Kosimov Ilxomjon Solijonovichining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtotraktor dvigatellari valsimon detallari resursini rotatsion ishqalagich yordamida oshirish (tirsakli vallar misolida)” mavzusida 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2950
Ilmiy rahbar: Almataev Tojiboy Orziqulovich, texnika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Bazarov Bahtiyor Imamovich, texnika fanlari doktori, professor Qosimov Karimjon Zuxriddinovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtotraktor dvigatel tirsakli vallari ishchi yuzalarini rotatsion ishqalagich yordamida yaxshilash hisobiga ularning resursini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tirsakli vallarning ishchi yuzasiga ishlov berish uchun ekssentrik rotatsion ishqalagichning konstruksiyasi yaratilgan va ushbu ishqalagichning ishchi prarametr o‘lchamlari ya’ni diskining diametri va aylanishlar tezligi, ishqalagich tolalarining diametri va uzunligining me’yoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
avtomobil dvigatellari tirsakli vallari ishchi yuzasini silliqlashda o‘zgaruvchan qattiqlik bilan ta’sir etuvchi rotatsion ishqalagichdan foydalanib valsimon detallarga ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqarish sharoitiga mos takomillashtirilgan;
tirsakli vallarning ishchi yuzasiga ishlov berish sifatini oshrish va vaqtini kamaytirish maqsadida ekssentrik rotatsion ishqalagich yordamida, abraziv aralashmali emulsiyadan foydalanib ishlov berishning texnologik rejimlari ishlab chiqilgan;
tirsakli vallar ishchi yuzasining g‘adir-budirlik o‘lchamlari va ekssentrik rotatsion ishqalagich parametrlari orasidagi analitik va korrelyasion bog‘lanishlarninq me’yor ko‘rsatkichlar echimi yordamida nazariy miqdorlarini aniqlash usuli konkardasiya koeffisienti yordamida asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtotraktor dvigatellari valsimon detallari resursini rotatsion ishqalagich yordamida oshirish (tirsakli vallar misolida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan uslubiy tavfsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Andijon viloyat boshqarmasiga qarashli korxonada ichki yonuv dvigatellarining tirsakli vallari ishchi yuzalarini silliqlash usulini ishlab chiqarishga tadbiq qilingan (“O‘zAvtosanoat” AJning 2024 yil 24 apreldagi 17/07-25-0567-son ma’lumotnomasi). Natijada avtomobillarni ta’mirlash sifati 25-30% ga ortirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan uslubiy tavfsiyanoma tirsakli vallarning ishchi yuzasiga ishlov berishda detal yuzasini ishqalash usulini va ekssentrik rotatsion ishqalagichni qo‘llash orqali takomillashtirilgan texnologiyasi Andijon “Avtotexxizmat” MChJ tamonidan ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan. Natijada tirsakli vallarga ishlov berish sifati ortgan, ishlov berish vaqti 15-20 % ga qisqargan, tirsakli valning resursi 7-12% ga tirsakli vallari ishchi yuzasini silliqlash uchun rotatsion ishqalagichda ishlov berish usulini ishlab chiqarishga joriy etilish natijasida ortgan.