Raxmatova Nilufar Mustaqimovnaning  
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Mustaqillik yillarida Navoiy viloyati xotin-qizlarining kasanachilik va qo‘l mehnatini rivojlantirishdagi ishtiroki” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.1.PhD/Tar1328
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash
Ilmiy  rahbar:  Yunusova Xurshida Erkinovna - tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich - tarix fanlari doktori, professor.
Djuraeva Nilufar Dalibaevna - tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga  molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda Navoiy viloyati misolida kasanachilik va qo‘l mehnatini rivojlantirish masalalarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navoiy viloyati ayollarining ish bilan bandligini ta’minlashda mustaqillikning dastlabki yillarida viloyatdagi sanoat sohasidagi imkoniyat va yirik ishlab chiqarish korxonalari (“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”, “Navoiyazot”, “Navoiykonmetallurgiya”, “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati) kabilarda kasanachilik yo‘lga qo‘yilganligi, Navoiy shahridan uzoq tumanlarda korxonalar notekis holatda tarqalgani, ayollarni ish bilan ta’minlashga ehtiyojning mavjudligi tufayli kasanachilik va qo‘l mehnati hunarmandchiligini yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish zarurati mavjudligi asoslangan;
viloyatning Qiziltepa tumanida matolar bilan ishlash, kandakorlik, zardo‘zlik buyumlari, Karmana tumanida kulolchilik, yog‘ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, chinni, fayans va sopol buyumlari yo‘nalishlari, Nurota tumani va Gozg‘on shahrida milliy kashtachilik, tosh o‘ymakorligi, mayda haykaltaroshlik buyumlari, Navbahor tumanida yog‘och o‘ymakorligi, kandakorlik, misgarlik buyumlari tayyorlash rivojlanganligi, ularda kasanachilik va qo‘l mehnatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari kengligi hududiy-geografik joylashuv hamda ayollarning shu ixtisoslikni yaxshi o‘zlashtirishi oqibati ekanligi  dalillangan;
kasanachilikni rivojlantirish va uyda qo‘l mehnati bilan shug‘ullanishga yaratilgan shart-sharoitlarga qaramay davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan norasmiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganlar (shirinliklar va milliy taomlar tayyorlash, meva va sabzavotlarni konserva qilish, mebellarni ta’mirlash, deraza va eshik romlarini yasash, chakana savdo, avtomobillar, santexnika va boshqa turli maishiy xizmat texnikalarini ta’mirlash, kosibchilik, bichish-tikish) mavjudligi isbotlangan;
viloyatda ish o‘rinlari tanqisligi, yoshlarni ishga joylashishlaridagi qiyinchiliklar, taqdim etilayotgan ish o‘rinlarida ishga haq to‘lash ta’rifini pastligi sababli ish izlab xorijga chiqib ketish holatlari kuchliligi, qishloq joylarda yuqori haq to‘lanadigan doimiy ish o‘rinlarining mavjud emasligi, qishloq joylarida tadbirkorlik uchun kredit olish muammolari mavjudligi kabilar kasanachilik va qo‘l mehnatini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatayotgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mustaqillik yillarida Navoiy viloyati xotin-qizlarining kasanachilik va qo‘l mehnatini rivojlantirishdagi ishtiroki masalalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
Navoiy viloyati ayollarining ish bilan bandligini ta’minlashda mustaqillikning dastlabki yillarida viloyatdagi sanoat sohasidagi imkoniyat va yirik ishlab chiqarish korxonalari (“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”, “Navoiyazot”, “Navoiykonmetallurgiya”, “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati) kabilarda kasanachilik yo‘lga qo‘yilganligi, Navoiy shahridan uzoq tumanlarda korxonalar notekis holatda tarqalgani, ayollarni ish bilan ta’minlashga ehtiyojning mavjudligi tufayli kasanachilik va qo‘l mehnati hunarmandchiligini yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish zarurati mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Navoiy viloyati hokimligi tomonidan belgilangan yillik dasturlarni bajarishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati hokimligining 2023-yil 25-oktyabrdagi №08/1112 sonli ma’lumotnomasi). Berilgan ma’lumotlar kasanachilik va qo‘l mehnati hunarmandchiligiga qiziquvchi ayollar sonining orttishiga hamda sohani rivojlantirishga xizmat qildi;
viloyatning Qiziltepa tumanida matolar bilan ishlash, kandakorlik, zardo‘zlik buyumlari, Karmana tumanida kulolchilik, yog‘ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, chinni, fayans va sopol buyumlari yo‘nalishlari, Nurota tumani va Gozg‘on shahrida milliy kashtachilik, tosh o‘ymakorligi, mayda haykaltaroshlik buyumlari, Navbahor tumanida yog‘och o‘ymakorligi, kandakorlik, misgarlik buyumlari tayyorlash rivojlanganligi, ularda kasanachilik va qo‘l mehnatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari kengligi hududiy-geografik joylashuv hamda ayollarning shu ixtisoslikni yaxshi o‘zlashtirishi oqibati ekanligi haqidagi natijalardan Navoiy viloyatining Xatirchi, Tomdi, Qiziltepa, Nurota tumanlari xotin-qizlar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatlari, seminar-treninglarda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati hokimligining 2023-yil 25-oktyabrdagi №08/1112 sonli ma’lumotnomasi). Bu tadbirlarda ishtirok etgan ayollarda kasanachilik haqida tushuncha hosil bo‘lishiga, uy mehnati bilan shug‘ullanuvchilarga yaratilgan sharoitlar haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga xizmat qildi;
kasanachilikni rivojlantirish va uyda qo‘l mehnati bilan shug‘ullanishga yaratilgan shart-sharoitlarga qaramay davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan norasmiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganlar (shirinliklar va milliy taomlar tayyorlash, meva va sabzavotlarni konserva qilish, mebellarni ta’mirlash, deraza va eshik romlarini yasash, chakana savdo, avtomobillar, santexnika va boshqa turli maishiy xizmat texnikalarini ta’mirlash, kosibchilik, bichish-tikish) mavjudligi haqidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariularini tauuorlashda keng foudalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasaning 2023-yil 20-dekabrdagi 06-28-1928 sonli ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuv teletomoshabinlarda kasanachilik va qo‘l mehnati hunarmandchiligining huquqqiy asoslari borasidagi tasavvurlarini bouitishga xizmat qilgan;
viloyatda ish o‘rinlari tanqisligi, yoshlarni ishga joylashishlaridagi qiyinchiliklar, taqdim etilayotgan ish o‘rinlarida ishga haq to‘lash ta’rifini pastligi sababli ish izlab xorijga chiqib ketish holatlari kuchliligi, qishloq joylarda yuqori haq to‘lanadigan doimiy ish o‘rinlarining mavjud emasligi, qishloq joylarida tadbirkorlik uchun kredit olish muammolari mavjudligi kabilar kasanachilik va qo‘l mehnatini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariularini tauuorlashda keng foudalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasaning 2023-yil 20-dekabrdagi 06-28-1928 sonli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlarni amaliyotga joriylantirilishi tomoshabinlarda viloyatda ayollar bandligini ta’minlashda kasanachilik, qo‘l mehnati, oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik kabi olib borilgan harakatlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish