Almataev Nozimbek Tojiboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtotraktor polimer detallarini mahalliy materiallardan foydalanib ishlab chiqarish texnologik jarayoni parametrlarini asoslash” mavzusida 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4958
Ilmiy rahbar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Xalimjonov Tohir Salimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Nasirov Ilxam Zakirovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtotraktor polimer detallarini mahalliy materiallardan foydalanib ishlab chiqarish texnologik jarayonining parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mahalliy polipropilenning zichligi, oquvchanligi, cho‘zilishga va zarbga mustahkamligiga mahalliy kaolin miqdorining ta’sirini ifodalovchi bog‘lanishlar aniqlangan;
avtomobil polimer detallarini ishlab chiqarish uchun polipropilen va kaolin asosida kompozit materiallar tarkibi ularning fizik-mexanik xususiyatlaridan kelib chiqib asoslangan;
avtomobil polimer detallarini yangi kompozision materiallardan ishlab chiqarishda texnologik jarayonining ishchi silindr harorati, soplo va quyish kanallarining haroratlari, quyish bosimi, quyish va sovitish vaqtlari kabi parametrlari asoslangan;
mahalliy polipropilen va kaolin asosida ishlab chiqarilgan havo quvurlarining texnologik va ekologik ko‘rsatkichlari ya’ni materialning tumanlanish va hid chiqarish xususiyati hamda detalni haroratga bardoshlilik chegaralari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtotraktor polimer detallarini mahalliy materiallardan foydalanib ishlab chiqarish texnologik jarayonining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Tracker va Onix” avtomobillarining “DUCT ASM-AIR DISTR FRT” havo quvurlari uchun mahalliy polipropilen va mahalliy kaolin asosida polimer kompozision materiallar yaratilgan hamda ishlab chiqarishga joriy etish uchun qabul qilingan(“UzAvto” AJning 2024-yil 16-sentyabrdagi 17/07-25-1431 sonli ma’lumotnomasi olingan). Natijada mahalliy kaolinning 20 % miqdorida kompozisiyaning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari optimal qiymatlarga ega bo‘lishi aniqlangan;
mahalliy kompozision polimer materialdan foydalanib tayyorlangan “Tracker va Onix” avtomobillarining “DUCT ASM-AIR DISTR FRT” havo quvurlari ishlab chiqarishga joriy etish uchun qabul qilingan(“UzAvto” AJning 2024-yil 16-sentyabrdagi 17/07-25-1431 sonli ma’lumotnomasi olingan). Natijada havo quvurlarini ishlab chiqarish jarayonining parametrlarini o‘rtacha 6-9 % ga pasayishi hisobiga elektr energiyasi iste’moli 6-7 % ga kamaygan. Bir dona havo quvurini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqtni 2 soniyaga pasayishi hisobiga qo‘shimcha detallar ishlab chiqarishga erishilgan.