Isoqov Zafarjon Zokirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliq va yig‘imlarni undirish mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari”, 08.00.07-“ Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3257.
Ilmiy rahbari: Umarkulov Kodirjon Maxamadaminovich, iqtisodiyot fanlari nomizodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Normirzaev Umid Xolmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc); Tolipova Baxtigul Farxadovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliq va yig‘imlarni undirish mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aylanmadan olinadigan soliqni soddalashtirish yuzasidan jami yillik daromadi besh yuz million so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun yillik yigirma million so‘m va jami yillik daromadi besh yuz million so‘mdan bir milliard so‘mgasha bo‘lgan soliq to‘lovshilar ushun yillik o‘ttiz million so‘m qat’iy belgilangan soliq joriy etish taklifi asoslangan;
jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash ushun mo‘ljallanmagan ko‘shmas mulk obektlari egallagan er ushastkalari yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘i yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini to‘lash ushun belgilangan soliq stavkalari bo‘yisha undirilishini joriy etish taklifi asoslangan;
o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga ushbu daromadlar soliq davrida yuz million so‘mdan oshgan kundan e’tiboran yakka tartibdagi tadbirkor ushun belgilangan tartibda soliq solish rejimi joriy etish taklifi asoslangan;
mahalliy byudjet daromadlar manbaidagi yig‘imlar ulushini ko‘paytirish maqsadida yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi ushun yig‘im joriy qilish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatimizda mahalliy byudjet daromadlar bazasini takomillashtirish va ularni soliqqa tortish bo‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
aylanmadan olinadigan soliqni soddalashtirish yuzasidan jami yillik daromadi besh yuz million so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun yillik yigirma million so‘m va jami yillik daromadi besh yuz million so‘mdan bir milliard so‘mgasha bo‘lgan soliq to‘lovshilar ushun yillik o‘ttiz million so‘m qat’iy belgilangan soliq joriy etish taklifi Soliq kodeksining 467-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonunida tasdiqlanib, o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 23-iyuldagi 72149-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida 2023-yilda aylanmadan olinadigan soliq hisobiga joriy etilgan qat’iy belgilangan soliq ushun 49582 nafar xo‘jalik yurituvshi subektdan 858,5 mlrd.so‘m soliq undirilishiga erishilgan;
jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash ushun mo‘ljallanmagan ko‘shmas mulk obektlari egallagan er ushastkalari yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, jismoniy shaxslardan olinadigan er solig‘i yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini to‘lash ushun belgilangan soliq stavkalari bo‘yisha undirilishini joriy etish taklifi Soliq kodeksining 437-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonunida tasdiqlanib, o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 23-iyuldagi 72149-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yilda hisoblangan er solig‘i ushun qo‘shimsha 89,6 mlrd.so‘m soliq undirishga erishilgan;
o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga ushbu daromadlar soliq davrida yuz million so‘mdan oshgan kundan e’tiboran yakka tartibdagi tadbirkor ushun belgilangan tartibda soliq solish rejimini joriy etish taklifi Soliq kodeksining 369-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-891-sonli Qonunida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 23-iyuldagi 72149-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxsdan aylanmadan olinadigan soliq hisobiga 2024-yil 1-yarim yillik davomida 29,4 mlrd.so‘m mablag‘ undirishga erishilgan;
mahalliy byudjet daromadlar manbaidagi yig‘imlar ulushini ko‘paytirish maqsadida yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi ushun yig‘im joriy qilish bo‘yisha bergan taklifi Soliq kodeksining 455-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-891-sonli Qonunida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 23-iyuldagi 72149-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari ushun 2024-yil 1-yarim yillik davomida 0,9 mlrd.so‘m mablag‘ undirishga erishilgan.