Esanov Muzaffar Xoshimovichning
fan doktori (DSc)  dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xalqaro standartlar asosida pedagog kadrlar tayyorlash metodologiyasini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Ped881.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Solieva Zuhra Ismailovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shodmonova Shoira Saidovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi xalqaro standartlar asosida pedagog kadrlar  tayyorlash metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limning pedagog kadrlar tayyorlash standarti Evropa kasbiy ramkasiga muvofiq modullarga bo‘lib o‘qitish metodologiyasi asosida malaka talabida qo‘shimcha kasb berish mezonlari va ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
milliy malaka ramkaga asoslangan pedagogika tarmoq malaka ramkasi me’zonlari (TMR) European Qualifications Framework (EQF), ASEAN Qualifications Framework (AQRF), ISCO (International Standard Classification of Occupations) standartlari asosida takomillashtirilib, “Industry 4.0” talablariga muvofiq pedagogning mehnat funksiyalari asosida 5 ta kasbiy modul bo‘yicha ishlab chiqilgan;
“TXSK-2011” standartining “ta’lim darajasini uch xonali kodlash sxemasi” asosida pedagogning kasbiy talablar modeli takomillashtirilib, pedagogika ixtisosligi bo‘yicha asosiy kasbga qo‘shimcha kasb berish mexanizmi taklif etilgan;
pedagogik kasbiy talablar “BXSK-2008” standarti talablariga muvofiqlashtirilib, pedagogika ixtisosligi bo‘yicha asosiy kasbga qo‘shimcha kvalifikatsiya berish talablari ishlab chiqilgan va kadrlarning mehnat bozorida bandligini ta’minlash mexanizmi takomillashtirilgan;
pedagog kadrlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash metodologiyasi asosida ishlab chiqilgan model, tarmoq ramka klassifikatsiyasi va qo‘shimcha kasb berish talablari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalarning samaradorligi emperik baholash asosida tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro standartlar asosida pedagog kadrlar tayyorlash metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’limning pedagog kadrlar tayyorlash standarti Evropa kasbiy ramkasiga muvofiq modullarga bo‘lib o‘qitish metodologiyasi asosida malaka talabida qo‘shimcha kasb berish mezonlari va ko‘rsatkichlarini takomillashtirilishi, kasbiy ta’limni institusional yaxlitligini ta’minlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimini isloh qilishga oid  takliflardan malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha huquqiy-normativ hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-son Farmoni, 2024-yil 16-oktyabr). Natijada, ichki va tashqi mehnat bozori talablari asosida kasbiy ta’limda malakali pedagog kadrlar tayyorlash dasturlari takomillashtirildi. Fan katalogining tanlov fanlari bloki ish beruvchilarning tavsiyasiga asoslangan modullarga ajratildi va o‘quv yuklama hajmi 10% dan 25% ga ko‘paytirilgan;
milliy malaka asosidagi pedagogika tarmoq malaka ramkasi talablari (TMR) European Qualifications Framework (EQF), ASEAN Qualifications Framework (AQRF), ISCO (International Standard Classification of Occupations) standartlari asosida pedagogik kasbiy funksiyalar “Industry 4.0” talablari bo‘yicha takomillashtirilib, pedagogik kasbiy kompetensiya talablari 5 ta modul bo‘yicha ishlab chiqilishi yuzasidan ilmiy tadqiqot natijalaridan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari standartlarida ilg‘or xorijiy tajriba hamda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji asosida takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi 200-son qarori). Natijada, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari optimallashtirildi va ixtisoslik doirasida “nazariya+amaliyot” dasturlari joriy etildi. Shuningdek, pedagogika ta’lim sohasi malaka talabida kasbiy kompetensiyalar 5 ta asosiy modullarga ajratilib, ta’lim jarayonini tashkil etish tajribasi yo‘lga qo‘yilgan;
“TXSK-2011” standartining “ta’lim darajasini uch xonali kodlash sxemasi” asosida pedagogning kasbiy talablar modeli takomillashtirilib, pedagogika ixtisosligi doirasida qo‘shimcha kasb berish mexanizmlaridan Pedagogika sohasining bakalavriat va magistratura o‘quv jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-iyuldagi 311-sonli buyrug‘i). Natijada, malaka talabining “Kasbiy kompetensiyalar” bo‘limida malakalar takomillashtirilgan va yagona fanlar katalogini shakllantirish samaradorligiga erishilgan;
pedagogik kasbiy standartlarni yaratishda Evropa ta’lim sifatini ta’minlash (ESG) metodikasi va “BXSK-2008” standartining bandlik klassifikatsiyasiga muvofiq ixtisoslik doirasida asosiy va qo‘shimcha malaka berish asosida kadrlar bandligini oshirish mexanizmlaridan Pedagogika mutaxassisligi o‘quv jarayonida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-iyundagi 259-sonli buyrug‘i). Natijada, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-me’yoriy hujjatlarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ta’lim sifatini ta’minlash, diagnostik kompetensiyalar asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi samaradorligini oshirishga erishilgan;
pedagog kadrlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqilgan model, tarmoq ramka klassifikatsiyasi va qo‘shimcha kasb berish talablari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalarning samaradorligi bo‘yicha tavsiyalar hamda tadqiqot doirasida o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari asosida “Oliy ta’limni kredit-modul asosida tashkil etish metodikasi” nomli darsligi yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i, 233-0698-raqamli va 233-0699 sonli guvohnomalar hamda  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 dekabrdagi 04/04-3481-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limda pedagog kadrlarni tayyorlashda kredit-modul tizimiga asoslangan ta’lim jarayonlarini tashkil etish, malakani shakllantirish va metodik ta’minot darajasi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish