Eshonkulova Gulrux Yunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Filologik yo‘nalishdagi talabalarga ingliz tili antropotsentrik maqollarni o‘rgatishning lingvodidaktik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3221.
Ilmiy rahbar: Maxanbet Djusupov, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Babaniyazova Nargiza Po‘latovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi filologik yo‘nalishdagi talabalarga ingliz tili antropotsentrik maqollarning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tilidagi antropotsentrik maqollarning universal va o‘ziga xos xususiyatlarini farqlash tizimi maqollarning leksik-semantik tuzilishi, stilistik qo‘llanilishi va morfologik tuzilmasini tahlil qilish orqali har bir tilda mavjud bo‘lgan madaniy va lingvistik universallarni ajratishga qaratilgan tasniflash mezonlari ishlab chiqilgan holda takomillashtirilgan;
paremiologik kompetensiyasini takomillashtirishning besh bosqichli “TTQTM (tanishtirish-tushunish-qo‘llash-tahlil-malaka)” mexanizmi maqolni bilish, maqolni qo‘llash hamda maqolni o‘rgatish jarayonlariga o‘qituvchi-talaba, talaba-o‘qituvchi uzviyligini o‘zaro vertikal integratsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
filologik yo‘nalishdagi yuqori bosqich talabalariga ingliz tili antropotsentrik maqollarni interaktivlik, strukturaviylik, tahliliy, maqsadlilik xususiyatlarini mashqlarda aks ettirishda tillar aralashuvi, ona tilidagi muqobiliga tayanish, talabalarni sotsializatsiya (ijtimoiy) qilish hamda vaziyatlilik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida didaktik va metodik ta’minot takomillashtirilgan;
filolog talabalarning ingliz tili antroposentrik maqollarni bilish darajasini aniqlash mezoni maqollarni leksik, stilistik, semantik hamda lingvomadaniy qo‘llash darajalariga ajratish hamda Evropa kredit transfer tizimi (ECS-European Credit Transfer System) va CEFR diskriptorlarini gorizontal uzviylashtirish natijasida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Filologik yo‘nalishdagi talabalarga ingliz tili antropotsentrik maqollarni o‘rgatishning lingvodidaktik asoslari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
ingliz va o‘zbek tilidagi antropotsentrik maqollarning universal va o‘ziga xos xususiyatlarini farqlash tizimi maqollarning leksik-semantik tuzilishi, stilistik qo‘llanilishi va morfologik tuzilmasini tahlil qilish orqali har bir tilda mavjud bo‘lgan madaniy va lingvistik universallarni ajratishga qaratilgan tasniflash mezonlari ishlab chiqilgan holda takomillashtirilganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan AL-412104512 raqamli “O‘zbekistonning geografik obektlari uchun ko‘p tildagi elektron lug‘at yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan o‘quv resurslarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 21-iyundagi 04/355-son ma’lumotnomasi). Natijada tarkibida geografik obektlar ishtirok etgan ingliz va o‘zbek tili antropotsentrik maqollar haqidagi elektron lug‘at yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur mazmunini takomilllashtirishga erishilgan;
paremiologik kompetensiyasini takomillashtirishning besh bosqichli “TTQTM (tanishtirish-tushunish-qo‘llash-tahlil-malaka)” mexanizmi maqolni bilish, maqolni qo‘llash hamda maqolni o‘rgatish jarayonlariga o‘qituvchi-talaba, talaba-o‘qituvchi uzviyligini o‘zaro vertikal integratsiya qilish orqali yaratilgani borasidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy universitetida amalga oshirilgan FZ-2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 15-maydagi 04/11-4261-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan mexanizm dastur bo‘yicha qo‘yiladigan talablarni mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
filologik yo‘nalishdagi yuqori bosqich talabalariga ingliz tili antropotsentrik maqollarni interaktivlik, strukturaviylik, tahliliy, maqsadlilik xususiyatlarini mashqlarda aks ettirishda tillar aralashuvi, ona tilidagi muqobiliga tayanish, talabalarni sotsializatsiya (ijtimoiy) qilish hamda vaziyatlilik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida didaktik va metodik ta’minot takomillashtirilganligi to‘g‘risidagi natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan Evropa ittifoqining “Erasmus+International KA107 credit mobility Key action 1-mobility for learners and staff-Higher education student and staff mobility” mavzusidagi innovatsion loyihasida keng foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 15-oktyabrdagi 04/1-2868-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida samarador takliflar ishlab chiqilgan;
filolog talabalarning ingliz tili antroposentrik maqollarni bilish darajasini aniqlash mezoni maqollarni leksik, stilistik, semantik hamda lingvomadaniy qo‘llash darajalariga ajratish hamda Evropa kredit transfer tizimi (ECS-European Credit Transfer System) va CEFR diskriptorlarini gorizontal uzviylashtirish natijasida ishlab chiqilganligiga oid natijalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti AQSh Davlat Departamenti va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda 2022-2024-yillarda bajarilishi mo‘ljallangan SUZ80021GR3106 raqamli “The English Accsess Microscholarship Program” “O‘zbekiston oliy va o‘rta-maxsus ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va savodxonligini oshirish” mavzusidagi innovatsion loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 22-noyabrdagi 01/743-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati mazmunga asoslangan yondashuv va FSMU texnologiyasi asosida takomillashtirilgan.