Maxsudov Po‘latjon Maxsudovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchisini pedagogik faoliyatga tayyorlash txnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped463.
Ilmiy maslahatchi: Ismailova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; O‘rinov Uyg‘un Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchisini pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetentlikka yo‘naltirilgan hamda an’anaviy yondashuvlarning ilmiy-qiyosiy tavsiflashga ko‘ra bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatga tayyorlashda kasbiy muhim sifatlar, kasbiy intellekt, kasbiy qobiliyat, individual-psixologik xususiyatlar va metodik kompetentlikning tarkibiy komponentlari mazmuni bilimlarni majmuaviy amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan kasbiy ko‘nikmalarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan, tarkibiy jihatidan o‘zaro bog‘langan bir butun yaxlit integral tuzilmani tashkil etuvchi didaktik tizimi, innovatsion metodologiyasi samadorlikni aniqlashga qaratilgan natija bloklarini o‘zida mujassamlashtirgan tashkiliy-tuzilmaviy model takomillashtirilgan;
zaruriy kasbiy kompetensiyalarning alohida komponentlarini va pedagogik faoliyatni o‘ziga xos bosqichlarini rivojlantirishga imkon beruvchi o‘qitish usullari, shakllari va vositalarini integratsiyalash orqali pedagogik faoliyatning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan metodik kompetentlikni rivojlantirish metodikasi “Agile ta’lim texnologiyalari” asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari hamda kredit-modul tizimi talablari asosida mustaqil ta’limni ijodiy faollashtiruvchi omil sifatida o‘zini-o‘zi (kuchli, kuchsiz va muvozantlovchi tomonlarini) rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Problem Based Learning” texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan baholash komponentlarini kasbiy faoliyatda qo‘llay olish jarayonida talabalarning amaliy xarakatlar majmuasini rivojlanganligini diagnostik, prognostik mezonlari va darajalarini (yuqori, o‘rta, quyi) ob’ektiv baholovchi ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim yo‘nalishi talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
kompetentlikka yo‘naltirilgan hamda an’anaviy yondashuvlarning ilmiy-qiyosiy tavsiflash natijasida malaka talablari asosida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatga tayyorlashda kasbiy muhim sifatlar, kasbiy intellekt, kasbiy qobiliyat, individual-psixologik xususiyatlar va metodik kompetentlikning tarkibiy komponentlari mazmuni bilimlarni majmuaviy amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan kasbiy ko‘nikmalarni kiritish bo‘yicha berilgan takliflar “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i). Mazkur darslik professional ta’lim yo‘nalishi talabalarining metodik faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan, tarkibiy jixatidan o‘zaro bog‘langan bir butun yaxlit integral tuzilmani tashkil etuvchi didaktik tizimi, innovatsion metodologiyasi, samadorlikni aniqlashga qaratilgan natija bloklarini o‘zida mujassamlashtirgan tashkiliy-tuzilmaviy modelini ishlab chiqish va professional ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha berilgan takliflardan Jizzax politexnika institutining OT-F1-049 “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 31 yanvardagi 02/01-01-12-son ma’lumotnomasi). Mazkur model bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchisini malaka, faoliyat, kompetensiya va kompetentlikni o‘zaro bog‘liqligini aks ettiruvchi metodik tayyorgarlik mazmunini tanlash mexanizmini ishlab chiqish hamda professional ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy kompetensiyalarini va kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha berilgan takliflar “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i). Natijalar bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Problem Based Learning” texnologiyalari “Kasb ta’limi metodikasi” va “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanlaridan elektron didaktik ta’minot hamda “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanidan mobil ilova mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 31 yanvardagi 02/01-01-12-son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron va mobil didaktik ta’minot bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini mustaqil ta’lim olish orqali pedagogik faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan.