Abduraxmonov Jo‘rabek Amrilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyorizistentli tuxumdon saratonining residivi natijasida kuzatiladigan xavfli assitda palliativ davoni takomillashtirish» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3037.
Ilmiy rahbar: Raximov Nodir Maxammatkulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Kamishov Sergey Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori; Ataxanova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Immunogistokimyoviy tahlil natijalari asosida qaytalanuvchi tuhumdon saratoni bilan kechadigan yomon sifatli assitni davolash usullarni takomilashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
assit bilan kechadigan qaytalanuvchi tuxumdon saratonida qon zardobidagi VEGF darajasining oshishi o‘smaning past differensiatsiyalashganligi va ikkala tuhumdon zararlanganligi hisobiga prognostik salbiy marker ekanligi isbotlangan;
assit bilan kechadigan qaytalanuvchi tuxumdon saratonida kasallik bosqichi, o‘smaning gistologik turi va differensiatsiya darajasi bilan qon zardobidagi VEGF darajasi bemorlarning yoshi va o‘smaning gistologik xususiyatlari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
assit bilan kechadigan qaytalanuvchi tuxumdon saratonida kam dozali kombinirlashgan kimyo va immunoterapiya angiogen samarasiga etarli darajasi hisobiga qo‘llanilishi samaradordigi isbotlangan.
assit bilan kechadigan qaytalanuvchi tuxumdon saratonida o‘smaning angiogen potensialini baholash uchun VEGFning mahalliy (o‘sma ichidagi) va tizimli (aylanib yuruvchi) darajalarini aniqlash, kasallikning klinik kechishiga va bashorat qilishiga ahamiyat ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qaytalanuvchi tuxumdon saratonida (TS) assit mavjud bo‘lishi va qon zardobidagi VEGF darajasining oshishi o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosoida :
birinchi ilmiy yangilik: assit bilan kechadigan qaytalanuvchi tuxumdon saratonida qon zardobidagi VEGF darajasining oshishi o‘smaning past differensiatsiyalashganligi va ikkala tuhumdon zararlanganligi hisobiga prognostik salbiy marker ekanligi isbotlanganigi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 19 sentyabr`dagi 59-sonli buyrug‘i Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali 2023 yil 9 oktyabr` №155-T sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali 2023 yil 29 avgustdagi №52- sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 iyuldagi №05/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Platinaga chidamli qaytalanuvchi tuxumdon saratoni va assiti bo‘lgan bemorlarda metronomik terapiya qo‘llanilishi kasallik asoratlarining kamayishi hisobiga bemorlar turmush tarzining yaxshilanishi va umr ko‘rish davomiyligining uzayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: Xavfli o‘smalar bilan kasallangan bemorning ixtisoslashtirilgan shifoxonada bir kunlik bo‘lishi (1 koyka/kun) o‘rtacha 187885 so‘mni tashkil etadi, bu summaga ovqatlanish, dori-darmonlar va tahlillarni o‘tkazish xarajatlari kiritilgan. Kompleks davolash davomida bemorlar shifoxonada o‘rtacha 11 kun davolandi. Xulosa: Metronomik terapiyaning iqtisodiy samaradorligi Respublika darajasida 12 oy mobaynida 27,2%ga xarajatlarni qisqartirishini imkon bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: assit bilan kechadigan qaytalanuvchi tuxumdon saratonida kasallik bosqichi, o‘smaning gistologik turi va differensiatsiya darajasi bilan qon zardobidagi VEGF darajasi bemorlarning yoshi va o‘smaning gistologik xususiyatlari bilan bog‘liqligi aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 19 sentyabr`dagi 59-sonli buyrug‘i Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali 2023 yil 9 oktyabr` №155-T sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali 2023 yil 29 avgustdagi №52- sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan ( Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 iyuldagi №05/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Platinaga chidamli qaytalanuvchi tuxumdon saratoni va assiti bo‘lgan bemorlarda metronomik terapiya qo‘llanilishi kasallik asoratlarining kamayishi hisobiga bemorlar turmush tarzining yaxshilanishi va umr ko‘rish davomiyligining uzayishiga olib keldi. Metronomik terapiyaning iqtisodiy samaradorligi Respublika darajasida 12 oy mobaynida 27,2%ga xarajatlarni qisqartirishini imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Bir bemorni davolash uchun 2066735 so‘m sarflanadi. Ximiyorezistent tuxumdon raki assit bilan murakkablashgan bemorlarni davolagandan so‘ng ularning shifoxonada qolish muddatini 7 kunga qisqartirish orqali 939425 so‘m tejash mumkin.  Xulosa : qaytalanuvchi tuxumdon saratoni va assiti bo‘lgan bemorlarda metronomik terapiya qo‘llanilishi kasallik asoratlarining kamayishi hisobiga bemorlar turmush tarzining yaxshilanishi va umr ko‘rish davomiyligining uzayishiga olib keldi. Metronomik terapiyaning iqtisodiy samaradorligi Respublika darajasida davlat byudjetidan sarf xarajatlarni 12 oy mobaynida 27,2%ga xarajatlarni qisqartirishini imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: assit bilan kechadigan qaytalanuvchi tuxumdon saratonida kam dozali kombinirlashgan kimyo va immunoterapiya angiogen samarasiga etarli darajasi hisobiga qo‘llanilishi samaradordigi isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 19 sentyabr`dagi 59-sonli buyrug‘i Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali 2023 yil 9 oktyabr` №155-T sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali 2023 yil 29 avgustdagi №52- sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan ( Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 iyuldagi №05/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Platinaga chidamli qaytalanuvchi tuxumdon saratoni va assiti bo‘lgan bemorlarda metronomik terapiya qo‘llanilishi kasallik asoratlarining kamayishi hisobiga bemorlar turmush tarzining yaxshilanishi va umr ko‘rish davomiyligining uzayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: Yil davomida maxsus klinika statsionarida assit formasi bilan tuxumdon rakiga chalingan 50 dan ortiq bemor davolanadi, bu esa o‘rtacha 46971250 so‘m tejamkorlik qilish imkonini beradi. Xulosa: Pazopanib va peroral siklofosfamid kombinatsiyasi platinaga chidamli yoki platinaga chidamli tuxumdon  saratoni  bo‘lgan bemorlarda klinik ahamiyatga ega foydali va yaxshi ko‘tariladigan sxema sifatida tan olingan. Bu ushbu holatda ilgari intensiv davolashdan o‘tgan bemorlarni davolashning bir varianti sifatida qaralishi mumkin.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: assit bilan kechadigan qaytalanuvchi tuxumdon saratonida o‘smaning angiogen potensialini baholash uchun VEGFning mahalliy (o‘sma ichidagi) va tizimli (aylanib yuruvchi) darajalarini aniqlash, kasallikning klinik kechishiga va bashorat qilishiga ahamiyat ekanligi isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 19 sentyabr`dagi 59-sonli buyrug‘i Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali 2023 yil 9 oktyabr` №155-T sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali 2023 yil 29 avgustdagi №52- sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan ( Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 iyuldagi №05/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Platinaga chidamli qaytalanuvchi tuxumdon saratoni va assiti bo‘lgan bemorlarda metronomik terapiya qo‘llanilishi kasallik asoratlarining kamayishi hisobiga bemorlar turmush tarzining yaxshilanishi va umr ko‘rish davomiyligining uzayishiga olib keldi. Metronomik terapiyaning iqtisodiy samaradorligi Respublika darajasida 12 oy mobaynida 27,2%ga xarajatlarni qisqartirishini imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Ximiyorezistent tuxumdon raki assit bilan murakkablashgan bemorlarni davolashda metronomli terapiya qo‘llanilishi orqali yillik tejeamkorlik 46 million so‘mdan oshadi. Bu ushbu usulni palliativ terapiya amaliyotida ximiyorezistent tuxumdon rakining assit bilan murakkablashgan holatlarini davolashda muqobil terapiya sifatida keng joriy etish zarurligini tasdiqlaydi. Xulosa: Metronomli terapiyaga pazopanibni peroral siklofosfamid bilan qo‘shish orqali progressiyasiz yashash muddatini yaxshilash va umumiy yashovchanligi  ko‘rsatkichlarini oshirishga erishilgan, shuningdek, toksiklikning yaxshi ko‘tariladigan profili saqlangan. Ikki guruh o‘rtasida simptomlar shkalasi bo‘yicha hayot sifati ko‘rsatkichlarining o‘rtacha yaxshilanishi qayd etilgan. Kontrol` nuqta ingibitorlarini metronomli kimyooterapiya preparatlari bilan qo‘shib ishlatish mumkinmi degan savol kelajakdagi tadqiqotlarning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish