Xodjaev Anvar Rasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonga xalqaro jozibador franshizalarni jalb qilishda marketing tadqiqotlaridan samarali foydalanish yo‘nalishlari”, 08.00.11 – Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt.3321.
Ilmiy rahbar: Nurov Ziyodulla Saymurodovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Abdulloev Asliddin Junaydullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Muxsinov Bekzod Toxirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonga xalqaro jozibador franshizalarni jalb qilishda marketing tadqiqotlaridan samarali foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
franchayzing shartnomalarining samaradorligini baholash uslubiyoti nomoddiy aktivlar va intellektual mulk qiymatini xarajat va daromadlarni kompleks tahlil qilish, risklarni hisobga olish va innovatsion yondashuvlar orqali yangi investisiyalar uchun ishonchli baholashga asoslanuvchi “Grinfild usuli”ga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
hududlarda franchayzing shartnomalar samaradorligini oshirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini ko‘paytirish hamda xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga asoslanuvchi “GSP+” (Generalized System of Preferences) usuli preferensiyalaridan foydalanishda optimal echim sifatida asoslangan;
marketing tadqiqotlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda O‘zbekistonga global brendlarni jalb qilishning bozordagi assimetrik axborotlarni kamaytirish hamda transaksiya xarajatlarini qisqartirishda xalqaro Sorsing kompaniyalari xizmatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi taklifi ilmiy asoslangan;
O‘zbekistonda franchayzing asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning marketing tadqiqotlariga ustuvorlik berish asosida 2025-2028-yillar davomida yalpi ichki mahsulotga qo‘shadigan summasining prognoz parametrlari trend tenglamasi yordamida ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonga xalqaro jozibador franshizalarni jalb qilishda marketing tadqiqotlaridan samarali foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
franchayzing shartnomalarining samaradorligini baholash uslubiyoti nomoddiy aktivlar va intellektual mulk qiymatini xarajat va daromadlarni kompleks tahlil qilish, risklarni hisobga olish va innovatsion yondashuvlar orqali yangi investisiyalar uchun ishonchli baholashga asoslanuvchi “Grinfild usuli”ga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan taklifidan Adliya vazirligining 2023-yil 28-dekabrdagi 3487-sonli raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standartini tasdiqlash to‘gʻrisida”gi buyrugʻning 431-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 26-sentyabrdagi 03-21-1-9024-son ma’lumotnomasi). Natijada, baholashning xalqaro standartlari tamoyillari asosida yagona yondashuvni va bozor konyunkturasini hisobga olishni taʼminlaydigan Yagona milliy baholash standartlarini takomillashtirish bo‘yicha Grinfild usulidan franchayzing nomoddiy aktiv va intellektual mulk obektlari qiymatini baholash imkoniyati ortgan;
hududlarda franchayzing shartnomalar samaradorligini oshirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini ko‘paytirish hamda xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga asoslanuvchi “GSP+” (Generalized System of Preferences) usuli preferensiyalaridan foydalanishda optimal echim sifatida asoslangan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrgi PF-158- son “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘gʻrisida”gi Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasining 55-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 26-sentyabrdagi 03-21-1-9024-son ma’lumotnomasi). Natijada, “GSP+” preferensiyalar tizimidan foydalanishni 2027-yilga qadar uzaytirilgani sohadagi tadbirkorlar Evropaga chiqishda yanada keng imkoniyatlarni yaratib berdi. Bugungi kunda charm sanoatida 10 turdagi mahsulotlar “GSP+” tizimi bo‘yicha eksport qilinayotgan bo‘lsa 2024-yildan boshlab bu ro‘yxatni 30 turga etkazish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda, soha korxonalarida halqaro sifat menedjmenti (ISO) sertifikatlarini olish bo‘yicha tarmoq rejalari tuzilgan bo‘lib, unga muvofiq, 100 ga yaqin korxonalar tomonidan xalqaro sertifikat (ISO:9001) o‘zlashtirishga erishilgan, 2024-yilda mazkur turdagi sertifikatlarni 200 dan ziyod korxonalar uchun olish imkoniyati yaratilgan;
marketing tadqiqotlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda O‘zbekistonga global brendlarni jalb qilishning bozordagi assimetrik axborotlarni kamaytirish hamda transaksiya xarajatlarini qisqartirishda xalqaro Sorsing kompaniyalari xizmatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 07-iyundagi PQ-286-son “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘gʻrisida” Qarorining 1-ilovasi, 7-8 bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 26-sentyabrdagi 03-21-1-9024-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanishi natijasida mahsulotlarni faqat o‘zimizdan chiqib ketgunicha emas, balki ularni tashqi bozorlarda brend sifatida tanitish uchun mashhur brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi 30 ta “sorsing” kompaniyasi bilan kelishuvga erishilgan;
O‘zbekistonda franchayzing asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning marketing tadqiqotlariga ustuvorlik berish asosida 2025-2028-yillar davomida yalpi ichki mahsulotga qo‘shadigan summasining prognoz parametrlari trend tenglamasi yordamida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida“ farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 26-sentyabrdagi 03-21-1-9024-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Franchayzing asosida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning 2024-yildan 2028-yilgacha YaIMga qo‘shadigan summaning 39,7 mlrd. so‘mdan 150,9 mlrd. so‘mgacha, yaʼni 26 foiz o‘sishiga imkon beradi;