Galdiev Majid Quvatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oshqozon-ichak tizimi birlamchi-ko‘plab xavfli o‘smalari diagnostikasi va davolash taktikasi» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD /Tib.423.
Ilmiy maslahatchi: Muxammedaminov Shuxrat Karimjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Said Sanjarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oshqozon-ichak tizimining birlamchi-ko‘plab xavfli o‘smalarini diagnostikasiga molekulyar-genetik tadqiqot usullarini joriy etish, hamda kombinirlashgan va kompleks davolash usullarini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oshqozon-ichak tizimining birlamchi-ko‘plab xavfli yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak o‘smalarni diagnostikasida o‘smaning mahalliy tarqalganligi va asoratlangan sababli endoskopik usullarda baholashdagi imkoniyat chegarangaligi hisobiga kompleks MSKT bilan polipozision rentgenologik tekshirish usullar yuqori ekanligi isbotlangan;
oshqozon-ichak tizimining birlamchi-ko‘plab metaxron-sinxron xavfli o‘smalarining turli a’zoda joylashgan holatlarida o‘smalar molekulyar-genetik hususiyatlari va immunologik status farqlanishi va amaliyot xajmi keng bo‘lishi hisobiga, bir a’zoda joylashgan holatlarida birlamchi xirurgik davolash usullarni qo‘llanilishi samaradorligi isbotlangan;
oshqozon-ichak tizimining birlamchi-ko‘plab sinxron va metaxron xavfli o‘smalarida Ki 67, sitokeratin 20 va R53 molekulyar-genetik o‘zgarishlariga va CD3, CD 4, CD 8, CD 34 mahalliy immunitet ko‘rsatkichlariga asoslanib kombinirlashgan va kompleks davo usullarini tanlanishda davo-taktikasi takomillashtirilgan;
oshqozon-ichak tizimining birlamchi-ko‘plab metaxron xavfli o‘smalarida sinxron o‘smalarga nisbatan immunologik statusda qo‘pol o‘zgarishlar kuzatilmaganligi hamda organizmda rezerv funksiyasini tiklash yuqoriligi hisobiga yashovchanlik ko‘rsatgichilar yuqori ekanligi asoslangan;
oshqozon-ichak tizimining sinxron va metaxron-sinxron birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalarida jarrohlik amaliyotlarini bir nechta bosqichda bajarilishiga nisbatan bir bosqichda bajarilish bemorlarda ruhiy travma va birlamchi o‘choqlarning bartaraf qilish, residivlanish va erta metastazlanishi qamayishi hisobiga davo-taktikasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oshqozon-ichak tizimi birlamchi-ko‘plab xavfli o‘smalari diagnostikasi va davolash taktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kirish qiyin sohalarda manipulyasiyaning aniqligi va optikaning ko‘p martali oshirish qobiliyatiga sabab bo‘lgan 4 sa, 4d, 8, 12 limfa tugunlari guruhlarining o‘xshash safarbarligi hisobiga laparoskopik gastrektomiyada D2 limfodisseksiya samaradorligining isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyat filialining 2024 yil 8 maydagi 25-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyat filialining 2024 yil 1 maydagi 35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 4-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: onkologiya amaliyotida birinchi marta, kirish qiyin sohalarda manipulyasiyaning aniqligi va optikaning ko‘p martali oshirish qobiliyatiga sabab bo‘lgan 4 sa, 4d, 8, 12 limfa tugunlari guruhlarining o‘xshash safarbarligi hisobiga laparoskopik gastrektomiyada D2 limfodisseksiya samaradorligi sababli davoning radikalligi, bemorlarning yashovchanlik ko‘rsatkichlari va bemorlarning hayot sifati yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: onkologiya amaliyotida birinchi marta, kirish qiyin sohalarda manipulyasiyaning aniqligi va optikaning ko‘p martali oshirish qobiliyatiga sabab bo‘lgan 4 sa, 4d, 8, 12 limfa tugunlari guruhlarining o‘xshash safarbarligi hisobiga laparoskopik gastrektomiyada D2 limfodisseksiya samaradorligi sababli davoning radikalligi, bemorlarning yashovchanlik ko‘rsatkichlari va bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi tufayli davlat byudjetidan sarf xarajatlarni 12,2%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: onkologiya amaliyotida birinchi marta, kirish qiyin sohalarda manipulyasiyaning aniqligi va optikaning ko‘p martali oshirish qobiliyatiga sabab bo‘lgan 4 sa, 4d, 8, 12 limfa tugunlari guruhlarining o‘xshash safarbarligi hisobiga laparoskopik gastrektomiyada D2 limfodisseksiya samaradorligi sababli davoning radikalligi, bemorlarning yashovchanlik ko‘rsatkichlari va bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi natijasida davlat byudjetidan sarf xarajatlarni 12,2%ga iqtisod qilish va shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: subtotal va total tarqalgan me’da saratonida davolash taktikasini tanlashda patomorfologik materialni presizionlik olishda va qorin mikrometastazlarini aniqlashda diagnostik laparoskopiyani bajarilishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyat filialining 2024 yil 8 maydagi 25-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyat filialining 2024 yil 1 maydagi 35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 4-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotda o‘rganilgan subtotal va total tarqalgan me’da saratonida davolash taktikasini tanlashda patomorfologik materialni presizionlik olishda va qorin mikrometastazlarini aniqlashda diagnostik laparoskopiyani bajarilishi isbotlanganligi sababli bemorlarda eksplorativ laparotomiyalarning oldini olish, jarrohlik amaliyoti ko‘lamini adekvat baholash va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda o‘rganilgan subtotal va total tarqalgan me’da saratonida davolash taktikasini tanlashda patomorfologik materialni presizionlik olishda va qorin mikrometastazlarini aniqlashda diagnostik laparoskopiyani bajarilishi isbotlanganligi sababli bemorlarda eksplorativ laparotomiyalarning oldini olish, jarrohlik amaliyoti ko‘lamini adekvat baholash va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi sababli davlat byudjetidan sarf xarajatlarni 10%ga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: tadqiqotda o‘rganilgan subtotal va total tarqalgan me’da saratonida davolash taktikasini tanlashda patomorfologik materialni presizionlik olishda va qorin mikrometastazlarini aniqlashda diagnostik laparoskopiyani bajarilishi isbotlanganligi sababli bemorlarda eksplorativ laparotomiyalarning oldini olish, jarrohlik amaliyoti ko‘lamini adekvat baholash va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi sababli davlat byudjetidan sarf xarajatlarni 10%ga iqtisod qilish va shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: laparoskopik gastrektomiyaning rekonstruktiv bosqichida laparoskopik ezofagoeyuno anastomozini qo‘yish usuli ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyat filialining 2024 yil 8 maydagi 25-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyat filialining 2024 yil 1 maydagi 35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 4-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: birinchi marta laparoskopik gastrektomiyaning rekonstruktiv bosqichida laparoskopik ezofagoeyuno anastomozini qo‘yish usuli ishlab chiqilganligi sababli, anastomoz etishmovchiligi asoratlarini kamayishi, amaliyotdan keyingi asoratlar sonini qisqarishi sababli bemorlarning hayot sifati yuqori bo‘lishi natijasida, erta faollashuvni yaxshilash va yotoq kunlarini qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: birinchi marta laparoskopik gastrektomiyaning rekonstruktiv bosqichida laparoskopik ezofagoeyuno anastomozini qo‘yish usuli ishlab chiqilganligi sababli, anastomoz etishmovchiligi asoratlarini kamayishi, amaliyotdan keyingi asoratlar sonini qisqarishi sababli bemorlarning hayot sifati yuqori bo‘lishi natijasida, erta faollashuvni yaxshilash va yotoq kunlarini qisqartirish imkonini berishi hisobiga iqtisodiy xarajatlarni 1,9 martaga kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: birinchi marta laparoskopik gastrektomiyaning rekonstruktiv bosqichida laparoskopik ezofagoeyuno anastomozini qo‘yish usuli ishlab chiqilganligi sababli, anastomoz etishmovchiligi asoratlarini kamayishi, amaliyotdan keyingi asoratlar sonini qisqarishi sababli bemorlarning hayot sifati yuqori bo‘lishi natijasida iqtisodiy xarajatlarni 1,9 martaga kamaytirish, erta faollashuv va yotoq kunlarini 2-3 kunga qisqartirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: laparoskopik gastrektomiya ochiq aralashuvlarga qaraganda presizion amaliyot hisobiga chegaralangan maydon va yaxshi qon bilan ta’minlangan sohada ko‘p vaqt talab qilishi, shuningdek, operatsiyadan keyin bemorlarda og‘riq belgilarning yo‘qolishi, psixologik holati hamda peristaltikanining tiklanishi hisobiga bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishi hamda shifoxonada yotoq kunlarining kamayishiga olib kelishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyat filialining 2024 yil 8 maydagi 25-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyat filialining 2024 yil 1 maydagi 35-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 iyuldagi 4-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotda o‘rganilgan laparoskopik gastrektomiya ochiq aralashuvlarga qaraganda presizion amaliyot hisobiga chegaralangan maydon va yaxshi qon bilan ta’minlangan sohada ko‘p vaqt talab qilishi, shuningdek, operatsiyadan keyin bemorlarda og‘riq belgilarning yo‘qolishi, psixologik holati hamda peristaltikanining tiklanishi hisobiga bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishi hamda shifoxonada yotoq kunlarining kamayishiga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda o‘rganilgan laparoskopik gastrektomiya ochiq aralashuvlarga qaraganda presizion amaliyot hisobiga chegaralangan maydon va yaxshi qon bilan ta’minlangan sohada ko‘p vaqt talab qilishi, shuningdek, operatsiyadan keyin bemorlarda og‘riq belgilarning yo‘qolishi, psixologik holati hamda peristaltikanining tiklanishi hisobiga bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishi hamda shifoxonada yotoq kunlarining kamayishiga olib kelganligi sababli har bir bemor uchun iqtisodiy xarajatlarni 9,5%ga kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: tadqiqotda o‘rganilgan laparoskopik gastrektomiya ochiq aralashuvlarga qaraganda presizion amaliyot hisobiga chegaralangan maydon va yaxshi qon bilan ta’minlangan sohada ko‘p vaqt talab qilishi, shuningdek, operatsiyadan keyin bemorlarda og‘riq belgilarning yo‘qolishi, psixologik holati hamda peristaltikanining tiklanishi hisobiga bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishi, shifoxonada yotoq kunlarining kamayishi sababli har bir bemor uchun iqtisodiy xarajatlarni 9,5%ga kamaytirish va shu orqali bemorlar shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirishga erishilgan.