Agzamov Mirsalixningdissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jinlash jarayonida mahsulot sifati yaxshilanadigan yangi tejamkor texnologik jarayon ko‘rsatkichlarini aniqlash», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.DSc/T192.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Ilmiy maslahatchi: Mamatov Alisher Zulunovich, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori samaraga ega sifatli tola va chigit ishlab chiqarish imkonini beruvchi resurstejamkor paxtani jinlash jihozlarining yangi konstruksiyalari va takomillashgan texnologik jarayonini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi geometrik shakl va o‘lchamlarga ega yangi konstruksiyadagi xomashyo g‘o‘lasi tezlatgichi bilan jixozlangan arrali jin yaratilgan (№IAP 03226-2006 y.);
arrali jin kolosnigi ish zonasidagi qirrasini doira shaklda tayyorlash orqali tolani chigitdan ajratish usuli yaratilgan (№IAP 03547-2007 y.);
rangli metall-alyuminiy o‘rniga polimer materialdan foydalangan holda po‘lat shtiftli arralararo qistirma bilan jihozlangan arrali silindr konstruksiyasi yaratilgan (№IAP 02795-2005 y.);
tolani chigitdan ajratish uskuna panjaralarini tayyorlash yangi texnologik jarayoni yaratilgan (№IAP 02064-2001 y.);
arrali jin ishchi kamera ichki devorlarini qizdirish yo‘li bilan xomashyo g‘o‘lasi tezligini oshirish usuli yaratilgan (№IAP 04193-2010 y.).
IV. Ixtiroga patenti: «Jin panjalarni tayyorlash usuli», №IAP 02064-2001 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 15 sentyabrdagi 02-11/2450-son xulosasi; «Tolaga ishlov beruvchi mashinaning arrali barabani», №IAP 02795-2005 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 15 sentyabrdagi 02-11/2451-son xulosasi; «Arrali jinning ishchi kamerasi», №IAP 03226-2006 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 15 sentyabrdagi 02-11/2452-son xulosasi; «Paxta xomashyosini djinlash usuli», №IAP 03547-2007 y., O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 15 sentyabrdagi 02-11/2212-son xulosasi; «Paxta xomashyosini jinlash usuli», №IAP 04193-2010 y. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 15 sentyabrdagi 02-11/2210-son xulosasi.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta tolali paxtani jinlash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qizdirish, kerakli shaklga keltirish, talab qilingan uzunlikda kesish, bukish, mexanik ishlov berish orqali tayyorlangan yangi jin panjaralari “O‘zpaxtasanoat” AJning barcha paxta tozalash korxonalarida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2017 yil 15 dekabrdagi 02-18/3611-son ma’lumotnomasi). Natijada uning puxtaligi 20-25%ga, xizmat muddatini 70-80 %ga oshirish va tan narxini 2 barobarga kamaytirish imkoni yaratilgan;
polimer materialdan foydalangan holda tayyorlangan va arralararo qistirma bilan jihozlangan arrali silindrning yangi konstruksiyasi “O‘zpaxtasanoat” AJning tasarrufidagi Toshkent, Samarqand viloyat paxta tozalash korxonalarida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJ 2017 yil 15 dekabrdagi 02-18/3611-son ma’lumotnomasi). Natijada alyuminiy polimer materialga almashtirilgan, arrali silindr vazning 15%ga, elektr quvvat sarfini 10-15%ga va arra, kolosnik sarfini 40%ga kamaytirish, mustahkamligini 4 barobar oshirish imkoni yaratilgan;
yangi konstruksiyadagi xomashyo g‘o‘lasi tezlatgichi bilan jihozlangan arrali jinnig ishchi kamerasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarufidagi Toshkent viloyat “Paxtasanoat” birlashmasi, “Chinoz”, “Mustaqillik” paxta tozalash korxonalarida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2017 yil 15 dekabrdagi 02-18/3611-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr quvvat sarfini 20-25%ga, chigit shikastlanishini 2-3% (abs.)ga kamaytirish, tola bo‘yicha ish unumdorligini 10-15%ga, toladorlikni esa 60-70%ga va tola chiquvi 0,2-0,3%ga oshirish, xomashyo g‘o‘lasi zichligi 45-50% ga pasaytirish, tola sifati 1-2 sinfga yaxshilash imkoni yaratilgan;
arrali jin kolosnigi ish zonasidagi qirrasini doira shaklda tayyorlash orqali tolani chigitdan ajratish usuli “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarufidagi “Chinoz”, “O‘zbekiston mustaqilligining 5 yilligi” paxta tozalash korxonalarida va “Paxtadjin KB” maxsus konstruktorlik byurosi ishlanmalarida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2017 yil 15 dekabrdagi 02-18/3611-son ma’lumotnomasi). Natijada tola chiquvi 5-10%ga, shtapel` uzunligi 1 mm ortgan, jindan keyingi chigitlar tukdorligi 1% (abs.)ga, kalta tolalar miqdori 5 %ga, chigitlarni mexanik shkastlanishi 1% (abs.)ga va elektr sarfi 10-15%ga kamaytirish, ishlab-chiqarish xajmi 10%ga oshirish, tola va chigit sifati 1 sinfgacha yaxshilash imkoni yaratilgan;
arrali jin ishchi kamerasini ichki devorlarini qizdirish yo‘li bilan paxta xomashyosini jinlash usuli “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarufidagi “Olimkent” paxta tozalash korxonacida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2017 yil 15 dekabrdagi 02-18/3611-son ma’lumotnomasi). Natijada jinning ish unumdorligi soatiga 1-1,5 kilogrammga oshirish, elektroenergiya sarfi 20%ga kamaytirish, tola sifati bir sinfga yaxshilash imkoni yaratilgan.