Mirzaeva Faroxat Odiljonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim sohasida ta’lim sifatini ta’minlash standartlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Ped880.
Ilmiy rahbar: Musurmanova Aynisa Musurmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkabaeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim sohasida ta’lim sifatini ta’minlash standartlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim sifatini ta’minlash standartlarini o‘quv natijalariga muvofiq ishlab chiqilishi va uning me’yoriy talablari oliy ta’lim hajmi va o‘quv yuklamasining semestrlardagi taqsimoti asosidagi tartibga muvofiq aniqlashtirilgan;
pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari  ta’lim dasturlari Evropa oliy ta’lim sifatini ta’minlash standartlariga muvofiq (ESG) samaradorlikni baholash, ta’lim natijasini asoslash va kvalifikatsiyani sertifikatsiya qilishda, oliy ta’limning ichki baholash tartiblari tashqi (ish beruvchi) sifatni baholash standartlariga integratsiya qilingan holda talabalarning kasbiy adaptiv kompetensiyasini baholash indikatorlari takomillashtirilgan;  
oliy ta’lim hajmi, darajasi va harajatlarining ish beruvchilar talabi bilan mutanosibligini ta’minlovchi tashqi baholash (ish beruvchi) mezonlari kasbiy adaptiv malakani baholash metodologiyasi asosida ishlab chiqilgan;
o‘quv natijalarini samaradorligini ta’minlashning kvalimetrik modeli asosida talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari sifatini baholashning vertikal yondashuviga gorizontal komponentlar uyg‘unlashtirilgan va fanlararo baholash mezonlari takomillashtirilgan;
oliy ta’lim sifatini ichki, tashqi va ish beruvchi indikatorlari Ta’limni barqaror rivojlanish maqsadlarini baholash (GEM) va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti  (OECD) standartlari asosida uch komponentli kompleks baholash mexanizmlari boyitilib, bitiruvchilarni kasbiy malaka natijadorligi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim sifatini ta’minlash standartlarini takomillashtirishning pedagogik talabalarning o‘quv natijalariga muvofiq ishlab chiqilishi va huquqiy tartibga solinishini aniqlashtirishga oid ilmiy-pedagogik tavsiyalar “Ta’lim sifatini boshqarish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25 iyundagi 218-sonli buyrug‘i 218-618 guvohnoma). Natijada, malaka talablarida kasbiy malaka va kasbiy fanlar mazmuni takomillashgan;
pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari  ta’lim dasturlari samaradorligini baholash, ta’lim natijalarini asoslash va milliy malak doirasida kvalifikatsiyani sertifikatsiya qilish tartibi Evropa oliy ta’lim sifatini ta’minlash standartlari (ESG) asosida o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-dekabr 04/04-3480-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning kasbiy malakasini baholash mezonlari va diagonostik tahlil komponentlari boyitilgan;
kasbiy talablar asosida oliy ta’lim sifatini ta’minlashning tashqi baholash indikatorlari — ta’lim hajmi, darajasi va harajatlarining mutanosib bo‘lishi, oliy ta’lim sifatini baholash mezonlarini kadrlar buyurtmachilari talabi bilan mos bo‘lishi va ta’lim sifatini ta’minlashning tashqi baholash (ish beruvchi) talablarini rivojlantiruvchi metodologiyani takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “60110100 – Pedagogika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining “Pedagogika nazariyasi va tarixi” (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 -yil 27 -mart 68-son 68-591-guvohnomasi) va “70110103 – Testologiya va bilimlarni baholash” magistratura mutaxassisligining “Ta’lim sifatini boshqarish” fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25 iyundagi 218-sonli buyrug‘i 218-618 guvohnoma). Natijada, bakalavriat va magistraturada ta’lim jarayonini xalqaro standartlar asosida samarali tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash, kasbiy tayyorgarlik samaradorligini oshirish va sifat diagnostikasi hamda korreksiyasiga oid bilimlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mehnat bozori talablariga muvofiq ta’lim dasturlari asosida o‘quv natijalari sifatini ta’minlashning kvalimetrik modeli, ta’lim mazmuniga gorizontal va vertikal yondashuv asosida ishlab chiqilgan va pedagogik baholash komponentlariga nazariy va amaliy kasbiy darajalar sinxron uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Pedagogik testologiya” nomli darslik mazmniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25 iyundagi 218-sonli buyrug‘i 218-587 guvohnoma). Natijada oliy ta’lim muassasalari ta’lim dasturlarining mehnat bozori talablariga integratsiyasini ta’minlashning pedagogik mexanizmlari takomillashtirilgan;
oliy ta’lim sifatini baholashda ichki, tashqi va ish beruvchi indikatorlarining Ta’limni barqaror rivojlanish maqsadlarini baholash (GEM) va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) standartlari asosida takomillashtirilishi bitiruvchilarni kasbiy malaka ko‘rsatkichlarini rivojlantirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan “Testologiya va bilimlarni baholash” hamda Pedagogika magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayonida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i). Natijada, xalqaro standartlar lokalizatsiyasi asosida oliy ta’lim sifatini baholash mezonlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish