Shernaev Akbar Aqmirzaevichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Iqt185
Ilmiy rahbar:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor;
Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor; Mansurov Mansur Alisherovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus University.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirishning metodologik va ilmiy asoslarini takomillashtirish va aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish mexanizmlari va chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida bitta aksiyador egalik qilishi mumkin bo‘lgan ulush bo‘yicha eng yuqori chegarani belgilab qo‘yish orqali aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirilishida institutsional investorlarning ulushlarini oshirib borish, hamda soliq yuki taqsimotini mukammallashtirish zarurligi ilmiy asoslab berilgan.
davlat ulushini xususiylashtirish nuqtai-nazaridan davlat aksiyalar paketini ommaviy joylashtirishda xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, anderrayter xizmati yordamida aksiyalarini respublika fond birjasida va so‘ngra xorijiy fond bozorlarida joylashtirish tartibini qo‘llash orqali soliq samarasini oshirish taklif etilgan.
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksiyalarni ommaviy joylashtirish (SPO)ga mo‘ljallangan 10 foizni hisobga olgan holda, potensial investorlarning taklifi mavjud bo‘lganda aksiyalarni ommaviy joylashtirishning oldingi bosqichi tugaganidan so‘ng SPO yo‘li bilan realizasiya qilinadigan qo‘shimcha ulushni sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish orqali aksionerlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlari sotishdan soliq tushumlarini oshirish taklif etilgan.
rentabelligi va bozordagi nufuzi yuqori davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushini SPO amaliyoti orqali bozor bahosida sotish hamda xususiylashtirishning keyingi bosqichlarini samarali tashkil etish orqali korxonalar soliq salohiyatini ob’ektiv baholash asoslab berilgan.
Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlarni to‘lash jarayonida “kaskad” usulda soliqqa tortish amaliyotini bekor qilish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida bitta aksiyador egalik qilishi mumkin bo‘lgan ulush bo‘yicha eng yuqori chegarani belgilab qo‘yish orqali aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirilishida institutsional investorlarning ulushlarini oshirib borish, hamda soliq yuki taqsimotini mukammallashtirishiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207–sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2021-2022 yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 28 noyabrdagi 06/33-2-7586-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, 2021-2022 yillarda soliq to‘lovchilar soni 29,3 foizga oshgani hisobiga soliq yuki taqsimoti mukammallashuviga erishilgan;
davlat ulushini xususiylashtirish nuqtai-nazaridan davlat aksiyalar paketini ommaviy joylashtirishda xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, anderrayter xizmati yordamida aksiyalarini respublika fond birjasida va so‘ngra xorijiy fond bozorlarida joylashtirish tartibini qo‘llash orqali soliq samarasini oshirishiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6207-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 28 noyabrdagi 06/33-2-7586-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, 2022-2023 yillar davomida dalatning xususiylashtirish dasturi vazifalari ijrosiga muvofiq 62 ta korxonaning aksiyalarini mahalliy fond birjasida joylashtirishga va ularning sotilishiga erishildi;
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksiyalarni ommaviy joylashtirish (SPO)ga mo‘ljallangan 10 foizni hisobga olgan holda, potensial investorlarning taklifi mavjud bo‘lganda aksiyalarni ommaviy joylashtirishning oldingi bosqichi tugaganidan so‘ng SPO yo‘li bilan realizasiya qilinadigan qo‘shimcha ulushni sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish orqali aksionerlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlari sotishdan soliq tushumlarini oshirishga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4300-sonli qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 28 noyabrdagi 06/33-2-7586-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati SPO amaliyoti 2019 yil sentyabr oyida boshlangan va ommaviy taklif etilgan aksiyalar 100 foiz joylashtirilgan va ularni sotish hisobiga foyda solig‘idan tushum 14,7 foizga, dividentlar ko‘rinishidagi daromadlarga soliq tushumi 10,2 foizga o‘sgan;
rentabelligi va bozordagi nufuzi yuqori davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushini SPO amaliyoti orqali bozor bahosida sotish hamda xususiylashtirishning keyingi bosqichlarini samarali tashkil etish orqali korxonalar soliq salohiyatini ob’ektiv baholashga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4300-sonli qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 28 noyabrdagi 06/33-2-7586-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatidagi 5 foizlik davlat ulushi SPO o‘tkazilishi natijasida 26,97 mlrd. so‘mga sotilishiga erishilgan va 2022 yil natijalariga ko‘ra korxonaning soliq salohiyati 11,8 foizga oshgan;
Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlarni to‘lash jarayonida “kaskad” usulda soliqqa tortish amaliyotini bekor qilishga doir taklif O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 2020 yildagi Yangi tahririda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 11-iyundagi 06/04-02-01-32/1497-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, 2020-2023 yillarda aksiyadolik jamiyatlari hisob-analitik jarayonlarida ma'lumotlarni qayta ishlash operativligi 28 foizga va samaradorligi 7,2 foizga o‘sishi bilan bir qatorda raqamli iqtisodiyot talablari asosida aksiyadorlik jamiyatlarida yangicha moliyaviy, hisob va soliq siyosatini tashkil etish bo‘yicha, o‘z-o‘zini tartibga solishning moliyaviy oqimlari shakllarini, usullarini, vositalari va mexanizmlarini tanlash bo‘yicha, ularning moliyaviy rejalarida korxona byudjeti va ularning ijrosi jarayonidagi o‘zaro bog‘liqligini ta'minlash bo‘yicha operativ, taktik va strategik darajalarda tavsiyalar, harakatlar ketma-ketligi va bosqichma-bosqich boshqaruv faoliyati algoritmi, soliq orqali tartibga solishning korporativ tizimi doirasida korxonalar uchun soliq og‘irligining eng kam variantini tanlash asosida soliq xarajatlarini (to‘lovlarini) minimallashtirish mexanizmi va shunga mos “tegishli soliq byudjeti modeli” ishlab chiqilmoqda.