Xolmatov Suxrob Narzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda ipoteka risklarini sug‘urtalash amaliyotni takomillashtirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3005
Ilmiy rahbar: Rajabov Sherzod Umurzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Nomozova Qumri Isoevnalar, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ipoteka risklarini sug‘urtalashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mijozlarning ipoteka risklarini samarali baholash, boshqarish hamda ijtimoiy sug‘urta mahsulotlarini yaratishda kraudsorsing asosida sug‘urta kompaniyasining xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lamining kengayishi asoslangan;
mijozlarning ipoteka risklarini sug‘urtalash jarayonida dinamik sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida mijozlarning moliyaviy holatini salbiy o‘zgarishiga mos ravishda sug‘urta polisi shartlarini avtomatik tarzda qayta ko‘rib chiqish taklif etilgan;
kompaniya sug‘urta xizmatlari qamrovini oshirishda savdolarda mulk sotish, to‘lanmagan qarz qoldig‘i, muddati o‘tgan kredit bo‘yicha foizlar, undirish bilan bog‘liq xarajatlar kabi gibrid sug‘urta turlarini qo‘llash orqali mijozlarning risklarini sug‘urtalash shartnomalari mahalliy bozor uchun risk turi sifatida taklif etilgan;
ipoteka krediti va riskini sug‘urtalashda tabaqalashgan  LTV (Loan-to-Value) koeffisientini qo‘lash orqali sug‘urtalash dasturlari qiymatining minimal va maksimal  miqdorlarini 0,1 – 1,0 foizgacha belgilash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda ipoteka risklarni sug‘urtalashni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ipoteka risklarini samarali baholash, boshqarish va ijtimoiy sug‘urta mahsulotlarini yaratishda kraudsorsing asosida sug‘urta xizmatlarini taqdim etish orqali sug‘urta kompaniyasining xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirishga doir taklifi AJ «TRUST-INSURANCE» sug‘urta kompaniyasining sug‘urta qoidalarini ishlab chiqish va joriy etishda foydalanilgan (AJ «TRUST-INSURANCE» sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 08-oktyabrdagi №01/01-1258-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan sug‘urta kompaniyasining sug‘urta qoidalarini ishlab chiqishda foydalanildi hamda 2023-yilda kompaniyaning sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lami 2022-yilga nisbatan 98,95 foizga oshgan;
 ipoteka risklarini sug‘urtalash jarayonida mijozlarga dinamik sug‘urta xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida kreditorlarning moliyaviy holati salbiy o‘zgarishiga mos ravishda polis shartlarini avtomatik tarzda qayta ko‘rib chiqishga doir taklifi AJ «TRUST-INSURANCE» sug‘urta kompaniyasida sug‘urta tariflarini belgilashda qo‘llanilgan (AJ «TRUST-INSURANCE» sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 08-oktyabrdagi №01/01-1258-son ma’lumotnomasi). Natijada kompaniyaning ipoteka risklarini sug‘urtalashda bazaviy sug‘urtalash tariflarining minimal va maksimal (0,3 – 1,2 foiz) miqdorlari 0,1 – 0,5 foiz qilib belgilangan.
 kompaniya sug‘urta xizmatlari qamrovini oshirishda savdolarda mulk sotish, to‘lanmagan qarz qoldig‘i, muddati o‘tgan kredit bo‘yicha foizlar, undirish bilan bog‘liq xarajatlar kabi gibrid sug‘urta turlarini qo‘llash orqali mijozlarning risklarini sug‘urtalash shartnomalari mahalliy bozor uchun risk turlarini joriy etishga doir taklifi AJ «TRUST-INSURANCE» sug‘urta kompaniyasida amaliyotga joriy etilgan (AJ «TRUST-INSURANCE» sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 08-oktyabrdagi №01/01-1258-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta kompaniyasining ipoteka risklarini sug‘urtalash shartnomalari mahalliy bozor uchun sug‘urta mahsulotlari takomillashtirilgan hamda mahsulotlarning umumiy soni 4 taga oshgan;
ipoteka krediti va riskini sug‘urtalashda tabaqalashgan  LTV (Loan-to-Value) koeffisientini to‘rtta diapazonga bo‘lib qo‘llash orqali sug‘urtalash dasturlari qiymatining minimal va maksimal miqdorlarini 0,1 – 1,0 foizgacha belgilashga doir taklifi AJ «TRUST-INSURANCE» sug‘urta kompaniyasida amaliyotga joriy etilgan (AJ «TRUST-INSURANCE» sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 08-oktyabrdagi №01/01-1258-son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklif asosida kompaniyaning hamkorlari bo‘lgan tijorat banklari va mijozlarining moliyaviy imkoniyatlari hamda to‘lovga layoqatlilik darajalaridan kelib chiqqan holda tabaqalashgan tarif stavkalari taklif etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish