Borotov Sharofiddin Jumaqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarni rivojlantirishda soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4063.
Ilmiy rahbar: Tilabov Nasrulla Tashmuratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat yuritayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Almardonov Ilhom Muzrobshohivich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ramshod Xo‘jaqulov, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarni rivojlantirishda soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi bo‘yicha hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari vakolatlari sifatida soliqlarni belgilash huquqiga oid meʼyorni tatbiq etish taklifi asoslangan;
Farg‘ona viloyatining ayrim hududlarida soliq organida hisobda turgan va amalga oshirilayotgan faoliyatdan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilarga foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq va aylanmadan olinadigan soliq hamda mol-mulk va er soliqlari hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar bo‘yicha kamaytirilgan soliq stavkalari va kamaytiruvchi koeffisientlarni qo‘llash taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subektlari uchun foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda mol-mulk soliqlari bo‘yicha soliq stavkalarini kamaytirish tartibi taklif etilgan;
hududlarni rivojlantirishning barqarorlik reytingi doirasida tadbirkorlik subektlarini toifalarga ajratishning tabaqalashtirilgan mezonlariga asoslangan holda soliq ma’muriyatchiligi yo‘nalishida imtiyozlar berish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarni rivojlantirishda soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi bo‘yicha hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari vakolatlari sifatida soliqlarni belgilash huquqiga oid meʼyorni tatbiq etish taklifi Soliq kodeksining 422-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2024-yil
13-apreldagi 16/1-34247-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda ayrim mahalliy hokimiyat organlariga soliqlarni belgilash huquqining berilishi orqali soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish imkoni yaratilgan;
Farg‘ona viloyatining ayrim hududlarida soliq organida hisobda turgan va amalga oshirilayotgan faoliyatdan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilarga foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq va aylanmadan olinadigan soliq hamda mol-mulk va er soliqlari hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar bo‘yicha kamaytirilgan soliq stavkalari va kamaytiruvchi koeffisientlarni qo‘llash taklifi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021-yil
14-sentyabrdagi O‘RQ-714-sonli qonuni asosida Soliq kodeksiga 4801-moddasi va 4802-moddalariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2024-yil
13-apreldagi 16/1-34247-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ayrim hududlardagi tadbirkorlik subektlari uchun soliqlar bo‘yicha kamaytirilgan soliq stavkalari va kamaytiruvchi koeffisientlarni qo‘llash orqali soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subektlari uchun foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda mol-mulk soliqlari bo‘yicha soliq stavkalarini kamaytirish tartibini qo‘llash taklifi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021-yil
14-sentyabrdagi O‘RQ-714-sonli qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2024-yil 13-apreldagi 16/1-34247-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida olisdagi va sharoiti og‘ir hududlardagi tadbirkorlik subektlari uchun soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish imkoni yaratilgan;
hududlarni rivojlantirishning barqarorlik reytingi doirasida tadbirkorlik subektlarini toifalarga ajratishning tabaqalashtirilgan mezonlarga asoslangan holda soliq ma’muriyatchiligi yo‘nalishida imtiyozlar berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
23-yanvardagi PQ-39-sonli “Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi 55-sonli “Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2024-yil 13-apreldagi 16/1-34247-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarning rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish imkoni yaratilgan.