Svetasheva Nargiza Faritovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Transport uzelida temir yo‘l stansiyalari satellitlari joylashuvini optimallashtirish, 05.08.01 – Mamlakat, uning mintaqa, shahar va sanoat markazlarining transport tizimlari. Transport logistikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.4.PhD/T5011
Ilmiy rahbar: Ilesaliev Daurenbek Ixtiyarovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raxmangulov Aleksandr Nelevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Jo‘raboev Kamoljon Abdumo‘minovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi transport uzelida temir yo‘l stansiyalari satellitlari joylashuvini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
strategik prognozlash usuli asosida “stansiya – umumiy foydalanishda bo‘lmagan yo‘llar” tizimi tuzilmasidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda transport jarayonlarini tashishning notekisligiga moslashtirish imkonini beruvchi temir yo‘llar bilan yuk jo‘natuvchilar va qabul qiluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorligining moslashuvchan texnologiyasi takomillashtirilgan;
murakkab tizimlarning o‘zaro hamkorligida “zaif joylar”ni aniqlash uchun logistika operatsiyalaridagi cheklovlarni o‘z vaqtida aniqlashning Markov zanjirlaridan foydalanish asosida kiruvchi va chiquvchi yuk oqimlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda temir yo‘l stansiyasi satellitining funksional modellari ishlab chiqilgan;
uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash va tashish hajmining o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni minimallashtish imkonini beruvchi temir yo‘l stansiyasi satellitining faoliyat davri bosqichlari modellari yuk oqimining noaniqligini hisobga olgan holda butun foydalanish muddati davomida samarali boshqarish va ishlashini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish va temir yo‘l stansiyalarining logistika zanjirlari elementlari bilan integratsiyasini oshirish imkonini beruvchi transport-logistika xizmatlarining transformatsiyasini hisobga olgan holda qaror qabul qilish usuli asosida temir yo‘l stansiyasi satellitining joylashtirilishini muvofiqlashtirish matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport uzelida temir yo‘l stansiyalari satellitlarini joylashtirishni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kiruvchi va chiquvchi yuk oqimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda temir yo‘l stansiyasi satellitining ishlashi, faoliyat davri va joylashtirilishini muvofiqlashtirish modellari Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeliga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 17-martdagi 2/1708-sonli ma’lumotnomasi). Natijada transport uzelidagi “zaif joylar”ni aniqlash, yuk vagonlariga xizmat ko‘rsatish tizimining agent diskret-hodisali simulyasiya modeli hamda Toshkent transport uzelining rivojlanish bosqichlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
transport va sanoat jarayonlarining samarali faoliyat yuritishi hisobiga stansiya va umumiy foydalanishda bo‘lmagan yo‘llar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish imkonini beradigan temir yo‘llarning yuk jo‘natuvchilar va yuk qabul qiluvchilar bilan o‘zaro hamkorligining moslashuvchan texnologiyasi Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeliga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 17-martdagi 2/1708-sonli ma’lumotnomasi). Natijada vagon oqimlarining mavsumiyligini, logistika ta’minoti zanjiridagi o‘zgarishlarni hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari ish hajmini prognozlashda stansiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish tamoyillarini aniqlash uchun o‘sish egriliklari modellari modifikatsiyalashtirilgan;
stansiyaning satellit tizimini yaratish bo‘yicha texnik-texnologik tavsiyalar va transport uzellarida satellitni joylashtirishni muvofiqlashtirishni izlashning dasturiy majmualar ko‘rinishidagi instrumental vositasi “Marketing va logistika” boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 17-martdagi 2/1708-sonli ma’lumotnomasi). Natijada temir yo‘l stansiyasi satellitlarining asosiy parametrlarini bosqichma-bosqich rivojlantirishni asoslash va Angren stansiyasini ishini “engillashtirish” orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish hamda qo‘shimcha yuk oqimini jalb qilish imkoniyati paydo bo‘lgan.