Qobilov Kamoliddin Eshboltaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mang‘itlar davri savdo aloqalarida Surxon vohasining tutgan o‘rni”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2023.2.PhD/Tar 1408
Ilmiy rahbar: Tursunov Nurullo Narzullaevich, tarix fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Xasanov Akrom Mo‘minovich; tarix fanlari doktori, dotsent Ochildiev Fayzullo Bobokulovich.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat Pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Mang‘itlar davri savdo aloqalarida Surxon vohasining tutgan o‘rnini tarixiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Buxoro amirligi va Sharq davlatlari bilan transmintaqaviy savdo munosabatlarida (ham quruqlik, ham suv yo‘llari) Surxon vohasi alohida o‘rin tutib, hudud Termiz, Denov, Sherobod, Boysun, Yurchi kabi shaharlar savdo yo‘llari ustida qurilgan infrastruktura tarmoqlari negizida shakllanishi barobarida uning Turkiston o‘lkasining muhim madaniy markazlari sifatida ham ta’sirga ega bo‘lganligi dalillangan;
Mintaqaning savdo va madaniy aloqalar tizimida mahalliy o‘zbek, tojik va turkman xalqlari bilan birga turli sabablar bilan hududga kelib qolgan yahudiy, afg‘on, fors, rus, tatar hamda boshqa etnos vakillarining savdo munosabatlarida faol ishtiroki xalqaro savdodagi tovarlar nomenklaturasi va bozorlar miqyosiga ta’sir qilish jarayonida, turli madaniy an’analar va qadriyatlarning uyg‘unlashishiga ham xizmat qilganligi asoslangan;
Rossiya imperiyasidagi zavod va fabrikalaridan hamda Xindistondan zargarlik buyumlarini importi oqibatida savdo maxsulotlari ko‘payishi va rang-barangligi mahalliy xunarmandlar maxsulotlarini o‘rnini bosib, kasod bo‘lishiga olib kelgani dalillangan. Shu bilan birgalikda xunarmandchilik mahsulotlarni raqobati bir muncha vaqt o‘tgach, madaniy simbioz xosil qilishi aniqlangan.
Surxon vohasi iqtisodiy hayotida tashqi savdoning o‘rni, import va eksport mahsulot turlarining o‘zgarib borishi natijasida savdo infratuzilmasining muhim komponentlari – bozorlar, karvonsaroylar faoliyatida muhim transformatsion jarayonlar yuz berishi oqibatida, ularning faoliyati faqatgina yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan cheklanib qolganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mang‘itlar davri savdo aloqalarida Surxon vohasining tutgan o‘rnini o‘rganilishi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Buxoro amirligi va Sharq davlatlari bilan transmintaqaviy savdo munosabatlarida (ham quruqlik, ham suv yo‘llari) Surxon vohasi alohida o‘rin tutib, hudud Termiz, Denov, Sherobod, Boysun, Yurchi kabi shaharlar savdo yo‘llari ustida qurilgan infrastruktura tarmoqlari negizida shakllanishi barobarida uning Turkiston o‘lkasining muhim madaniy markazlari sifatida ham ta’sirga ega bo‘lganligi haqidagi natijalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 15-fevraldagi 02-02/02-son ma’lumotnomasi). Natijalatning qo‘llanilishi mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilgan;
Mintaqaning savdo va madaniy aloqalar tizimida mahalliy o‘zbek, tojik va turkman xalqlari bilan birga turli sabablar bilan hududga kelib qolgan yahudiy, afg‘on, fors, rus, tatar hamda boshqa etnos vakillarining savdo munosabatlarida faol ishtiroki xalqaro savdodagi tovarlar nomenklaturasi va bozorlar miqyosiga ta’sir qilish jarayonida, turli madaniy an’analar va qadriyatlarning uyg‘unlashishiga ham xizmat qilganligi haqidagi natijalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 15-fevraldagi
02-02/02-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi belgilangan chora-tadbirlarni ilmiy yondashuvlar asosida amalga oshirish imkonini bergan;
mazkur davrda O‘rta Osiyo xonliklaridagi beqaror siyosiy vaziyat xalqaro savdo munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, XIX asrning birinchi choragidan boshlab O‘rta Osiyo bozorini egallash uchun ingliz-rus raqobatining yuzaga kelishi natijasida savdo sohasidagi tashqi hamkorlar, savdo mollarining assortimenti, hududdagi savdo markazlarining rolini o‘zgarishiga olib kelganligi bo‘yicha natijalardan "O‘zbekiston tarixi" telekanalida efirga uzatilgan "Taqdimot" ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2024-yil 19-martdagi 02-31-398-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning ilmiy saviyasi va axloqiy-estetik tarbiyaviy ahamiyati oshishiga xizmat qilgan.;
Surxon vohasi iqtisodiy hayotida tashqi savdoning o‘rni, import va eksport mahsulot turlarining o‘zgarib borishi natijasida savdo infratuzilmasining muhim komponentlari–bozorlar, karvonsaroylar, bojxonalar faoliyatida muhim transformatsion jarayonlar yuz berishi oqibatida, ularning faoliyati faqatgina yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan cheklanib qolganligi haqidagi natijalardan "O‘zbekiston tarixi" telekanalida efirga uzatilgan "Taqdimot" ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2024-yil 19-martdagi 02-31-398-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda Mang‘itlar hukmronligi davri savdo aloqalarida Surxon vohasining tutgan o‘rniga oid tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.