Xurramova Zilola G‘ayratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yong‘oq mag‘izini saralash mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3993.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Otabek Abdiraximovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Igamberdiev Askar Kimsanovich (05.07.01),  texnika fanlari nomzodi, professor, Xudoyorov Anvarjon Nazirjonovich (05.07.01), texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Mamadaliev Maxammadjon Xabibullaevich (05.07.01), texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Murodov Raximjon Xakimjonovich tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yong‘oq mag‘zini o‘lchamlari bo‘yicha saralaydigan takomillashgan mashina konstruksyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.        
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yong‘oq mag‘zini saralish mashinasini geometrik o‘lcham bo‘yicha saralaydigan, doira ko‘rinishidagi tuyniklar bilan jihozlangan konstruksiyasi bilan ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
saralash mashinasida tebranma harakatlanish xarakteristikalari mag‘izlarning geometrik va dinamik parametrlari orasidagi analitik bog‘lanishlar 2-tur Lagranj tenalamalari asosida aniqlangan;  
elakning gorizontal yo‘nalishga nisbatan o‘rnatilish burchagi va chastotasi tebranuvchi elakning tebranish chastotasi va amplitudasiga bog‘liqliga analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
saralash yuzasining tebranma harakatdagi amplitudasi saralash aniqligi va unumdorligiga bog‘liqligi regressiya tenglamalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yong‘oq mag‘izini saralash mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan yong‘oq mag‘izni saralash mashinasining tajribaviy nusxasi Andijon viloyatidagi “MO‘JIZA SAVDO PLYuS” MChJ va “Ismoil hoji” bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 17-yanvardagi 06/27-05/234-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan mashinada saralash jarayoni unumdorlik ko‘rsatkichi 300 kg/soatni tashkil etgan. Mag‘izni saralash jarayonida saralash aniqligi 97 % bo‘lishga erishilgan. Mag‘izni saralash mashinasini joriy etish natijasida bir oyda 17,8 mln. foyda olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish