Javliev Nuriddin Bektemir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Iqtisodiy nochor korxonalarni molilashtirishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/4071
Ilmiy rahbar: O‘rinboev Rustamjon O‘ktam o‘g‘li, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor;
Jabborov Azamat Alijonovichlar, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyalashtirishni yaxshilashga qaratilgan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy ko‘rsatkichlarning nisbiylik mezonini instrumental tahlil qilish orqali korxonalarning to‘lovga layoqatsizlik holatini moliyaviy diagnostika qilish taklif etilgan.
korxonalarda ishlab chiqarish-iqtisodiy, debitorlik qarzlarini undirish, joriy qarzni to‘lashda samarali moliyaviy texnologiyalardan foydalanishda transformativ boshqaruvni joriy qilish orqali korxonalarning to‘lovga layoqatsizlik holatini samarali boshqash asoslangan.
qayta moliyalash stavkasi, ishsizlik va inflyasiya darajasi kabilarning korxona to‘lov qobiliyatiga ta’sirini empirik baholash orqali faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar sonini qisqartirishga erishish asoslangan.
korxonalarning innovatsion faoliyatida texnik va texnologik o‘zgarishlarni riskli moliyalashtirish orqali korxonalarning to‘lovga layoqatsizlik holatini oldini olish taklifi berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyalshtirishni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy ko‘rsatkichlarning nisbiylik mezonini instrumental tahlil qilish orqali korxonalarning to‘lovga layoqatsizlik holatini moliyaviy diagnostika qilishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-son “To‘lovga qobiliyasizlik to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining 2024-yil 5-sentyabrdagi 05/5629-son ma’lumotnomasi). Natijada, qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish mexanizmi takomillashtirilgan.
korxonalarda ishlab chiqarish-iqtisodiy, debitorlik qarzlarini undirish, joriy qarzni to‘lashda samarali moliyaviy texnologiyalardan foydalanishda transformativ boshqaruvni joriy qilish orqali korxonalarning to‘lovga layoqatsizlik holatini samarali boshqashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi  O‘RQ-763-son “To‘lovga qobiliyasizlik to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining 2024-yil 5-sentyabrdagi 05/5629-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonaning debitorlik qarzlarini undirish, joriy qarzni to‘lash va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun mablag‘larni safarbar qilish mexanizmi takomillashtirilgan.
qayta moliyalash stavkasi, ishsizlik va inflyasiya darajasi kabilarning korxona to‘lov qobiliyatiga ta’sirini empirik baholash orqali faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar sonini qisqartirishga erishishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-sonli “Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 5-sentyabrdagi 05/5629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qayta moliyalash stavkasining 1 foizga oshishi faoliyat yuritmayotgan korxonalar sonining 0,16 foizga oshishiga olib kelishi, ishsizlik darajasining 1 foizga o‘sishi faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar sonining 0,93 foizga o‘sishiga olib kelishiga hamda inflatsiya darajasining 1 %ga oshishi faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar sonining 0,66 %ga oshishiga olib kelishi asoslangan.
korxonalarning innovatsion faoliyatida texnik va texnologik o‘zgarishlarni riskli moliyalashtirish orqali korxonalarning to‘lovga layoqatsizlik holatini oldini olishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 24-iyuldagi O‘RQ-630-son “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonunning 32-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining 2024-yil 5-sentyabrdagi 05/5629-son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarini tanlab olish asosida moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish