Nomazov Baxrom Bobomuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Soliq tizimi modernizatsiyasining konseptual asoslarini takomillashtirish”  08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”  (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2982
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Ilmiy rahbar: Qiyosov Sherzod Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
PhD.03/30.07.2024.I.78.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent Gadoev So‘hrob Jumakulovich va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Axrorov Zarif Oripovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimi modernizatsiyasining konseptual asoslarini takomillashtirish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
soliq to‘lovchilar manfaatlari va davlat fiskal maqsadlari barqarorligini ta’minlash maqsadida foyda solig‘i bo‘yisha har oyda bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari daromadlarining ruxsat etilgan miqdorini besh milliard so‘mdan o‘n milliard so‘mga oshirish taklif etilgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘ining stavkasini pasaytirish orqali soliq to‘lovchilar toifasini kengaytirish, imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish asosida QQS zanjiridagi davomiylikni taminlashga va soliq tushumlari oshirilishiga erishilgan;
markirovkalash va raqamlashtirish tizimi samarasini oshirish va kengaytirish orqali soliq ma’murshiligi tizimining samaradorligini yanada oshirish taklifi berilgan;
nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassada qayd etilib olingan cheklarni soliq ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazishlarini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasi tomonidan aholi amalga oshirgan xaridga cashback berish amaliyotida muvofiqlik va xaridga imtiyoz manzilliligini kuchaytirishga oid taklif berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimi modernizatsiyasining konseptual asoslarini takomillashtirish bo‘yisha olingan ilmiy izlanishlar asosida:
soliq to‘lovchilar manfaatlari va davlat fiskal maqsadlari barqarorligini ta’minlash maqsadida foyda solig‘i bo‘yicha har oyda bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari daromadlarining ruxsat etilgan miqdorini besh milliard so‘mdan o‘n milliard so‘mga oshirish bo‘yicha  taklifi “Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-891-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaldagi Soliq kodeksining 340-moddaning ikkinchi qismi bilan o‘zgartirish kiritilgan.  Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi bilan 2024-yildan boshlab foyda solig‘i to‘lovchilari hisoblangan 2598 ta tadbirkorlik sub’ektlarida umumiy hisobda
198,5 mlrd. so‘mlik mablag‘ ular oborotida qoladigan bo‘ldi;
qo‘shilgan qiymat solig‘ining stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish bo‘yicha berilgan taklifi 2022-yil 30-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-812-sonli Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan va unga asosan Soliq kodeksining 258-moddasi 1-qism bilan o‘zgartirilgan. Boshqa omillar o‘zgarmagani holida ushbu tadbir orqali QQS fiskal ijrosidagi kutilajak pasayish ayrim hollarda qo‘llaniladigan nol darajali stavkani qo‘llash holatlarining qayta ko‘rib chiqilganligi bilan, QQS zanjiridagi uzilishlarni bartaraf etish maqsadida QQSni to‘laydigan korxonalar toifasining kengaytirilganligi bilan, QQS bo‘yicha imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqilganligi va bekor qilinganligi bilan qoplanishi nazarda tutildi. Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida 2023-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘idan tushum 57,9 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022-yildagi ijrodan 25,1 trln. so‘mga oshdi;
markirovkalash va raqamlashtirish tizimi samarasini oshirish va kengaytirish orqali soliq ma’murchiligi tizimining samaradorligini yanada oshirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi №PF-158-sonli Farmonining “Fiskal barqarorlikni ta’minlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish” nomli 46-maqsadda ko‘zda tutilgan “Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish orqali soliq bazasini qo‘shimcha kengaytirish imkoniyatidan foydalanish” vazifalarda inobatga olingan. Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida 2024-yil boshiga yashirin iqtisodiyot darajasini hisoblash aniqligi 25% ga oshdi, soliqlar yig‘iluvchanligi o‘tgan yildagiga nisbatan 4,3 foizga o‘sdi, soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar raqamlashtirilishi darajasi 6,5 foizga o‘sdi;
nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassada qayd etilib olingan cheklarni soliq ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazishlarini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasi tomonidan aholi amalga oshirgan xaridga cashback berish amaliyotida muvofiqlik va xaridga imtiyoz manzilliligini kuchaytirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil ushun davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PQ-422-sonli Qaroridagi vazifalarni bajarish loyihasiga kiritildi.  Mazkur taklifni amaliyotga  joriy etish natijasida  aholi amalga oshirgan xaridga cashback berish amaliyotining xaridga imtiyoz manzilliligi va muvofiqligining monitoringi va nazorati yo‘lga qo‘yildi: 2024-yildan aholi amalga oshirgan xaridga cashback berishning oylik chegaraviy miqdori (bazaviy hisoblashning
60 barobarining 1 foizi miqdorida) belgilandi, 2024-yil yanvar oyi yakunida nomuvofiq tarzda va boshqalar xaridi hisobiga berilgan cashbacklar 23,8 foizni tashkil etgani aniqlandi va bekor qilindi, shunga mos tarzda soliq tushumlari oshdi, yashirin iqtisodiyot darajasi kamaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish