Rustamov Suhrob Shuhrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biomassa energiyasi asosida kichik quvvatli kogeneratsion qurilmani ishlab chiqish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi (texnika fanlari) bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/T2883
Ilmiy rahbar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Imomov Shavkat Jaxonovich, texnika fanlari doktori, professor; Ergashev Shaxriyor Hamidullaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtonom energiya iste’molchilari uchun kichik quvvatli kogeneratsion bioenergetik qurilmasini ishlab chiqish va energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtonom iste’molchilarni bir vaqtda issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradigan “piroliz reaktori – ichki yonuv dvigatelli generator” asosidagi tutun gazlari issiqligini qayta ishlatish utilizatori bilan takomillashtirilgan kogeneratsion bioenergetik qurilmasining texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
biomassa chiqindilarini piroliz usulida termik qayta ishlash asosida muqobil yoqilg‘ilar, issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beruvchi, bioreaktor, kondensator, gazgolder, ichki yonuv dvigatelli generatordan tashkil topgan kichik quvvatli kogeneratsion bioenergetik qurilmasi ishlab chiqilgan;
kogeneratsion bioenergetik qurilmani energiya samaradorligini ta’minlaydigan ichki yonuv dvigatelli generatorning tutun gazlarini ikkilamchi issiqligidan qo‘shimcha 2,5÷3,0 kVt issiqlik olish imkonini beradigan “suv-tutun gazi” tipdagi issiqlik utilizatori ishlab chiqilgan;
kogeneratsion bioenergetik qurilma reaktori konstruksiyasiga qo‘shimcha o‘rnatilgan “metal qovurg‘alar” natijasida issiqlik uzatish koeffisienti 1,26 marta, issiqlik tashuvchiga uzatilgan issiqlik miqdori esa 1,6 martaga oshirilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Biomassa energiyasi asosidagi kichik quvvatli kogeneratsion bioenergetik qurilmani ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
biomassa energiyasida samarador ishlovchi “piroliz qurilmasi-ichki yonuv dvigatelli generator” asosidagi kichik quvvatli kogeneratsion bioenergetik qurilma Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “RAXIMOV ABDURAZZOQ NAYIMOVICh ChORVASI” MChJ ga qarashli, 100 m2 foydali maydonga ega ikki qatlamli polietilen plyonka qoplamali issiqxonada joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024-yil 24-maydagi 04-13-3522-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yiliga 72200÷72400 kVt∙soat issiqlik energiyasi, 10800 kVt∙soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga va an’anaviy isitish tizimiga nisbatan 10,21 tonna shartli yoqilg‘i tejalishi hamda 36,1 tonnadan ortiq karbonat angidrid (CO2) gazini atmosferaga chiqarib yuborilishining oldini olishga erishilgan.