Shohruz Faxriddin o‘g‘li Sharipovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayoni tarixi (1991 - 2022 yy.)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tar1597
Ilmiy rahbar: Azamat Ziyo, tarix fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Qahramon Kenjaevich Rajabov tarix fanlari doktori, professor;
Bobur Batirovich Valiev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991-2022-yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet mustamlakachiligi davrida davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirib yuborilishi va xususiy tadbirkorlikka yo‘l berilmasligi oqibatida mustaqillikning dastlabki davrida O‘zbekistonda paydo bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishning kamayishi, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarining etishmasligi, inflatsiyaning oshishi kabi iqtisodiy muammolarni echishda va bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lida xususiylashtirish jarayoni muhim ahamiyat kasb etganligi asoslangan;
davlatning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirish jarayonida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy muammolar, xususan, aholining daromadlarini kamayishi, ishchi o‘rinlarining qisqarishi, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarining narxining keskin ko‘tarilishi sharoitida aholini moddiy jihatdan (ularga xususiylashtirayotgan uy-joylarini imtiyoz shartlarda berish, davlat korxonasining aksiyalarining 10 foizini ushbu korxona jamoasiga berish, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarni tekinga berish kabi) qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslarida olib borilganligi dalillangan;
respublikada 1991-2016 yillarda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonida bir qancha salbiy holatlar mavjudligi (bu jarayonda talon-tarojliklar, faqat kichik va o‘rta tizimdagi davlat korxonlari va obektlarining xususiylashtirilishi, katta korxonlarning davlat qo‘lida saqlab qolinishi va iqtisodiyotda davlatning ulushi yuqoriligi) sababli O‘zbekiston iqtisodiyoti etarli darajada rivojlanmaganligi, bu esa aholi migratsiyasi, davlat monopoliyasi kabi muammolar paydo bo‘lishiga olib kelganligi aniqlangan;
2017-2022 yillarda xususiylashtirish jarayonida yangicha boshqaruv tizimini tashkil etilganligi, yirik davlat korxonalarining aksiyalarini xalqaro birjalarda sotilishi yo‘lga qo‘yilganligi, sohada xalqaro boshqaruv kompaniyalarini jalb etilganligi natijasida yangi ish o‘rinlarini yaratilishi, aholining daromadlarining oshishi, chet el investisiyasining ko‘payishi hamda soliq tushumining ortishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayoni tarixini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish va erkin raqobat muhitini yaratish maqsadida Respublika davlat mulkini xususiylashtirish jarayonining o‘rni yuqori ekani, aholida xususiy mulkchilikka bo‘lgan qarashni o‘zgartishga qilingan harakatlar va O‘zbekiston hukumatining bu yo‘nalishda qilgan ishlari borasidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvi senariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 15-sentyabrdagi 06-28-1388-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi xususiylashtirish tarixi to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarni ommalashtirishga xizmat qilgan.
Respublikada 1991-2016 yillarda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonida bir qancha salbiy holatlar mavjudligi (bu jarayonda talon-tarojliklar, faqat kichik va o‘rta tizimdagi davlat korxonlari va obektlarining xususiylashtirilishi, katta korxonlarning davlat qo‘lida saqlab qolinishi va iqtisodiyotda davlatning ulushi yuqoriligi) sababli O‘zbekiston iqtisodiyoti etarli darajada rivojlanmaganligi, bu esa aholi migratsiyasi, davlat monopoliyasi kabi muammolar paydo bo‘lishiga olib kelganligi aniqlangan ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvi senariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 15-sentyabrdagi 06-28-1388-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida aniqlangan arxiv hujjatlari mustaqillik yillarida aholining xususiylashtirish jarayoniga bo‘lgan munosabati tarixi bo‘yicha kam o‘rganilgan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qiladi.
Mustaqillik sharoitidagi O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish va erkin raqobat muhitini yaratish uchun mamlakatda amalga oshirilgan davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni, iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish maqsadida O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar, xususiylashtirish jarayonida ro‘y bergan bir qancha qing‘irliklar va davlat mulkini talon-taroj qilish kabi holatlarni ochib beruvchi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi” nomli ko‘rgazma tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 1/164-son ma’lumotnomasi). Ular muzeylashtirilishi davom etayotgan “Islom Karimov muzeyi” fondini va sohani yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirish hamda keng ommaga taqdim etish imkonini bergan.
2017-2022 yillarda xususiylashtirish jarayonida yangicha boshqaruv tizimini tashkil etilganligi, yirik davlat korxonalarining aksiyalarini xalqaro birjalarda sotilishi yo‘lga qo‘yilganligi, sohada xalqaro boshqaruv kompaniyalarini jalb etilganligi natijasida Respublika iqtisodiyotida yuksalish qayd etilganligi va bu esa yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga, aholining daromadlarining oshishiga, chet el investisiyasining ko‘payishiga, soliq tushumining ortishiga muhim ahamiyat kasb etganligi haqidagi beruvchi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi” nomli ko‘rgazma tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 1/164-son ma’lumotnomasi). Ular muzeylashtirilishi davom etayotgan “Islom Karimov muzeyi” fondini va O‘zbekiston iqtisodiyotini tasvirlovchi muzey ko‘rgazmalarini to‘ldirishga, bu orqali esa, xalqimizning yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti yuksalishi haqidagi bilimlarini kengayishiga xizmat qilgan.