Nodirjon Hakim o‘g‘li Xushvaqtovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qadimgi karvon yo‘llaridagi Turkiston va Xitoy shaharlarining xorij tarixshunosligida o‘rganilishi (ingliz tilli adabiyotlar asosida)”. 07.00.08 – “Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.3.PhD/Tar969
Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Ablat Xo‘jaev, tarix fanlari doktori, porfessor; Feruza Shomukaramova tarix fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 20-21-yuzyilliklarda xorij tarixshunosligida qadimgi karvon yo‘llari tarixiga oid ma’lumotlarni qiyosiy tahlil etish natijasida Turkiston va Xitoy shaharlari haqidagi ma’lumotlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
     Qadimgi karvon yo‘lining nomlanish tarixi, shaharlarning joylashuv xaritalari, madaniy yodgorliklar tarixi, Turfan, Dunhuan, Sug‘d mintaqalaridagi madaniy taraqqiyot yutuqlarining qadimgi qulyozmalarda yoritilganligi evropa tarixshunosligi (shved olimi S.Hedin, ingliz arxeologi A.Shteyn, fransuz xitoyshunosi P.Pelliot, nemis arxeologi A.Kok)da olib borilgan tadqiqotlarga asoslangan holda dalillangan.
    G‘arb tarixshunosligida qadimgi karvon yo‘lining muhim tarmog‘i O‘zbekistonning shaharlari orqali o‘tganligiga doir qarashlar Evropa sharqshunoslari, jumladan nemis geograflari, fransuz sinologlari, ingliz-amerika tarixchilarining Markaziy Osiyo tadqiqotlari kabi maktab vakillarining madaniyatlararo muloqot va qadimgi Markaziy Osiyo yo‘llari nazariyalari hamda o‘lkaga qilgan sayohatlari asosida shakllangani aniqlangan.
    Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy va Yaponiyaning muzeylarida saqlanib kelinayotgan karvon yo‘llari tarixiga aloqador bo‘lgan qadimiy yozuv, devoriy tasvir, xarita, tarixiy yodgorlik va karvonsaroylarning tasvirlari ashyoviy jamlanmalar 19-20-yuzyilliklarda Turkiston va Xitoy shaharlarida olib borilgan ilmiy ekspedisiyalar (Bodliyan kutubxonasidagi “Markaziy Osiyo artefaktlari fotosuratda”, Ashmoliyan muzeyidagi “Osiyo madaniyatlar chorrahasi”, Xitoyning Shansi tarixi muzeyidagi “Ipak yo‘li tarixi”, Britaniya muzeyidagi “Ipak yo‘lidagi shaharlar” va Pitt River muzeyidagi “Turkiston ipak matolari to‘plami” nomli jamg‘armalaridagi ma’lumotlar) natijasida shakllantirilganligi aniqlangan.
    Amerikalik olimlar Turkiston va Xitoy shaharlarining ahamiyatini yoritishda kutubxona va arxivlardagi tarixiy manbalarni sharhlash nuqtai-nazaridan, G‘arbiy Evropalik tadqiqotchilar vizual antropolgik tadqiqotlar asosida sayyoh olimlarning ilmiy asarlariga tayanishi va Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi tarixshunoslar esa asosan arxeologik tadqiqotlarga asoslanganligi natijasida xorij tarixshunosligida fanlarlaro tadqiqot nazariyasining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
    Qadimgi karvon yo‘lining nomlanish tarixi, shaharlarning joylashuv xaritalari, madaniy yodgorliklar tarixi, Turfan, Dunhuan, Sug‘d mintaqalaridagi madaniy taraqqiyot yutuqlarining qadimgi qulyozmalarda yoritilganligi evropa tarixshunosligi (shved olimi S.Hedin, ingliz arxeologi A.Shteyn, fransuz xitoyshunosi P.Pelliot, nemis arxeologi A.Kok)da olib borilgan tadqiqotlarga asoslangan ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining 2024-yil 14-avgustdagi 06-31-934-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Evropa olimlarining tadqiqotlarini o‘rganish asosida qadimgi karvon yo‘llaridagi Turkiston va Xitoy shaharlari tarixini yoritishda xizmat qiladi;
    G‘arb tarixshunosligida qadimgi karvon yo‘lining muhim tarmog‘i O‘zbekistonning shaharlari orqali o‘tganligiga doir qarashlar Evropa sharqshunoslari, jumladan nemis geograflari, fransuz sinologlari, ingliz-amerika tarixchilarining Markaziy Osiyo tadqiqotlari kabi maktab vakillarining madaniyatlararo muloqot va qadimgi Markaziy Osiyo yo‘llari nazariyalari hamda o‘lkaga qilgan sayohatlari asosida shakllanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining 2024-yil 14-avgustdagi 06-31-934-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar, qadimgi karvon yo‘llaridagi O‘zbekiston shaharlari tarixini xorij tarixshunosligi asosida o‘rganishga xizmat qiladi;
    Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy va Yaponiyaning muzeylarida saqlanib kelinayotgan karvon yo‘llari tarixiga aloqador bo‘lgan qadimiy yozuv, devoriy tasvir, xarita, tarixiy yodgorlik va karvonsaroylarning tasvirlari ashyoviy jamlanmalar 19-20-yuzyilliklarda Turkiston va Xitoy shaharlarida olib borilgan ilmiy ekspedisiyalar (Bodliyan kutubxonasidagi “Markaziy Osiyo artefaktlari fotosuratda”, Ashmoliyan muzeyidagi “Osiyo madaniyatlar chorrahasi”, Xitoyning Shansi tarixi muzeyidagi “Ipak yo‘li tarixi”, Britaniya muzeyidagi “Ipak yo‘lidagi shaharlar” va Pitt River muzeyidagi “Turkiston ipak matolari to‘plami” nomli jamg‘armalaridagi ma’lumotlar) natijasida shakllantirilganligi asosidagi ma’lumotlardan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “YO‘l xaritasi” da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda, “www.silkroaDScience.uz” internet portalini tashkil etishda va o‘quv-uslubiy ishlanmalarni shakllantirishda foydalanilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasining 2024-yil 15-avgustdagi 03-12-17-5215-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida tadqiq etilayotgan ilmiy ekspedisiyalarning xulosalari shaharlar tarixini o‘rganish uchun keng imkoniyat yaratgan;
    Amerikalik olimlar Turkiston va Xitoy shaharlarining ahamiyatini yoritishda kutubxona va arxivlardagi tarixiy manbalarni sharhlash nuqtai-nazaridan, G‘arbiy Evropalik tadqiqotchilar vizual antropolgik tadqiqotlar asosida sayyoh olimlarning ilmiy asarlariga tayanishi va Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi tarixshunoslar esa asosan arxeologik tadqiqotlarga asoslanganligi natijasida xorij tarixshunosligida fanlarlaro tadqiqot nazariyasining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lganligi asosidagi ma’lumotlardan Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi tarkibida faoliyat olib borayotgan “Buyuk ipak yo‘li: O‘zbekiston va Xitoy oltin merosi” ko‘rgazmasini boyitish va ekskursiya matnlarini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 13-avgustdagi 04-07/3020-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi qadimgi karvon yo‘llaridagi Turkiston va Xitoy shaharlarining xorij tarixshunosligidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rgazmali ma’lumotlar asosida o‘rganishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish