Kaxxarova Dilnoza Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida pul kredit siyosati instrumentlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Norov Akmal Ruzimamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/31.10.2024.I.133.02
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ziyodilloev Hushnud Rahimboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekiston Respublikasi bank moliya akademiyasi”.
II. Tadqiqotning maqsadi “O‘zbekiston Respublikasida pul kredit siyosati instrumentlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Markaziy bank pul-kredit siyosati transmission mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni monetar siyosat instrumentlaridagi o‘zgarishlar natijasida mexanizm kanallari orqali korxonalarning investision xarajatlariga, davlat xarajatlariga, aholining iste’moliga, sof eksportga ta’sir etgan holda yalpi ishlab chiqarish, inflyasiya, ishsizlik hamda to‘lov balanslarida o‘zgarishlarga olib keluvchi iqtisodiy jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
Markaziy bank tomonidan bozor instrumentlari, jumladan qarz olish va xarajatlarni rag‘batlantirish amaliyotini joriy etish orqali asosiy foiz stavkasini kamaytirish asosida mamlakat yalpi ichki mahsulotiga ijobiy ta’sirini oshirish taklif etilgan;
mamlakat iqtisodiyotining pul bilan ta’minlanganlik darajasini takomillashtirish maqsadida tijorat banklariga auksion yo‘li bilan qisqa muddatli kreditlar taqdim etish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston tijorat banklarining foiz stavkalari va kreditlash jarayonlarini takomillashtirish asosida 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsuloti va kreditlar hajmi oshishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Markaziy bank pul-kredit siyosati transmission mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini monetar siyosat instrumentlaridagi o‘zgarishlar natijasida mexanizm kanallari orqali korxonalarning investision xarajatlariga, davlat xarajatlariga, aholining iste’moliga, sof eksportga ta’sir etgan holda yalpi ishlab chiqarish, inflyasiya, ishsizlik hamda to‘lov balanslarida o‘zgarishlarga olib keluvchi iqtisodiy jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha mualliflik ishlanmalaridan oliy o‘quv yurtlari talablari uchun tavsiya etilgan “Bank iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 14-iyuldagi 228-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda yalpi ishlab chiqarish, inflyasiya, ishsizlik hamda to‘lov balanslarida o‘zgarishlarga olib keluvchi iqtisodiy jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “Markaziy bank pul-kredit siyosati transmission mexanizmi” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Markaziy bank tomonidan bozor instrumentlari, jumladan qarz olish va xarajatlarni rag‘batlantirish amaliyotini joriy etish orqali asosiy foiz stavkasini kamaytirish asosida mamlakat yalpi ichki mahsulotiga ijobiy ta’sirini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi PF-5877-sonli «Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan («Turonbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 15 apreldagi 15/03-35-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida foiz stavka kanalining pul bozoridagi real foiz stavkalarga ta’siri ta’minlangan va mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sishiga hissa qo‘shgan;
Mamlakat iqtisodiyotining pul bilan ta’minlanganlik darajasini takomillashtirish maqsadida tijorat banklariga auksion yo‘li bilan qisqa muddatli kreditlar taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi PF-5877-sonli «Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan («Turonbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 15 apreldagi 15/03-35-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida foiz stavka kanali orqali pul bozoridagi holatga hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini yanada kuchayishiga erishilgan;
O‘zbekiston tijorat banklarining foiz stavkalari va kreditlash jarayonlarini takomillashtirish asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan yalpi ichki mahsuloti va kreditlar hajmi oshishining prognoz ko‘rsatkichlaridan «Turonbank» Aksiyadorlik tijorat bankining rivojlanish strategiyasini shakllantirishda foydalanilgan («Turonbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 15 apreldagi 15/03-35-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi «Turonbank» Aksiyadorlik tijorat bankining uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish strategiyasi asosiy parametrlarining aniqligini oshirish hamda muvofiqligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish