Usmonov Kaxramonjon Akbaralievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Iqt336.
Ilmiy maslahatchi: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Olimjonov Odiljon Olimovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Abdullaev Zafarjon Alijonovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish tizimi va metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha soliq salohiyatini asosiy soliq turlari, soliq to‘lovchilarning iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlari dinamikasi, tarmoqlar va hududlar bo‘yicha yalpi qo‘shilgan qiymat o‘zgarishidan kelib chiqqan holda, daromadlarning o‘sib boruvchi shaklida hisoblash taklif etilgan;
soliq va bojxona imtiyozlari samaradorligini imtiyozlarni guruhlagan, imtiyoz berilishining maqsadlari va oqibatlariga vazn bergan holda, foydalanuvchilarning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasidagi o‘zgarishlar, davlat byudjeti daromadlari yo‘qotishlariga ta’sirini baholash orqali hisoblash taklif etilgan;
soliq to‘lovchilarning umumiy moliyaviy yuklamasini hisoblagan holda aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan miqdordagi stavkasini joriy etish orqali kichik tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yukini kamaytirish taklif qilingan;
davlat ulushi bor sub’ektlardan davlat ulushiga hisoblangan dividendlarni va davlat korxonalarining sof foydasini davlat byudjetiga o‘tkazishning minimal miqdorlarini stavkalar o‘rnatish yordamida belgilash orqali davlat aktivlaridan keladigan daromadlar samaradorligini oshirish zarurligi asoslab berilgan;
tovar va xizmatlarni sotib oluvchilarga xarid qiymatining 1 foizini qaytarishda oylik xarid qiymatiga cheklovlar kiritish orqali soliq ma’murchiligini yaxshilash choralari samaradorligini oshirish taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:
hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha soliq salohiyatini asosiy soliq turlari, soliq to‘lovchilarning iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlari dinamikasi, tarmoqlar va hududlar bo‘yicha yalpi qo‘shilgan qiymat o‘zgarishidan kelib chiqqan holda, daromadlarning o‘sib boruvchi shaklida hisoblash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 1-fevraldagi 8-sonli Buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hududlar soliq salohiyatini baholash metodikasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 24-iyuldagi 03/41-7-11430-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2023-yil uchun hududlar bo‘yicha daromadlar prognozi qo‘shimcha 950 mlrd. so‘mga (3,3%) oshirilgan va haqiqatda shu omil hisobiga 740 mlrd so‘m (2,6%) qo‘shimcha daromad kelib tushganligiga erishilgan;
soliq va bojxona imtiyozlari samaradorligini imtiyozlarni guruhlagan, imtiyoz berilishining maqsadlari va oqibatlariga vazn bergan holda, foydalanuvchilarning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasidagi o‘zgarishlar, davlat byudjeti daromadlari yo‘qotishlariga ta’sirini baholash orqali hisoblash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 20-oktyabrdagi 33-sonli Buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Soliq imtiyozlarining samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-sentyabrdagi 03/41-7-19186-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2023-yilda foydalanilgan 112 turdagi soliq va bojxona imtiyozlari samaradorliklari hisoblab chiqilgan va samaradorligi past bo‘lgan 19 turdagi imtiyozlarni bekor qilish taklifi berilgan va 560 mlrd so‘m qo‘shimcha daromad kelib tushishiga erishilgan;
soliq to‘lovchilarning umumiy moliyaviy yuklamasini hisoblagan holda aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan miqdordagi stavkasini joriy etish orqali kichik tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yukini kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 24-iyuldagi 03/41-7-11430-sonli ma’lumotnomasi). Taklif natijasida 2023-yilda davlat byudjetiga qo‘shimcha 150 mlrd.so‘m mablag‘ (soliq bo‘yicha umumiy daromadlarning 6%) tushirishiga erishilgan hamda 40 mingdan ortiq to‘lovchilarda (jami to‘lovchilarning 13 foizi), operatsion xarajatlarni kamayganligini inobatga olgan holda, soliq yukini kamaytirishga imkon yaratilgan;
davlat ulushi bor sub’ektlardan davlat ulushiga hisoblangan dividendlarni va davlat korxonalarining sof foydasini davlat byudjetiga o‘tkazishning minimal miqdorlarini stavkalar o‘rnatish yordamida belgilash orqali davlat aktivlaridan keladigan daromadlar samaradorligini oshirish zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-742-sonli “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 24-iyuldagi 03/41-7-11430-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2023-yil yakunlari bo‘yicha davlat ulushi bo‘yicha dividendlar va davlat korxonalarining sof foydasidan (oltin va mis qazib chiqaruvchi korxonalardan tashqari) 6 trln.so‘m undirilishiga imkon yaratilgan;
tovar va xizmatlarni sotib oluvchilarga xarid qiymatining 1 foizini qaytarishda oylik xarid qiymatiga cheklovlar kiritish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-13-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-sentyabrdagi 03/41-7-19186-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2024-yil I yarim yilligida byudjet daromadlari 300 mlrd so‘mga ko‘payishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish