Muqimov Nuriddin Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Klaster tizimidagi korxonalarda mehnat xavfsizligini ta’minlash masalalarini takomillashtirish” 05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4334.
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Yoʻldosheva Ozoda Muhammadsodiq qizi, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Murtazaev Quvondiq Mustafaevich, texnika fanlari doktori, dotsent;
Narziev Shovqiddin Murtazaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon Mashinasozlik Instituti.
II.Tadqiqotning maqsadi. Klaster tizimi korxonalaridagi presslash sexi ishchilari uchun ergonomik ko‘rsatkichlari hamda psixologik qulayligiga mos ravishda tanlangan matodan maxsus himoya kiyimlarini tavsiya etish orqali mehnat xavfsizligi masalalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ergonomik qulaylikni ta’minlovchi asosiy parametrlar korelatsiya va regressiya tahlillari asosida aniqlanib, materialning fizik-mexanik xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus himoua kiuimi takomillashtirilgan;
matematik-statistik usullar orqali kuzatuv va so‘rovnoma natijalariga asoslangan ma’lumotlar tahlil qilinib, energiya sarfi va harakatlarning ergonomik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
klaster tizimi korxonalari tasarrufidagi presslash sexi ishchilarining ergonomik harakatlariga ta’sir etuvchi ichki va tashqi kuchlarning chegaraviy ko‘rsatkichlarini aniqlashning hisobiy modeli ishlab chiqilgan.
inson va kiyim orasidagi issiqlik-massa almashinuvini e’tiborga olib, fotoxronometraj usuli yordamida presslash sexi ishchilarining maxsus himoya kiyimining psixologik va ergonomik qulayligi ilk bor aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Klaster tizimi korxonalaridagi rresslash sexi ishshilari ushun ergonomik ko’rsatkishlari hamda rsixologik qulauligiga mos ravishda tanlangan matodan maxsus himoua kiuimlarini tavsiua etish orqali mehnat xavfsizligi masalalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishchilarda qulay harakatni ta’minlash va noqulayliklarni kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan maxsus himoya kiyimlari “O‘zbekiston paxta tozalash” korxonasi presslash sexi, “Oqoltin paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta - to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining №04111-120-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishchilarda ergonomik va psixologik qulaylikni oshishi, energiya sarfi va terlash miqdorining kamayishi hamda ishchilarda kasbiy kasalliklarning ma’lum miqdorda kamayishiga erishilgan.