Buzrukova Maxina Muxamadxonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Turistik diskursning lingvomadaniy xususiyatlari va tarjima pragmatikasi (ingliz, rus va o‘zbek tillari materialida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Fil648.
Ilmiy maslahatchi: Eltazarov Jo‘liboy Danaboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, o’zbek va rus tillarida turistik diskursning lingvomadaniy xususiyatlarini va tarjima pragmatikasi tamoyillarini aniqlash, turizm matnlaridagi til birliklari va madaniy elementlarni uch til doirasida taqqoslash orqali madaniyatlararo kommunikatsiyaning qiyinchiliklari va imkoniyatlarini belgilash hamda milliy o’ziga xoslikni saqlashga qaratilgan tarjima usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diskursning tilshunoslik va boshqa fan sohalarida lisoniy-ijtimoiy, lingvomadaniy, pragmatik, kognitiv hodisa sifatida baholash zarurligi asoslanib, turistik diskursning so‘zlovchining muloqot muhitidagi roli, adresat omili, uzatilayotgan axborot tarkibi, kommunikativ maqsadga yo‘naltirilganligi kabi pragmatik-kommunikativ jihatlari aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda turistik diskursning lisoniy shakllanishida lingvomadaniy axborotning muhimligi til vositalari va kommunikativ strategiyalar tanlovida aks topishini inobatga olgan holda turistik diskursning milliy-madaniy xususiyatlari bilan tanish bo‘lish madaniyatlararo muloqot samarasini ta’minlovchi asosiy omil ekanligi dalillangan;
turizm sohasi vakillari va sayohatchilar ishtirokida kechadigan turistik diskurs lisoniy-semiotik, kommunikativ-pragmatik, milliy-madaniy, kognitiv ko‘rinishdagi tarkibiy belgilarni qamrab oluvchi murakkab, ko‘pqirrali va ko‘po‘lchamli nutqiy hosila ekanligi funksional-semantik yondashuv negizida isbotlangan;
turistik diskurs tarjimasi sharoitida adekvatlikka erishishning asosiy shartlaridan bo‘lgan tillararo ekvivalentlarni topish tarjimonning lisoniy kompetensiyasi, lingvokreativlik qobiliyati hamda pragmatik, kognitiv, sotsiomadaniy, ma’rifiy kabi nolisoniy omillar bilan shartlanishi ochib berilgan;
turizm sohasi bo‘yicha tahsil olayotgan yoshlar uchun onlayn mashg‘ulotlar, ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazish uchun milly va xalqaro turistik terminologiya tizimini o‘ziga xos darajada saqlagan holda, lisoniy va madaniy kontekstlarga mos keladigan tarjima usullari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, oʻzbek va rus turistik diskurs voqelanishining milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlarini aniqlashda ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
turistik diskursning lingvomadaniy andazalarini tadqiqotda ishlab chiqilgan parametrlarga asoslangan holda tadqiq qilish modelidan Ruminiyaning Oradea universitetida (University of Oradea) bajarilgan “The analyse and generation of the models and politics for regional development based on valorisation of heritage and cultural identities” mavzusidagi PN-III-P1-1.2-PCCDI-2017-0686-son fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oradea universitetining 2024 yil 2 noyabrdagi 02/11-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi madaniy merosning o‘ziga xos milliy xususiyatlarini aniqlash va ularni tizimli ravishda tavsiflashga imkon bergan;
xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilmiy muassasalarida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorligida “O‘zbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralarini tashkil qilish va rivojlantirish yo‘nalishida atoqli kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan eng sara filmlarni ingliz va rus tillarida subtitrlar bilan ta’minlab borish maqsadida onlayn darslar, ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazishda milliy va xalqaro turistik terminologiya tizimi o‘ziga xos tarzda saqlangan holda, lingvistik va madaniy kontekstlarga mos keladigan yangi tarjima usullari bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-son “O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar” Dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 12 noyabrdagi 03-12-17-7910-son ma’lumotnomasi). Natijada, kinofilmlarni ingliz va rus tillarida subtitrlar bilan ta’minlab borish maqsadida onlayn darslar, ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazishda lingvistik va madaniy kontekstlarga mos keladigan yangi tarjima usullaridan foydalangan;
metaforik modellar orqali turizm diskursida madaniy rang-baranglikni yaratish va ta’sirchan kommunikatsiya vositalarini kengaytirish bilan bog‘liq natijalar Xitoyning “Ensuring Regional Development” loyihasi doirasida o‘tkazilgan DL2022040003L-son “Research on expanding the international influence of Silk Road Culture and Promoting the Sustainable Development of Heritage Tourism” nomli fundamental tadqiqot loyihasida qo‘llanilgan (X.X.R Northwest universitetining 2024 yil 5 noyabrdagi 05/11-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi Silk Road madaniy merosini global maydonda targ‘ibini kuchaytirish va mintaqaviy turizm rivojini qo‘llab-quvvatlash uchun samarali vositalar yaratish imkonini bergan;
turistik diskursning lisoniy-semiotik tarkibi, pragmatik maqsadi va bajaradigan vazifalarini kommunikativ strategiyalari tanlovi nuqtai nazaridan aniqlashga doir xulosala va materialaridan O‘zbekiston milliy universitetida “Project №598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge – Transfer in Central Asia and China (UNICAC)” loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024 yil 15 noyabrdagi 04/11-10703-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanilgan metod “Matn tahlili”, “Diskursologiya”, “Pragmalingvistika”, “Tarjimashunoslik” kabi fanlar nazariy asoslarini boyitishga xizmat qilgan;
turistik muloqot jarayonida lingvomadaniy axborotning rolini aniqlashga hamda inssitusional ko‘rinishga ega ushbu turdagi diskurs tijorat maqsadi bilan bir qatorda, bilim berish va zavq bag‘ishlashini bajarishga oid xulosalaridan Qarshi davlat universitetida bajarilgan SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State university” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024 yil 19 noyabrdagi 04/3568-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimi talabalari madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
turistik diskurs tarjimasi sharoitida adekvatlikka erishishning asosiy shartlaridan bo‘lgan tillararo ekvivalentlarni topish tarjimonning lisoniy kompetensiyasi, lingvokreativlik qobiliyati hamda pragmatik, kognitiv, sotsiomadaniy, ma’rifiy kabi nolisoniy omillar bilan bog‘liqligi haqidagi xulosalar va natijalardan “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatida bajarilgan 56-01/10 “Tarixiy yodgorliklar targ‘ibotida O‘zbekiston ziyoratgohlari katalogining (besh tillik) innovatsion imkoniyatlari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (“O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatining 2024 yil 05 dekabrdagi 117-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishga doir uslubiy ko‘rsatmalarni takomillashtirish hamda amaliy mashg‘ulotlarni tashkillashtirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish