Aliev Ma’ruf Komiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqalarning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2752
Ilmiy rahbar: Tursunov Jaxongir Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Beknazarov Zafarjon Ergashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqalarning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nogironligi bo‘lgan hamda immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga to‘lanadigan nafaqalar hamda parvarishlash nafaqasi fuqarolardan qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda fuqarolar murojaatisiz “proaktiv shakl”da tayinlash taklif etilgan;
ijtimoiy nafaqalarning manzilligini oshirish maqsadida nafaqa oluvchilarning daromadi va mol-mulkini har oyda elektron axborot tizimi orqali o‘rganish natijasida kam ta’minlanganlik mezonlariga to‘g‘ri kelmaydigan oilalarni reestrdan chiqarish asoslangan;
bandlik organlariga murojaat qilgan ishsiz fuqarolar uch oy davomida kasbga o‘qimasa, ishsiz sifatida ro‘yxatga olinmasa hamda mehnat faoliyatini rasmiylashtirmasa, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovini to‘xtatish taklif etilgan;
to‘lanayotgan nafaqalarni adolatlilik tamoyili bilan taqsimlash maqsadida egaligida chiqarilgan muddati 12 yilgacha bo‘lgan engil avtotransport vositasi mavjud oilalarga nafaqa olishga cheklov belgilash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqalarning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
nogironligi bo‘lgan hamda immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga to‘lanadigan nafaqalar hamda parvarishlash nafaqasi fuqarolardan qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda fuqarolar murojaatisiz “proaktiv shakl”da tayinlashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va qo‘shimcha to‘lovlarni tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 119-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasini 2024-yil 29-maydagi 04/3-10-1343-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir yilda o‘rtacha 70 mingdan ziyod fuqarolarning nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish amaliyoti bekor qilindi va ushbu ijtimoiy to‘lovlar axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida avtomat ravishda tayinlanishiga erishildi.
ijtimoiy nafaqalarning manzilligini oshirish maqsadida nafaqa oluvchilarning daromadi va mol-mulkini har oyda elektron axborot tizimi orqali o‘rganish natijasida kam ta’minlanganlik mezonlariga to‘g‘ri kelmaydigan oilalarni reestrdan chiqarishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 596-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasini 2024-yil 29-maydagi 04/3-10-1343-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2024-yil 1-martdan “mahalla ettiligi” tomonidan joyiga chiqqan holda oilaning nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq foydalanuvida bo‘lgan mol-mulklari o‘rganilib, natijalari dasturga kiritilishi belgilandi va axborot tizimi tomonidan nafaqa to‘lovini to‘xtatish yoki davom ettirish bo‘yicha avtomatik qaror qabul qilish tizimi joriy etildi.
bandlik organlariga murojaat qilgan ishsiz fuqarolar uch oy davomida kasbga o‘qimasa, ishsiz sifatida ro‘yxatga olinmasa hamda mehnat faoliyatini rasmiylashtirmasa, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovini to‘xtatishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 596-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasini 2024-yil 29-maydagi 04/3-10-1343-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bandlik organlariga maslahat uchun murojaat qilgan 224 ming nafar fuqarolarning mehnat faoliyatini rasmiylashtirishga undash va mehnat stajiga va pensiya yoshiga etganda pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi ta’minlandi.
to‘lanayotgan nafaqalarni adolatlilik tamoyili bilan taqsimlash maqsadida egaligida chiqarilgan muddati 12 yilgacha bo‘lgan engil avtotransport vositasi mavjud oilalarga nafaqa olishga cheklov belgilashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 596-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasini 2024-yil 29-maydagi 04/3-10-1343-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar (ariza beruvchi)ga nafaqalar tayinlash bo‘yicha mezonlarni o‘zgartirish 2023-yilda nafaqa oluvchi oilalar sonining 190 mingga kamayishiga, 108,4 mlrd. so‘m tejab qolinishiga erishildi.