Xayitov Sherbek Naimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Kambag‘allikni qisqartirish asosida aholi bandligi va farovonlik darajasini oshirishning metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/I.281.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tagaev Bexzod Ergashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kambag‘allikni qisqartirish asosida aholi bandligi va farovonlik darajasini oshirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy xo‘jaliklari daromadlariga multiplikativ samarani baholash yondashuvi taklif etilga SAM modeliga ko‘ra oziq-ovqat mahsulotlarini rag‘batlantirish eng yuqori multiplikativ samaraga ega bo‘lishi bilan bir qatorda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qismini qo‘llab-quvvatlash, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga ko‘ra to‘laqonli bo‘lishi, boshqa tomondan esa kambag‘allik kvintili daromadlari o‘sishini maqsadli ta’minlashga xizmat qilishi negizida takomillashtirilgan;
kambag‘allikni uy xo‘jaliklarining daromad va xarajatlari kabi sof iqtisodiy ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash yondashuvini kambag‘allikning kvazi-leyden chizig‘i (kvazi-LPL)ga ko‘ra moddiy-moliyaviy ahvoli bilan bir qatorda ijtimoiy farovonlikka oid holatlarni ham hisobga olgan holda kompleks baholashning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
model ratsion tarkibiga yondashuv ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatga ko‘ra hududlarning mahalliy ovqatlanish xususiyatlari, nisbiy xarajatlar, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarkibining sifat darajasiga asosan takomillashtirilgan;
kambag‘allik chegarasi va milliy yashash darajasiga yondashuv oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan holatlar (tarkib, xarajat va b.) tarkibida dietani e’tiborga olishga ko‘ra takomillashtirilib, bunga ko‘ra  dieta qiymatini belgilashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
«subektiv kambag‘allik chegarasi» usullari tarkibidagi kambag‘allik va tengsizlikni baholashning Leyden kambag‘allik chegarasi (LPL) nazariy-uslubiy jihatdan «obektiv kambag‘allik chegarasi» usullari tarkibiga kiritilgan holda Kvazi-leyden qashshoqlik chegarasi (kvazi-LPL) sifatida modifikatsiyalashtirilib, uy xo‘jaliklari kambag‘allik chegarasini «subektiv» munosabat va «obektiv» holatlarga ko‘ra baholashning komplekslilik darajasini oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kambag‘allikni qisqartirish asosida aholi bandligi va farovonlik darajasini oshirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asoslangan SAM modeliga ko‘ra uy xo‘jaliklari daromadlariga multiplikativ samarani baholash yondashuvi oziq-ovqat mahsulotlarini rag‘batlantirish eng yuqori multiplikativ samaraga ega bo‘lishi bilan bir qatorda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qismini qo‘llab-quvvatlash, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga ko‘ra to‘laqonli bo‘lishi, boshqa tomondan esa kambag‘allik kvintili daromadlariga multiplikativ samarani baholashning takomillashtirilgan yondashuvi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi                  PQ-330-son qarori 1-ilovasi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi 2-bo‘lim 6-bandi “Davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning daromadini oshirishga qaratilgan xarajatlarni tahlil qilish”da tegishli hisob-kitoblarni ishlab chiqishda foydalanilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 30 oktyabrdagi 01/00-03/26-10951-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif kambag‘allikni qisqartirishga ta’sir ko‘rsatuvchi parametrlar tarkibini kengayishiga ko‘ra iqtisodiyot tarmoqlarini (ishlab chiqarish) mutanosib rag‘batlantirish, kambag‘allikni qisqartirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
kambag‘allikni uy xo‘jaliklarining daromad va xarajatlari kabi sof iqtisodiy ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash yondashuvini kambag‘allikning kvazi-leyden chizig‘i (kvazi-LPL)ga ko‘ra moddiy-moliyaviy ahvoli bilan bir qatorda ijtimoiy farovonlikka oid holatlarni ham hisobga olgan holda kompleks baholashning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha “Oilaning mehnatga layoqatli a’zolaridan bandlikni talab qilgan holda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ro‘yxatini shakllantirish”da foydalanilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 30 oktyabrdagi 01/00-03/26-10951-sonli ma’lumotnomasi). Taklif kambag‘allik darajasini yaxlit va kompleks baholash darajasini oshirishga ko‘ra kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari va dasturlari samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatga ko‘ra hududlarning mahalliy ovqatlanish xususiyatlari, nisbiy xarajatlar, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarkibining sifat darajasiga ko‘ra model ratsion tarkibiga bo‘lgan takomillashgan yondashuv bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarori 1-ilovasi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning daromadini oshirishga qaratilgan xarajatlarni tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 30 oktyabrdagi 01/00-03/26-10951-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yondashuv oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishda ular sifat tarkibini yaxshilashga, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ko‘ra ishlab chiqariladigan rivojlanish dasturlarining samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
kambag‘allik chegarasi va milliy yashash darajasiga yondashuv oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan holatlar (tarkib, xarajat va b.) tarkibida dietani e’tiborga olishga ko‘ra takomillashtirilib, bunga ko‘ra dieta qiymatini belgilashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmoni ijrosini ta’minlash, xususan davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ular daromadini oshirishga qaratilgan xarajatlarni chuqur tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 30 oktyabrdagi 01/00-03/26-10951-sonli ma’lumotnomasi). Taklif kambag‘allik holatini baholashning aniqlik darajasi va unga ko‘ra chora-tadbirlar natijadorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
«subektiv kambag‘allik chegarasi» usullari tarkibidagi kambag‘allik va tengsizlikni baholashning Leyden kambag‘allik chegarasi (LPL) nazariy-uslubiy jihatdan «obektiv kambag‘allik chegarasi» usullari tarkibiga kiritilgan holda Kvazi-leyden kambag‘allik chegarasi (kvazi-LPL) sifatida modifikatsiyalashtirilib, uy xo‘jaliklari kambag‘allik chegarasini «subektiv» munosabat va «obektiv» holatlarga ko‘ra baholashning komplekslilik darajasini oshirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida kambag‘al oilalarga va eng og‘ir ahvoldagi mahallalarga biriktirilgan tashkilotlar rahbariyatining faoliyati samaradorligini monitoring  qilish metodikasini ishlab chiqishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 30 oktyabrdagi 01/00-03/26-10951-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif kambag‘allik va hayot sifati qiymatini baholashda lokal omillardan to‘laroq foydalanish, ijtimoiy xizmatlar va mintaqaviy iste’mol xususiyatlarini chuqurroq e’tiborga olishga ko‘ra maqsadli dasturlar samardorligini oshirshga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish