Giyasova Dilfuza Radjabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yangi assortimentdagi to‘qimachilik ipini olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T1166
Ilmiy rahbar:Xamraeva Sanovar Atoevna, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:
Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti dotsenti, texnika fanlari nomzodi, Qurbanov Fazliddin Aminovich (05.06.02-To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish), “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ Bosh direktorning ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, professor, texnika fanlari doktori, Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich (05.06.02-To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish).
Yetakchi tashkilot:  Namangan to‘qimachilik sanoat instituti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy va kimyoviy xomashyolarning optimal tarkibini tanlash asosida yangi assortimentdagi to‘qimachilik ipini olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda uning sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy jun, paxta va poliefir tolalarning optimal ulush foizi tanlangan va ip sifatini yaxshilash maqsadida tolalarni aralashtirishda sulfanol NP-3, gliserin va monoetanolamid tarkibli emulsiyani qo‘llash va tsilindrlari takomillashtirilgan piltalash mashinasidagi cho‘zish asbobidan foydalanish natijasida iplarning notekisligi kamaytirilgan yangi assortimentdagi ip olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ipning notekisligini kamaytirish uchun piltalash mashinasining cho‘zish asbobi o‘rta tsilindrning o‘yiq chiziqli riflyalari yo‘nalishini  birinchi va uchinchi tsilindr riflyalari yo‘nalishiga moslashtirib, ikkinchi tsilindrning o‘yiq chizig‘ining og‘ish burchagini 40 dan 4057'ga o‘zgartirish asosida  takomillashtirilgan;
to‘liq omilli tajriba natijalari asosida kirish omillari ta’sirida turli tarkibli tolalar aralashmasidan olingan to‘qimachilik iplari uzish kuchining o‘zgarishini regression modellari kichik kvadratlar usulini qo‘llash orqali olingan;
mahalliy jun, paxta va poliefir tolalardan muayyan xossali yangi assortimentdagi ip ishlab chiqarishda kameraning aylanish tezlanishi, ipning pishitilganligi, ipning chiqish tezliklari texnologik parametrlarining optimal qiymatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Turli mahalliy xomashyo va poliefir aralash tarkibli to‘qimachilik ipi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
 mahalliy jun, paxta va poliefir tola aralashmali to‘qimachilik ip olishni  Buxoro shahridagi “O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati qoshidagi  o‘quv ishlab chiqarish” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 21 avgustdagi №03/25-1835-son ma’lumotnomasi). Natijada, ipning mutahkamligini 15% gacha oshirishga erishilgan;
turli tarkibli tolalar ulushi foizini tanlash asosida 50 teksli ip ishlab chiqarish texnologiyasi Buxoro shahridagi “Sagdiana Teks Prom Invest” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2023 yil 21 avgustdagi №03/25-1835-son ma’lumotnomasi). Jun, paxta va poliefir tolalar aralashmali ip olish evaziga ipning  uzilishini 18%ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish