G‘iyosov Umedjon Boboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallar sanoatida ishlab chiqarish salohiyatini boshqarish samaradorligini oshirish”, 08.00.13 – Menejment iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1617
Ilmiy rahbar: Buriev Xakim Toshimovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xodjaeva Nodiraxon Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoatida ishlab chiqarish salohiyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish materiallar sanoatida ishlab chiqarish salohiyatidan boshqarish samaradorligini oshirishni strategik rejalashtirish (SR=0,38), texnologik modernizatsiya (TM=0,27), kadrlar salohiyatini rivojlantirish (KS=0,18) va sifatli menejment (SR=0,17) tizimlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni joriy etish orqali ta’minlash asoslangan;
qurilish materiallari korxonasining ishlab chiqarish salohiyatini boshqarish algoritmi nisbatan past darajadagi samaradorlik asosida foydalaniluvchi resurslardan yuqori darajadagi resurslarga o‘tishni ragʼbatlantiruvchi mikroblokni joriy etish asosida takomillashtirilgan;
qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha tarmoqning ishlab chiqarish salohiyatini darajasini aniqlash uslubini ishlab chiqish asosida Samarqand viloyatidagi korxonalar ishlab chiqarish salohiyatining yuqori (A = 10 ball), o‘rta (V = 6 ball) va past (S = 2 ball) qiymatlari aniqlangan;
Samarqand viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga investisiyalarni tavsiflovchi omillarni hisobga olish bilan qurilish materiallarini ishlab chiqarish va qurilish ishlari hajmining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish materiallar sanoatida ishlab chiqarish salohiyatidan boshqarish samaradorligini oshirishni strategik rejalashtirish (SR=0,38), texnologik modernizatsiya (TM=0,27), kadrlar salohiyatini rivojlantirish (KS=0,18) va sifatli menejment (SR=0,17) tizimlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni joriy etish orqali ta’minlash taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 9 fevraldagi №05/15-325-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida qurilish materiallari sanoati korxonalarida ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish samaradorligini 14% ga oshirishga erishilgan;
qurilish materiallari korxonasining ishlab chiqarish salohiyatini boshqarish algoritmi nisbatan past darajadagi samaradorlik asosida foydalaniluvchi resurslardan yuqori darajadagi resurslarga o‘tishni ragʼbatlantiruvchi mikroblokni joriy etish asosida takomillashtirish taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 9 fevraldagi №05/15-325-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida korxona ichki zahiralarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishga imkon berib, bu ishlab chiqarish sarflarining kamayishiga va qo‘shimcha tashqi qo‘yilmalarsiz unumdorlikning ortishiga olib kelgan;
qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha tarmoqning ishlab chiqarish salohiyatini darajasini aniqlash uslubini ishlab chiqish asosida Samarqand viloyatidagi korxonalar ishlab chiqarish salohiyatining aniqlangan yuqori (A = 10 ball), o‘rta (V = 6 ball) va past (S = 2 ball) qiymatlaridan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatida foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 9 fevraldagi №05/15-325-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida Samarqand viloyati qurilish materiallari sanoati korxonalarining ishlab chiqarish salohiyati 7 % ga o‘sgan;
Samarqand viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga investisiyalarni tavsiflovchi omillarni hisobga olish bilan qurilish materiallarini ishlab chiqarish va qurilish ishlari hajmining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan uzoq muddatli strategik rejalashtirish maqsadlarida foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 9 fevraldagi №05/15-325-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida qurilish materiallari va xizmatlari bozoridagi talab va taklifning ehtimoliy o‘zgarishlarini hisobga olgan holda korxonalarga o‘zlarining kelajakdagi strategik rejalarini ancha aniq shakllantirish imkonini bergan.