Boyqo‘zieva Gulsanamxon Adxamovna
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Qayta ishlash sanoat korxonalari faoliyatini  boshqarishning tashkiliy–iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”,
08.00.13 – Menejment, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.4.PhD/Iqt2637
Ilmiy rahbar: Xankeldieva Guzal Sherovna,.iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Abdumo‘minov Axrorbek Axatjonovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qayta ishlash sanoat korxonalari faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishda  ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    Farg‘ona, Oltiariq, Quva tumanlaridagi qayta ishlash sanoati korxonalari raqobatbardoshlik darajasini oshirish imkoniyatlarini aniqlash asosida boshqaruvining innovatsion yondashuv asosidagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari takomillashtirilgan;
    Qayta ishlash sanoati korxonalari faoliyatini boshqarishning tarmoq manfaatlarini ta’minlovchi “o‘zaro ta’sirli rivojlanish zanjirlari”ni shakllantirish-ning integratsion faol tizimiga asoslangan algoritmi ishlab chiqilgan;
    Qayta ishlash sanoati korxonalari boshqaruv faoliyatini takomillashtirish maqsadida “kompleks nazoratni muvofiqlashtiruvchi markaz”lar tashkil etish taklif etilgan;
    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘i asosiy rivojlanish tendensiyalaridagi natijaviy ko‘rsatkichlarning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2027 - yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qayta ishlash sanoat korxonalari faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona, Oltiariq, Quva tumanlaridagi qayta ishlash sanoati korxonalari raqobatbardoshlik darajasini oshirish imkoniyatlarini aniqlash asosida boshqaruvining innovatsion yondashuv asosidagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari takomillashtirilgan taklifidan foydalanish natijasida (“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi”ning 2023-yil 19-iyuldagi 05/34-05/3562-sonli ma’lumotnomasi) korxonalar raqobatbardoshligini belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimi korxonalarda boshqaruv faoliyati tahlilini takomillashtirishga hamda investision loyihalarni amalga oshirilish muddatlarini muntazam monitoringini amalga oshirish asosida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga xizmat qilgan.  
Qayta ishlash sanoati korxonalari faoliyatini boshqarishning tarmoq manfaatlarini ta’minlovchi “o‘zaro ta’sirli rivojlanish zanjirlari”ni shakllantirish-ning integratsion faol tizimiga asoslangan algoritmi ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi taklifidan foydalanish natijasida, (“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi”ning 2023-yil 19-iyuldagi 05/34-05/3562-sonli ma’lumotnomasi) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operativ va boshqaruv ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini tavsiflovchi parametrlari aniqlangan hamda qulay tashkiliy-iqtisodiy holatga o‘tish aniqligi 10-12 %ga ortgan.
Qayta ishlash sanoati korxonalari boshqaruv faoliyatini takomillashtirish maqsadida “kompleks nazoratni muvofiqlashtiruvchi markaz”lar tashkil etish taklifi natijasida, (“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi”ning 2023-yil 19-iyuldagi 05/34-05/3562-sonli ma’lumotnomasi) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish korxonalari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish, raqobatbardoshligini oshirish hamda soha rivojlanishidagi taraqqiyot strategiyalarini ishlab chiqishga xizmat qiladi;
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘i asosiy rivojlanish tendensiyalaridagi natijaviy ko‘rsatkichlarning ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2027 - yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida, (“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi”ning 2023-yil 19-iyuldagi 05/34-05/3562-sonli ma’lumotnomasi) soha korxonalari faoliyatini boshqarish omillari ta’sirida o‘rta muddat uchun omillarning prognoz qiymatlarining foizdagi mutloq xatolik chegarasi ±0,55 % gacha qisqargan.
Yuqoridagi keltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoati korxonalarini boshqarishni takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, tarmoq faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy tadbirlarni, qisqa va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda keng foydalanish mumkin hamda mazkur soha faoliyatini kompleks rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish