Xaydarova Dilrabo Davronovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi fonida kechadigan COVID-19 (SARS-COV-2) zotiljamining klinik-immunologik xususiyatlari» 14.00.05 - Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. PhD/Tib1507.
Ilmiy rahbar: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘SOK fonida SARS-COV-2 zotiljami bilan kasallangan bemorlarning klinik, immunologik va molekulyar genetik xususiyatlarini aniqlash, erta tashxislash va asoratlarni oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor SARS-COV-2 qo‘zg‘atgan zotiljamining O‘SOK patologiyasi bilan qo‘shilib kelishi alohida SARS-COV-2 qo‘zg‘atgan zotiljami bo‘lgan bemorlarda qaraganda kasallikning og‘ir kechishi va uzoq muddatli davolanishni talab qilishi isbotlangan;
O‘SOK fonida SARS-COV-2 zotiljami bilan kasallangan bemorlarda limfotsitar bog‘lanishning adekvat javobidan dalolat beruvchi, kasallikning og‘irligini baholashda qo‘shimcha mezon bo‘luvchi limfotsitlar miqdorining nisbiy kamayishga moyilligi, periferik qondagi umumiy oqsil va albumin miqdori me’yordan past ekanligi, hamda MSKT da “xira shisha” simptomi aniqlangan.
O‘SOK fonida SARS-COV-2 zotiljami bilan kasallangan bemorlarda immunologik reaktivlikning o‘ziga xos xususiyati IL-6 darajasi, ayniqsa, komorbid patologiyasi bo‘lgan bemorlarda alohida SARS-COV-2 zotiljami (76,8±14,6pg/ml) (p≥0,001) bilan kasallangan bemorlardan farqli o‘laroq yuqori bo‘lib, 102,8±17,8 pg/ml ni tashkil etgan.
O‘SOK fonida SARS-COV-2 zotiljami bilan og‘rigan bemorlarda IL-4 genining (C589T) geterozigotali CT genotipi va gomozigotali TT genotipining (R≥0,001) uchrashining past chastotasi TNF-α genining G468A polimorfizmining A alleli sog‘lom odamlarga qaraganda ko‘p uchrashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi fonida kechadigan COVID-19 (SARS-COV-2) zotiljamining klinik-immunologik xususiyatlari» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 22 oktyabrdagi 7 son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor SARS-COV-2 qo‘zg‘atgan zotiljamining O‘SOK patologiyasi bilan qo‘shilib kelishi alohida SARS-COV-2 qo‘zg‘atgan zotiljami bo‘lgan bemorlarda qaraganda kasallikning og‘ir kechishi va uzoq muddatli davolanishni talab qilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «O‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi fonida SARS-COV-2 zotiljami tashxislanishini takomillashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligida 18.08.2022y. №8n-r/869-ma’lumotnoma). «SARS-COV-2 zotiljami tashxisining klinik va immunologik xususiyatlari» mavzusidagi (Sog‘liqni saqlash vazirligida 18.08.2022y. №8n-r/870-ma’lumotnoma) uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan O‘tkazilgan laborator mezonlar asosida tashxislash orqali 75-80% hollarda SARS-COV-2 qo‘zg‘atgan zotiljamini dastlabki darajalarda davolash, kasallik asoratlanishini oldini olish, nogironlikni oldini olishga erishilgan. Ilmiy yangilikning ijtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SARS-COV-2 qo‘zg‘atgan zotiljamning og‘irlik darajasini aniqlashda yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlar ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib, kasallik erta davrlarda aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan. Iqtisodiy samaradorligi: takroriy laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga bir yilda budjet hisobidan 65800 so‘m, budjetdan tashqari 158200 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: SARS-COV-2 qo‘zg‘atgan zotiljami og‘irlik darajasini baholashda bemorlar qonidagi yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlari o‘rtasidagi isbotlangan korrelyasion bog‘liqliklar asosida prognostik markyor sifatida foydalanib, erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 224600 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: O‘SOK fonida SARS-COV-2 zotiljami bilan kasallangan bemorlarda limfotsitar bog‘lanishning adekvat javobidan dalolat beruvchi, kasallikning og‘irligini baholashda qo‘shimcha mezon bo‘luvchi limfotsitlar miqdorining nisbiy kamayishga moyilligi, periferik qondagi umumiy oqsil va albumin miqdori me’yordan past ekanligi, hamda MSKT da “xira shisha” simptomi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «O‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi fonida SARS-COV-2 zotiljami tashxislanishini takomillashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligida 18.08.2022y. №8n-r/869-ma’lumotnoma). «SARS-COV-2 zotiljami