Abduvaliev Asror Abdusolievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17–“Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt902
Ilmiy rahbar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm obektlari va resurslarining majburiy reestrini yuritish, turizmning mintaqaviy GATni ishlab chiqish va unga ko‘ra mintaqaviy turmaxsulotni xorijiy turizm bozorlariga kiritish kabilarning maqsadga muvofiqligi asoslangan holda “Raqamli turizm” geoaxborot modelining takomillashgan tarkibiy tuzilishi taklif qilingan va raqamli turistik mashrutlar xizmatlaridan foydalanishga ko‘ra “Tourism in Uzbekistan” geoportalining tashkiliy mexanizmi takomillashtirilgan;  
mintaqada turizm xizmatlarini pandemiyadan keyingi davrda rivojlantirish strategik rejasini shakllantirish mexanizmi GATga hamda sohani qo‘llab-quvvatlash, paketlarini dasturlashga ko‘ra yo‘ldosh sohalararo chora-tadbirlarni ishlab chiqish, turistik zona va klasterlarni tashkil etish hamda istiqbol maqsad natijalari (jarayoni)ni GAT asosida baholash, qayta aloqa va nazorat tizimlarini tashkil qilish ustvorligida takomillashtirilgan;
viloyatga kiruvchi turistlarning geoaxborot tizimini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan AKT, uzatish tarmog‘iga ulanish, maxsus turistik dasturiy vositalar va provayderlar tarmog‘ida joylashtirish ko‘rsatigichlari bo‘yicha 2027-yilga bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognozi asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirishning bir kunlik tashrif buyuruvchilar, tunab qoluvchi tashrif buyuruvchilar va sotilgan sayyohlik yo‘llanmalarga ko‘ra 2024-2027-yillarga bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatgichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm obekti va resurslarining  majburiy reestrini yuritish, turizm mintaqaviy GATni ishlab chiqish va unga ko‘ra mintaqaviy turmaxsulotni xorijiy turizm bozorlariga kiritish kabilarning maqsadga muvofiqligi asoslangan holda “Raqamli turizm” geoaxborot modelining takomillashtirilgan tarkibiy tuzilishi va raqamli turistik mashrutlar xizmatlaridan foydalanish darajasi bo‘yicha “Tourism in Uzbekistan” geoportalining tashkiliy mexanizmi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston—2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonning “2020—2022-yillar Qashqadaryo viloyatini raqamli transformatsiya qilish dasturi”ga kiritilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2022-yil 29-martdagi 06/945-sonli, Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 4-avgust 04-18/3941-sonli ma’lumotnomalari). Taklif hududda turistik salohiyatdan samarali foydalanish va turizm sohasini raqamlashtirilish darajasini oshirishga hamda turistik salohiyati madaniy meros  resurslari va turistik faoliyati subektlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini kengaytirishga, hududda turistlar oqimi va buyurtmali turlarga bo‘lgan talabni qondirish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada turzim xizmatlarini pandemiyadan keyingi davrda rivojlantirish strategik rejasini shakllantirish mexanizmi GATga hamda sohani qo‘llab-quvvatlash, paketlarni dasturlashga kshra yo‘ldosh sohalararo chora-tadbirlarni ishlab chiqish, turistik zona va klasterlarni tashkil etish hamda istiqbol maqsad natijalari (jarayoni)ni GAT asosida baholash, qayta aloqa va nazorat tizimlarini tashkil qilish ustuvorligida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonning “2020-2022-yillar Qashqadaryo viloyatini raqamli transformatsiya qilish dasturi”ga kiritilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2022-yil 29-martdagi 06/945-sonli, Turizm va madaniy me'ros vazirligining 2022-yil 4-avgust 04-18/3941-sonli ma’lumotnomalari). Taklif ma’lumotlar sifatini, investorlarni jalb qilish jozibadorlgini va istiqbol maqsadlarni amalga oshirish tadbirlari samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
viloyatga kiruvchi turistlarning geoaxborot tizimini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan AKT, uzatish tarmog‘iga ulanish, maxsus turistik dasturiy vositalar va provayderlar tarmog‘ida joylashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2024-2027-yillarga bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognozi bo‘yicha takliflar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2024-2026-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (Turizm va madaniy me'ros vazirligining 2022-yil 4-avgustdagi 04-18/3941-sonli, Qashqadaryo viloyati hokimligining 2022-yil 29-martdagi 06/945-sonli ma’lumotnomalari). Taklif sohaga IT texnologiya-larinin ustuvor rivojlantirishga ko‘ra turistik xizmatlarning raqamlashtirish darajasining ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlanishining bir kunlik tashrif buyuruvchilar, tunab qoluvchi tashrif buyuruvchilar va sotilgan sayyohlik yo‘llanmalarga ko‘ra 2027-yilgacha bo‘lgan davrga prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2024-2026-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (Turizm va madaniy me'ros vazirligining 2022-yil 4-avgustdagi 04-18/3941-sonli, Qashqadaryo viloyati hokimligining 2022-yil 29-martdagi 06/945-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklif ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga viloyatga 2024-2027-yillar davrida kiruvchi turistlar soni hamda provayderlar tarmog‘ida joylashgan turizm faoliyati subektlarining veb-saytlar sonini va IT texnologiyalariga ko‘ra yaratilgan turistik xizmatlar hajmining oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish