Akromov Shohrux Shuhrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr energetika tarmog‘i korxonalarida auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va uni o‘tkazishni takomillashtirish”. 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2231
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Dustmuratov Radjabay Davlatbayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va uni o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va uni o‘tkazishni jarayonida inson, intellektual, axborot-komunikatsiya, tashkiliy va uslubiy resurslar kiritish orqali auditorlik tekshiruvini 80 kishi soatga qisqartirish taklif etilgan;
auditorlik tekshiruvilarida to‘plangan audit dalillarini ishonchlilik darajasini baholash algoritmini joriy etishda tahliliy amallarini kiritish orqali auditorlik riskini 5 foizdan 3 foiz daraja oralig‘iga tushirish taklifi asoslangan;
elektr energetika tarmog‘i korxonalarida auditorlik tekshiruvini rejalashtirishda sof foyda (5≤SF≤10), kapital (8≤K≤10), joriy javobgarlik (3≤JJ≤7), debitor qarzdorlik (3≤DQ≤7), daromad (1≤D≤2) ko‘rsatkichlari uchun hisoblangan foizli intervallarni belgilash orqali asosiy ko‘rsatkichlarni taqqoslash va ob’ektiv baholashni ta’minlash taklifi asoslangan;
elektr energetika tarmog‘i korxonalarida auditorlik tekshiruvining umumiy reja va dasturini tuzish hamda aktivlar rentabelligini tahlil qilish natijasida umumiy samaradorlikni 1-3 foizga oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Elektr energetika tarmog‘i korxonalarida auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va uni o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va uni o‘tkazishni jarayonida inson, intellektual, axborot-komunikatsiya, tashkiliy va uslubiy resurslar kiritish orqali auditorlik tekshiruvini 80 kishi soatga qisqartirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining 2024 yil apreldagi №43/NF-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasida auditorlik tekshiruvini 800 (50 kishi x 8 soat x 5 kun) kishi soatga qisqartirishga, ya’ni, jamiyat tomonidan ma’lumotlarni taqdim etishga mas’ul shaxslarning vaqtidan oldin ma’lumotlarni taqdim qilishga erishilgan;
auditorlik tekshiruvilarida to‘plangan audit dalillarini ishonchlilik darajasini baholash algoritmini joriy etishda tahliliy amallarini kiritish orqali auditorlik riskini 5 foizdan 3 foiz daraja oralig‘iga tushirish taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2024 yil 4 iyundagi 01-03-16/651-son ma’lumotonmasi). Ushbu taklifni joriy qilish orqali “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda auditorlik riskini qariyb 4,5 foizdan 3,3 foiz darajasigacha tushirilib, auditorlik tekshiruvini 816
(17 kishi x 8 soat x 6 kun) kishi soat qisqartirish natijasida xarajatlarni 20 mln so‘mga qisqartirishga olib kelgan;
elektr energetika tarmog‘i korxonalarida auditorlik tekshiruvini rejalashtirishda sof foyda (5≤SF≤10), kapital (8≤K≤10), joriy javobgarlik (3≤JJ≤7), debitor qarzdorlik (3≤DQ≤7), daromad (1≤D≤2) ko‘rsatkichlari uchun hisoblangan foizli intervallarni belgilash orqali asosiy ko‘rsatkichlarni taqqoslash va ob’ektiv baholashni ta’minlash taklifi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2024 yil 4 iyundagi
01-03-16/651-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif orqali auditorlik tekshiruvini o‘tkazish jarayonida muhimlik va risk o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni to‘g‘ri proporsional hisoblashga yordam bergan;
elektr energetika tarmog‘i korxonalarida auditorlik tekshiruvining umumiy reja va dasturini tuzish hamda aktivlar rentabelligini tahlil qilish natijasida umumiy samaradorlikni 1-3 foizga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining 2024 yil apreldagi №43/NF-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning auditorlar o‘zlarining audit jarayonlarida foydalanishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasida investision resurslarni aniqlash, jamiyatning moliyaviy barqarorligi va aktivlarining rentabelligini tahlil qilish orqali umumiy samaradorlikni 0,5-1,7 foizga oshirishga olib kelgan.