Saliev Umid Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Huquqning ijtimoiy mohiyati va falsafıy tahlili”, 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal.l697
Ilmiy rahbar: Qurbonova Lola Abduhadimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Madumarov Talantbek Tolibjonovich- yuridik fanlari doktori, professor; Xidirov Mustafo Toyirqulovich- falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II Tadqiqotning maqsadi jamiyat va huquq munosabatlarining falsafiy aloqadorligi, Yangi O‘zbekistonda inson huquqi, uning manfaati va erkinliklari davlat himoyasida ekanligi hamda huquqning obektiv konseptual va institutsional jihatlarini ochib berishdan iborat.
III Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
huquqning tartibga soluvchi metodologik roli hamda ijtimoiy maqomi, bilim va axloq rivojlanishining differensial modeli ekanligi nazariy va uslubiy omillarga ko‘ra falsafiy asoslangan;
sud-huquq tizimi profilaktik jarayonini kognitiv idrok etish va qonun ustivorligida tadrijiylikka erishish, demokratik yangilanish va modernizatsiyalashning fundamental - nazariy determinantlari sifatida asoslangan;
xalq farovonligini oshirishda ijtimoiy adolat, jamoatchilik nazorati, fuqarolik pozisiyasi kabilar asosida, axloq, din va huquq munosabatlarining universal samaradorlik darajasi ochib berilgan;
huquqning ijtimoiy-madaniy ob’ekti hisoblangan normativ tartibga solish, zaruriy yagonalik va erkinlik hamda tolerantlikka asoslangan tenglikning aksiologik dominantlari falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Jamiyat hayotida demokratik huquqiy va ijtimoiy konseptual hamda g‘oyaviy ustuvorlikni takomillashtish asosida:
Yangi O‘zbekistonda xalqchil fuqarolik jamiyati qurilishi, adolat mezoni ustuvorligi, Ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishga oid yo‘riqnomadagi ilmiy-amaliy tavsiyalardan, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov Departamenti faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov Departamenti 2023-yil 10-aprel 18-04/364-son ma’lumotnomasi). Natijalar tergov departamentining maqsadli faoliyatini tizimli tashkil etish, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan ishlarni aniq belgilashga xizmat qilgan;
aholining turli qatlamlari o‘rtasida huquq va manfaatlarni barqaror himoyasini yaratishning innovatsion mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar Andijon viloyat Adliya Boshqarmasi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Andijon viloyat Adliya boshqarmasi 2023 yil 10 oktyabr 15-10/421-son ma’lumotnomasi). Natijalar inson hayoti, yashash va mehnat qilish huquqi qadr-qimmati orqali qonun ustivorligini ta’minlashning funksional metodologiyasini aniqlashga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida davlat bosh islohotchi ekanligi, iqtisodiy islohotlar ijtimoiy-huquqiy samaradorlik asosiga rivojlanishi, ijtimoiy adolat va tenglik, fuqarolar huquq va imkoniyatlari erkin ijtimoiy va moddiy mustaqillik, qonun oldida barcha birdek ma’sul ekanligi kabi dolzarb masala va tavsiyalardan O‘zbekiston respublikasi Xalq demokratik partiyasining Shahrixon tuman Kengashi “Adolatli jamiyat olimlarga tayanadi” tamoyilida olib borayotgan islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yo‘riqnoma sifatida foydalanildi (O‘zbekiston respublikasi Xalq demokratik partiyasining Shahrixon tuman Kengashining 2024 yil 8-avgustdagi 174-01/171-44 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, hamda olimlar va iqtidorli yoshlarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni ilgari suradi;
shaxsning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonun ijodkorligi, huquqbuzarliklarning sabab va oqibatlari, ularga imkon berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda ularga qarshi kurash chora-tadbirlari, jismoniy shaxslarni huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanish xavfini kamaytirish masalalari Andijon teleradiokompaniyasida efirga uzatilgan “Baxs, muloqot, tahlil”, “Najot bilimda”, va “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvlari orqali yoritildi (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi, Andijon viloyat teleradiokompaniyasi 2023-yil 3-noyabrdagi 01-24/232-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalardan tartibsizlikning aksi sifatida huquq tushunchasi va axloqiy me’yorlar jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi bilan bog‘liq munasabatlarni yoritishda foydalanildi.