tashxisining klinik va immunologik xususiyatlari» mavzusidagi (Sog‘liqni saqlash vazirligida 18.08.2022y. №8n-r/870-ma’lumotnoma) uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ijtisodiy samaradorligi: yuqori texnologiyali diagnostika usullaridan foydalangan holda O‘SOK fonida SARS-COV-2 zotiljami bilan og‘rigan bemorlarda erta tashxislash va davolash orqali o‘z vaqtida aniqlash va amalga oshirish surunkali nafas etishmovchiligi rivojlanishining pasayishiga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishiga, kasalxonada qolish muddatini 8,1±2,3 kundan 5,3±1,4 kunga (o‘rtacha 3 kungacha) davolanish xarajatlarini kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: shifoxonada qolish to‘lov miqdori 486000 so‘mga kamaytirdi; shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 420000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 140000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
uchinchi ilmiy yangilik: O‘SOK fonida SARS-COV-2 zotiljami bilan kasallangan bemorlarda. immunologik reaktivlikning o‘ziga xos xususiyati IL-6 darajasi, ayniqsa, komorbid patologiyasi bo‘lgan bemorlarda alohida SARS-COV-2 zotiljami (76,8±14,6pg/ml) (p≥0,001) bilan kasallangan bemorlardan farqli o‘laroq yuqori bo‘lib, 102,8±17,8 pg/ml ni tashkil etgan; immunitetning zaiflashishi va CAT shkalasi bo‘yicha bemorlarning hayot sifatining pasayishi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik, bu immunitet muvozanatining nafaqat o‘pkaning zararlanish darajasi bilan, balki hayot sifati ko‘rsatkichlari bilan ham bog‘liqligini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «O‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi fonida SARS-COV-2 zotiljami tashxislanishini takomillashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligida 18.08.2022y. №8n-r/869-ma’lumotnoma). «SARS-COV-2 zotiljami tashxisining klinik va immunologik xususiyatlari» mavzusidagi (Sog‘liqni saqlash vazirligida 18.08.2022y. №8n-r/870-ma’lumotnoma) uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ijtisodiy samaradorligi: O‘SOK fonida SARS-CoV-2 zotiljami bilan og‘rigan va turli og‘irlikdagi SARS-CoV-2 zotiljami bilan og‘rigan bemorlarda immun javobning turli qismlarini har tomonlama o‘rganish immun reaktivligining kombinatsiyalangan buzilishlari, shu jumladan hujayra himoya mexanizmlarining etarli emasligi, og‘ir zotiljam bilan og‘rigan bemorlarda sitokinlarning yaqqol faollashuvi, o‘pka to‘qimalariga katta hajmdagi zararlanish fonida adekvat gumoral immun javob mavjudligini ko‘rsatgan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu holatni vaqtida aniqlash bemorlarni o‘z vaqtida davolash imkonini bergan va bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 1500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 965000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: O‘SOK fonida SARS-COV-2 zotiljami bilan og‘rigan bemorlarda IL-4 genining (C589T) geterozigotali CT genotipi va gomozigotali TT genotipining (R≥0,001) uchrashining past chastotasi TNF-α genining G468A polimorfizmining A alleli sog‘lom odamlarga qaraganda ko‘p uchrashi isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «O‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi fonida SARS-COV-2 zotiljami tashxislanishini takomillashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligida 18.08.2022y. №8n-r/869-ma’lumotnoma). «SARS-COV-2 zotiljami tashxisining klinik va immunologik xususiyatlari» mavzusidagi (Sog‘liqni saqlash vazirligida 18.08.2022y. №8n-r/870-ma’lumotnoma) uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ijtisodiy samaradorligi: O‘SOK fonida SARS-COV-2 zotiljami bilan og‘rigan bemorlar orasida O‘SOK rivojlanishida va avj olishida minor G allelini muhimligini ko‘rsatuvchi IL-6 genining C174G polimorf variantlarining gomozigotli GG va geterozigotali GA ni tashuvchanligining yuqori chastotasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 1500000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil tekshiruv amaliyotlari paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 25% (30 dan 7ta bemorlar) O‘SOK bilan kasallangan bemorlar shifoxonaga yotishi va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 10500000 (7 nafar bemor uchun) sumga iqtisod qiladi). Xulosa: ushbu xolatning amaliyotga joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 7035000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3465000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.