Raxmatullaev Adhamxon Habibullo o‘g‘lining
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Neft-gaz sanoati korxonalarining samaradorligini oshirishda investision faoliyatni takomillashtirish», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt2877.
Ilmiy rahbar: Allaeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Muratova Shoxista Nimatullaevna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Adilova Go‘zal Abdazovna iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Neft-gaz sanoati korxonalarining samaradorligini oshirishda investision faoliyatni takolillashtirish boʻyicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida davlat xususiy sherikchilik samaradorligini oshirish mexanizmi xususiy va ommaviy hamkor shakllariga ko‘ra loyiha ishtirokchilari o‘rtasida xavfsizlikni taqsimlash kabilar asosida takomillashtirilgan;
neft-gaz sanoati ishlab chiqarishning (“O‘zbekneftgaz” AJ) tarmoq investisiya dasturini shakllantirish va nazoratini amalga oshirishning blok-sxemasi ijtimoiy-iqtisodiy yondashuv bilan bir qatorda jamiyat samarasiga ko‘ra takomillashtirilgan;
neft-gaz sanoati ishlab chiqarish sub’ektini (“O‘zbekneftgaz” AJ) rivojlantirish samaradorligini baholashga yondashuv ikki tomonlama maqsadni ta’minlashga ko‘ra joriy investision va moliyaviy faoliyat samaradorligini qiyosiy hisobga olgan holda integral baholash asosida takomillashtirilgan;
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining sof foydasiga ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan uzoq muddatli investisiyalar, debitorlik, pul mablag‘lari va majburiyatlarni hisobga oluvchi 2028-yilgacha mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neft-gaz sanoati korxonalarining samaradorligini oshirishda investision faoliyatni takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida davlat xususiy sherikchilik samaradorligini oshirish mexanizmi xususiy va ommaviy hamkor shakllariga ko‘ra loyiha ishtirokchilari o‘rtasida xavfsizlikni taqsimlash kabilar asosida takomillashtirish taklifi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 27-dekabrdagi 03-18-8-1087-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida aksiyadorlik jamiyatining mablag‘larini tejash va qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilishga muayyan darajada xizmat qilgan;
neft-gaz sanoati ishlab chiqarishning (“O‘zbekneftgaz” AJ) tarmoq investisiya dasturini shakllantirish va nazoratini amalga oshirishning blok-sxemasi ijtimoiy-iqtisodiy yondashuv bilan bir qatorda jamiyat samarasiga ko‘ra takomillashtirish taklifi aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023-yil 27-dekabrdagi 03-18-8-1087-sonli ma’lumotnomasi). Taklif tarmoq dasturini amalga oshirishni aniq nazorati va monitoring tizimini takomillashtirish asosida investision dasturni bajarilish darajasini oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
neft-gaz sanoati ishlab chiqarish sub’ektini (“O‘zbekneftgaz” AJ) rivojlantirish samaradorligini baholashga yondashuv ikki tomonlama maqsadni ta’minlashga ko‘ra joriy investision va moliyaviy faoliyat samaradorligini qiyosiy hisobga olgan holda integral baholash asosida takomillashtirish taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023-yil 27-dekabrdagi 03-18-8-1087-sonli ma’lumotnomasi). Taklif AJ faoliyati samaradorligining integral ko‘rsatkichi investisiyalarni jalb qilish hisobiga 0,06 punktga oshirish imkonini yaratishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining sof foydasiga ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan uzoq muddatli investisiyalar, debitorlik, pul mablag‘lari va majburiyatlarni hisobga oluvchi 2028-yilgacha mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha takliflar “O‘zbekneftgaz” AJ amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023-yil 27-dekabrdagi 03-18-8-1087-sonli ma’lumotnomasi). Taklif ichki imkoniyatlardan samarali foydalanishga ko‘ra sof foyda hajmini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.