Do‘stova Firuza Xamroevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Friksion muftali tikuv mashinalari dinamik tavsiflarining texnologik jarayonga ta’siri” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2387.
Ilmiy rahbar: Babadjanov Sabit Xusanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Farxod Xayrulloevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tikuv mashinasining ishga tushish aniqligini va yuklanish qobiliyatini oshirish uchun kuch ta’sirida alohida tutashuvchi friksion muftani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tikuv mashinasi qayishqoq elementli friksion muftasining prinsipial sxemasi ishlab chiqilib, ishga tushirish aniqligining oshgani hisobiga ta’minlovchi muftaning ishqalanuvchi juftliklarida tutashuv kuchlanishlarining taqsimlanish qonuniyatlari olingan;
beriladigan yuklanishlarning barqarorligini oshirish hisobiga tikuv mashinasi friksion mufta ishqalanuvchi juftliklarida kuch ta’siridagi tutashuv jarayoni analitik asoslangan;
yuklamani uzatishda friksion mufta eng yuqori barqarorlikka ega bo‘ladigan yuklanish xarakteristikasini ta’minlay olishi isbotlanib, asosiy valning burama tebranishlari kattaliklari, ishqalanish qoeffisienti va friksion mufta ishqalanuvchi juftliklari tutashuv kuchlanishlari taqsimotining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
tikuv mashinasining takomillashtirilgan rezinali amortizator qo‘llanilgan friksion muftani konstruktiv va texnologik ko‘rsatkichlarining ratsional qiymatlari to‘liq faktorli tajriba usuli yordamida matrisalar tuzish hamda tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiyada tikuv mashinasi friksion muftasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
tikuv mashinasining yuritmasiga intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (Tikuv mashinasining yuritmasi.
UZ № FAP 02019. 2022-y.), natijada tikuv mashinasi friksion muftasining samarali konstruksiyasi yaratilgan;
tikuv mashinasining o‘tuvchi rejimda ishlashini yaxshilovchi va tebranishlarni so‘ndiruvchi qayishqoq elementli friksion muftaning yangi konstruksiyasi yaratilib, “URGENCH CLUSTER” MChJ tasarrufidagi tikuv ishlab chiqarish korxonasiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 20 may 2024 - yildagi №03/25-1051sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishga joriy etilishi natijasida igna ipining uzilishlari va tikuv ignasining sinishlari 25%ga kamayishini ta’minlaydi, bu orqali elektroenergiyani sarfini ham kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish