Toshev Fazliddin Zayniddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Neft-gaz sanoati korxonalarida soliq yukini optimallashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt721
Ilmiy rahbar: To‘raev Shavkat Shuhratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Izbosarov Bobur Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor;
Nurmirzaev Umid Xolmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Neft-gaz sanoati korxonalarida soliq yukini optimallashtirishdagi muammolar va istiqbollarni tahlil qilish asosida ularni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft va gaz mahsulotlariga aksiz stavkalarini bozor qiymatlaridan kelib chiqqan holda dinamik tarzda belgilashga yo‘naltirilgan soliq mexanizmini joriy etish tartibi asoslangan.
neft va gaz mineral xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash maqsadida neft va gaz sanoatida er qa’ridan foydalanuvchilarga belgilangan huquqlar berilguniga qadar soliqqa tortishdan ozod qilish taklifi asoslangan.
yuridik shaxslar tomonidan neft mahsulotlarini qayta sotish maqsadida neftni qayta ishlash zavodlaridan birja savdolari orqali xarid qilish jarayonida yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz solig‘ini hisobga olmagan holda amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi asoslangan.
neft va gaz qazib olish uchun er qa’ridan foydalanish solig‘i stavkasini kamaytirish, yangi konlarni o‘zlashtiruvchi shirkatlarga renta solig‘i joriy etish, yangi quduqlar ishga tushganidan keyin mol-mulk solig‘ida imtiyozlar berish hamda soliq hisoblashda qayta ishlash va tashish xarajatlarini hisobga olish mexanizmini joriy etish belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neft-gaz sanoatida soliq yukini optimallashtirish maqsadida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
neft va gaz mahsulotlariga aksiz stavkalarini bozor qiymatlaridan kelib chiqqan holda dinamik tarzda belgilashga yo‘naltirilgan soliq mexanizmini joriy etishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni mazmunida o‘z aksini topib amaliyotga foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 26 noyabrdagi 120661-sonli dalolatnomasi). Natijada, byudjet daromadlarini barqarorlashtirish va bozor munosabatlarini adolatli boshqarish uchun soliq siyosatining bozor sharoitlariga mos ravishda o‘zgaruvchan bo‘lishi tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirib, bozor narxlariga bog‘liq aksiz mexanizmi esa bozor ishtirokchilari o‘rtasida teng sharoit yaratishga imkon bergan.
neft va gaz mineral xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash maqsadida neft va gaz sanoatida er qa’ridan foydalanuvchilarga belgilangan huquqlar berilguniga qadar soliqqa tortishdan ozod qilishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4522-sonli Qarorida o‘z aksini topib amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining 2024 yil 26 noyabrdagi 120661-sonli dalolatnomasi). Natijada, neft va gaz sohasida loyihalarni ishga tushirishdagi asosiy to‘siqlarni yo‘qotishga zamin yaratildi.
yuridik shaxslar tomonidan neft mahsulotlarini qayta sotish maqsadida neftni qayta ishlash zavodlaridan birja savdolari orqali xarid qilish jarayonida yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz solig‘ini hisobga olmagan holda amalga oshirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 apreldagi “Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4664-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining 2024 yil 26 noyabrdagi 120661-sonli dalolatnomasi). Natijada, neft mahsulotlarini qayta sotuv jarayonida aksiz solig‘ini yakuniy iste’molchiga sotish bosqichida avtomatik ravishda hisobga olish mexanizmi yaratildi va mahsulot aylanmasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish samarasini yanada oshirdi.
neft va gaz qazib olish uchun er qa’ridan foydalanish solig‘i stavkasini kamaytirish, yangi konlarni o‘zlashtiruvchi shirkatlarga renta solig‘i joriy etish, yangi quduqlar ishga tushganidan keyin mol-mulk solig‘ida imtiyozlar berish hamda soliq hisoblashda qayta ishlash va tashish xarajatlarini hisobga olish mexanizmini joriy etishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 oktyabrdagi “Geologiya-qidiruv ishlarini yanada rag‘batlantirish va er qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6319-sonli Farmonida ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining 2024 yil 26 noyabrdagi 120661-sonli dalolatnomasi). Natijada,  neft va gaz sohasida soliq yukining optimallashishiga va korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatinig barqarorlashuviga olib keldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish