Ziyaeva Shahlo Shoakbar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tikuv-trikotaj korxonalarining brend jozibadorligini marketing strategiyalari asosida oshirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3315.
Ilmiy rahbari: Sattarov Sayidmurod Abdusharipovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Mahmudov Tohirjon Olimjonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tikuv-trikotaj korxonalarining brend jozibadorligini marketing strategiyalari asosida oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “brend jozibadorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni isteʼmolchi taassurotida shakllangan ratsional va emotsional aloqa o‘rnatishga imkon beradigan, istaklari, ehtiyojlari va qadriyatlariga mos keluvchi tovar va xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, tasdiqlari, o‘xshashlariga nisbatan farqli va ahamiyatli xususiyatlari sifatida brend yaratuvchisi uchun moddiy va nomoddiy qiymatlar to‘plami nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
mahalliy tikuv-trikotaj mahsulotlari brendlari marketingining tovar strategiyasini eng yaxshi chiziqli xolis bashoratli bog‘lanishni aniqlashga asoslangan usulda isteʼmolchilarning ishonchini ta’minlashga mahsulotning onlayn mavjudligi (MOM=0,126) va taqsimot kanallari (MTK=0,220), sodiqligini oshirishga mahsulotlari assortimenti (MA=0,069) va dizayn xususiyati (MDX=0,045) ta’sirlariga ko‘ra maqsadli belgilash asoslangan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning “Eko-brendlar” yaratishni tashkil etish va boshqarish faoliyatini uslubiy va mahalliy sharoitlarga mos jihatlarini taqqoslama baholash orqali aniqlangan “yashil mahsulot”, “yashil texnologiya”, “yashil tasvir”, “yashil xizmat” va “yashil marketing” innovatsiyalaridan uzoq muddatda brend kapitalini shakllantirishda foydalanish asoslangan;
mahalliy tikuv-trikotaj korxonalarining brend qiymatini shakllantirishda “Mijozning davriy qiymati (CLV)” onlayn kalkulyatori dasturiy mahsuloti asosida doimiy mijozlar bilan ishlash va yangi mijozlarni jalb qilish bo‘yicha marketing xarajatlarini optimallashtirishni ta’minlash taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik korxonalarida brend strategiyasidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “brend jozibadorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini isteʼmolchi taassurotida shakllangan ratsional va emotsional aloqa o‘rnatishga imkon beradigan, istaklari, ehtiyojlari va qadriyatlariga mos keluvchi tovar va xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, tasdiqlari, o‘xshashlariga nisbatan farqli va ahamiyatli xususiyatlari sifatida brend yaratuvchisi uchun moddiy va nomoddiy qiymatlar to‘plami nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Marketing asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 24-maydagi 150-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda iqtisodiy mazmuni isteʼmolchi ta’surotida shakllangan ratsional va emotsional aloqa o‘rnatishga imkon beradigan, istaklari, ehtiyojlari va qadriyatlariga mos keluvchi tovar va xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, tasdiqlari, o‘xshashlariga nisbatan farqli va ahamiyatli xususiyatlari bo‘lib, brendni yaratuvchisi uchun moddiy va nomoddiy qiymatlar to‘plami nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “Brend jozibadorligi” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
mahalliy tikuv-trikotaj mahsulotlari brendlari marketingining tovar strategiyasini eng yaxshi chiziqli xolis bashoratli bog‘lanishni aniqlashga asoslangan usulda isteʼmolchilarning ishonchini ta’minlashga mahsulotning onlayn mavjudligi (MOM=0,126) va taqsimot kanallari (MTK=0,220), sodiqligini oshirishga mahsulotlari assortimenti (MA=0,069) va dizayn xususiyati (MDX=0,045) ta’sirlariga ko‘ra maqsadli belgilash taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo “Hamza ekspo art tekstil” MChJ hamda “Istiqlol textile dizayn” MChJlar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 19-iyundagi 03/25-1518-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “Hamza ekspo art tekstil” MChJning mahsulot sotish hajmi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 8,9 foizga, “Istiqlol textile dizayn” MChJning mahsulot sotish hajmini 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 16,7 foizga oshirishga erishilgan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning “Eko-brendlar” yaratishni tashkil etish va boshqarish faoliyatini uslubiy va mahalliy sharoitlarga mos jihatlarini taqqoslama baholash orqali aniqlangan “yashil mahsulot”, “yashil texnologiya”, “yashil tasvir”, “yashil xizmat” va “yashil marketing” innovatsiyalaridan uzoq muddatda brend kapitalini shakllantirishda foydalanish taklifi “Hamza ekspo art tekstil” MChJ faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 19-iyundagi 03/25-1518-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida “Hamza ekspo art tekstil” MChJ tomonidan “Eko sumkalar” ishlab chiqarish yoʻlga qo‘yilib, 2023-yilda xorijiy bozorlarga mahsulot eksporti 9,4 foizga oshgan;
mahalliy tikuv-trikotaj korxonalarining brend qiymatini shakllantirishda “Mijozning davriy qiymati (CLV)” onlayn kalkulyatori dasturiy mahsuloti asosida doimiy mijozlar bilan ishlash va yangi mijozlarni jalb qilish bo‘yicha marketing xarajatlarini optimallashtirishni ta’minlash taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining Eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 19-iyundagi 03/25-1518-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida tarmoq korxonalari tomonidan tikuv-trikotaj mahsulotlarini yirik import qiluvchi yetakchi brendlar va xorijiy hamkorlar bilan ishlash borasidagi marketing xarajatlarini optimal rejalashtirish va muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.