bemorlarning ambulator sharoit davolanishi va qatnovlar sonini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor hisoboga byudjet mablag‘larini 280000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 140000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: homiladorlik davrida ayollarning stomatologik holatini yaxshilash uchun yallig‘lanishga qarshi sitokinlar faolligini oshiruvchi xamda antioksidant ta’sirga ega bulgan Kurkumin biologik faol qo‘shimchani kullash orkali stomatologik kasalliklarni davolash va profilaktikasiga karatilgan chora-tadbirlar takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Homilador ayollarda stomatologik salomatlikning yomonlashishi oqibatida kelib chiqadigan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini davolashda Kurkumin va Silkamed preparatlarining qo‘lanilishi parodont kasalliklari profilaktikasi usullarini takomillashtirgan, parodontit kasalligi oldi olingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha buyruq (28.06.2024-yil.; №45), Buxoro viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya markazi bo‘yicha buyruq (25.06.2024-yil.; №21/1) hamda Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (28.06.2024-yil.; №9) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda homiladorlikning turli trimestrlarida mavjud bo‘lgan stomatologik kasalliklar – gingivit, parodontit va ularning asoratlarini Kurkumin va Silkamed preparatini qo‘llash orqali ijobiy samaradorlikka erishish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollarda karies va uning asoartlarini Silkamed vositasini qo‘llash ijobiy samaradorligi ko‘rsatilib, uning stomatologiya amaliyotida qo‘llanilishi o‘tkazilgan profilaktika natijalarni yaxshilashga imkon berib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 220000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 110000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish